Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi loyihasi asosida, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari hamda ekspertlar jamoatchiligi orasidagi muhokamalarning natijalarini hisobga olgan holda 2019-yil 1-iyunga qadar Konsepsiyaning, shu jumladan, investitsiya siyosati strategiyasini oʻz ichiga olgan yakuniy variantini belgilangan tartibda kiritsin.
7. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti tarkibida institutning umumiy shtat birligi doirasida 10 nafar kishidan iborat Xodimlarning malakasini oshirish oʻquv markazi tashkil etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun imtiyoz va preferensiyalarni ularni amaldagi ishtirokchilar uchun 2020 yil 1 yanvargacha saqlab qolgan holda bekor qilish;
b) kichik sanoat zonalari ishtirokchilariga quyidagi huquqlarni berish:
oʻz mablagʻlari hisobiga qurilgan bino va inshootlarga (yoki ularning qismlariga) mulk huquqini oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
investitsiya va boshqa ijtimoiy majburiyatlarni toʻliq bajargan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 5 yil muddat oʻtgandan keyin, oʻzlariga berilgan binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish;
rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlashni oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirgan taqdirda, biroq kichik sanoat zonasi ishtirokchisi maqomini olgan davridan boshlab kamida 3 yil muddat oʻtgandan keyin, binolar va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) xususiylashtirish.
Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra bino va inshootlarni (yoki ularning qismlarini) rekonstruksiya qilish yoki kapital taʼmirlash uchun kichik sanoat zonasi ishtirokchisi tomonidan ajratilgan mablagʻlar ularni xususiylashtirishda hisobga olinadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini belgilangan tartibda kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, sanoat sohasidagi xoʻjalik boshqaruvi organlari vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirishva qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari – moliya vaziri J.A.Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.