3- Variant
1.Matematikadan boshlang‘ich ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyoqarash, psixologiya, didaktika, matematikani o’qitish nazariyasini (matematika didaktikasi) o‘z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o‘zi yetarli emas.O’qitishning ma’lum mazmuni va o’qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta’sirlanadigan u yoki bu o’quv yo‘nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo‘llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o‘zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Ayni shu boshlang‘ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o’qituvchisi uchun o’quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida matematikani o’qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali egallanadi.Boshlang’ich sinf o’qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda, biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematikani o’qitish metodikasi bo’yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog’lanishda tayyorlanishni tushunamiz. Bunday tayyorlanish vazifasiga matematikadan boshlang’ich ta’lim sohasida ma’lum bilim va uquvlarni egallash va bolalarni o’qitish orqali tarbiyalashni o’zlashtirishi kiradi.
2.Interfaol metodlarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol degani, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshadi, yangi darsni o‘quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-munozara orqali o‘rganadi, qo‘yilgan maqsadga mustaqil o‘zi darsda o‘quvchi faol ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya‘ni ham fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o‘zi faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab yetgan o‘quvchilar ta‘lim jarayoniga o‘zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib ketadilar. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan matematik ta‘limning interfaol strategiyalari ta‘lim jarayonining yengillashuvini, aniqlashuvini, keng jamoani qamrab olishga m o‘ljallanganligini, o‘qituvchining faqatgina yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi nazoratchiga aylanishinini, o‘qitishning erkin va majburiyatsizligini hamda eng asosiysi o‘quvchilar uchun o‘ta qiziqarligini va samaradorligini ta‘minlab bera oladi.
3.Keysni ishlab chiqish modeli. Keysning yaratilish jarayoni murakkab prostessual tizimdan iborat bo’ladi. Keysni ishlab chiqish modelining umumiy sxemasi quyidagi 1-sxemada keltirilgan.Sxemadan ko’rinib turganidek, keysning shakllantirilishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ulardan asosiylari quyidagilar: O’quv fani bo’yicha Davlat ta’lim standarti (DTS)dagi keysni ishlab chiqishga asos bo’lgan ta’lim tizimi talablari – keysning fanni o’qitish tizimidagi o’rni, uning maqsadlari va o’quv natijalari, tinglovchilar keysni hal qilish uchun oldindan egallashi lozim bo’lgan bilimlarni belgilaydi.
Ushbu fan bo’yicha nazariy, amaliy va didaktik talablar – ta’lim mazmuni; ta’lim maqsadlarining amalga oshirilishi va bashorat qilinadigan o’quv natijalariga erishishni ta’minlaydigan vositalar, o’qitish uslublari va shakllari, axborot-kommunikastiya va boshqaruv usullari va vositalarini; ta’lim jarayonining kechishi va natijalarini belgilaydigan qonuniyatlar, tamoyillar, koidalar va me’yorlarni belgilaydi.
Sostium, institustional tizimdan iborat keys ob’ektida hamda DTSda yuz berishi mumkin bo’lgan o’zgarishlar – bu omillar keysga o’zgartishlarni kiritish orqali axborot ta’minotida tezkorlik bilan aks etishi kerak.
Keysologning kasbiy mahorat – bu keysni bajaruvchining o’quv predmeta bo’yicha bilimlari majmui, keysni ishlab chiqish, ta’limning keys-texnologiyasini loyihalashtirish, rejalashtirish va amalga oshirish qobiliyatidan iborat bo’ladi.
4.1. Bo‘lishlarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
600 : 30=20 800 : 200=4 270 : 30=9
2. Sekundlarda ifodalang: 1 min 15 s, 2 min, 2 min 20 s, 3 min 35 s, 5 min 45 s. (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
3. Kunduzi oddiy soatning kichik mili 3 dan biroz o‘tganini, katta mili esa 4 ni ko‘rsatmoqda. Shu vaqtni raqamli soat qanday ko‘rsatadi?
4. Amallarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
540 : 60 + 800 : 400=9+2=11 900 : 30 – 630 : 90=30-7=23
5. 12 sm uzunlikdagi kesma chizing va uni butun kesma deb nomlang. Butun kesmadan 2 marta, 3 marta va 4 marta qisqa bo‘lgan kesmalar chizing. Hosil bo‘lgan bu kesmalar butun kesmaga nisbatan qanday nomlanadi?
6. Tikuvchilik firmasida bir kunda 750 ta ko‘ylak, undan 25 marta kam kastum, kastumdan 50 marta ortiq paypoq tikildi. Tikuvchilik firmasida bir kunda nechta paypoq tikilgan? (mantiqiy tahlil vamatematik bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish)
7. Bo‘lishlarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish ompetensiyasini shakllantirish)
400 : 20=20 600 : 300=2 320 : 40=8
8. Sekundlarda ifodalang: 1 min 45 s, 2 min 35 s, 3 min, 3 min 15 s, 6 min 35s
9. Kunduzi oddiy soatning kichik mili 2 ga yaqin qolganini, katta mili esa 9 ni ko‘rsatmoqda. Shu vaqtni raqamli soat qanday ko‘rsatadi? (mantiqiy tahlil va amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish)
10. Amallarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
480 : 40 + 600 : 200=6+3=9 800 : 80 – 560 : 70=10-8=2
5.1.Toshkent va Jizzax shaharlari orasidagi masofa 330 km. Avtobus soatiga 55 km tezlik bilan yursa, bu masofani necha soatda o'tadi?
2. Kamolaning uyidan maktabgacha 1 km. Kamola 1 soatda 4 km yuradi? U uyidan maktabga qancha vaqtda boradi?
3. Toshkent va Nukus orasidagi masofa 1200 km bolsa, samolyot 600 km/soat tezlik bilan uchib, qancha vaqtda Nukusga yetib boradi? Masofa va vaqtga ko'ra tezlikni topish Masala. Nargizaning uyidan maktabgacha 1 km 200 m. U bu masofani 20 minutda o'tsa, Nargiza 1 minutda qancha yo'l yuradi? Yechish. 1 km 200 m = 1 000 m + 200 m = 1200 m. 1 minutda bosib o'tilgan yo'l 20 minutda o'tilgan yo'ldan 20 marta kam bo'ladi. Demak, 1200 metrni 20 minutga bolamiz: 1200 m : 20 min = 60 m/min. Javob, Nargiza 1 minutda 60 metr yo'l bosadi yoki Nargizaning yurish tezligi 60 m/min. Berilgan masofani berilgan vaqtda qanday tezlik bilan o'tilganini bilish uchun shu masofani vaqtga bo'lish kerak. Umuman, S masofa, t vaqt va v tezlik bo'lsa, tezlik v = S •t formulaga ko'ra hisoblanadi
4.Anvar va Ravshan A qishloqdan bir vaqtda bir xil yo'nalishda velosipedlarda yo'lga chiqishdi. Anvarning tezligi 12 km/soat, Ravshanniki esa 15 km/soat. Ularning bir-biridan uzoqlashish tezligini toping 1 soatda Ravshan Anvardan 15 km - 12 km = 3 km oldinda boladi. Demak, ularning bir-biridan uzoqlanish tezligi 3 km/soat ekan.
Javob: 3 km/soat. O'rtacha tezlikni hisoblashga doir masalalar
5.Avtomobil Toshkentdan Samarqandga 5 soatda yetib keldi. Toshkentdan 330 km. Avtomobilning tezligini toping.Javob: Avtomobilning tezligi 66 km/soat. Bu o'rtacha tezlikdir. Mashina Toshkentdan Samarqandgacha bo'lgan masofaning hammasini bir xil o'zgarmas 66 km/soat tezlik bilan bosa olmaydi: u goho sekin, goho tez yuradi, svetoforlar oldida to'xtashi mumkin. Jismning o'rtacha tezligini topish uchun jism bosib o'tgan yo'lni shu yo'lni o'tish uchun ketgan vaqtga bo'lish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |