1-mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari mavzu o‘quv maqsadi : Ta’limiy



Download 0,82 Mb.
bet128/207
Sana27.01.2022
Hajmi0,82 Mb.
#413420
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207
Bog'liq
таёр маъруза 2021-2022 УМК

O‘rganish insoning o‘quv faoliyati natijasida yangi psixologik sifat va xususiyatlarni o‘zlashtirganligini bildiradi. Etimiologik jihatdan bu tushuncha “o‘rganmoq” tushunchasidan kelib chiqqan bo‘lib, individning ta’lim va o‘qish natijasida o‘rganishi mumkin bo‘lgan barcha narsalarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tavsiflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bog‘liq ravishda biriga urg‘u beramiz.Dastlab o‘rganish haqidagi masalasiga to‘xtalamiz.
Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan etilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. Chunki organizmning biologik jihatdan etilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar etilishga umuman bog‘liq emas deb bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada etilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik etilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar etilmaguncha gapirishni o‘rgatib bo‘lmaydi.Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish organizmning etilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.Ulardan birinchisi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.
Bu – imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydi. CHaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
O‘rganishning ikkinchi turi - shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.
O‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani echish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reaksiya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.
YUqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, insonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi.Bu vikar o‘rganish deb ataladi.
Ikkinchi verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.
O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq ravishda tashkiliy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir.O‘rganish har qanday faoliyatning natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, ,”o‘rganish” tushunchasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish – har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli Yosh davrlarida namoyon bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant turlariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4-5 Yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi sinflarida, 7-8 Yosh atrofida vujudga keladi.
O‘rganish jarayoni faoliyat sifatida quyidagi o‘quv-intellektual mexanizmlar hisobiga amalga oshadi:
1.Assotsiatsiyalarning shakllanishi. Bu mexanizm alohida bilimlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanishlar o‘rnatish asosida yotadi.
2. Taqlid qilish. Ko‘nikma va malakalar shakllanishi uchun asos bo‘ladi.
3. Farqlash va umumlashtirish.Tushunchalar shakllanishi bilan bog‘liq.
4. Insayt ( taxmin).Inson tomnonidan qandaydir yangi informatsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada noma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun kognitiv baza hisoblanadi.
5. Ijod.YAngi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
O‘rganishning muvafaqqiyati ko‘p omillarga bog‘liq, ular ichida quyidagi psixologik omillar ham muhimdir: o‘quv faoliyati motivatsiyasi, bilish jarayonlari idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs hislatlari: ma’suliyat,tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. O‘quv faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlikdagi faoliyatdagi insonlar bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bo‘lgan tayyorlik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta’kidlaydi.D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘likdir. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.


Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish