Ishni bajarish tartibi
Disk o’qining radiusi shtangencirkul yordamida o’lchanadi.
Pallaga m massali yuk qo’yiladi (yukka pallaning massasi ham qo’shiladi) va ipni o’qqa bir tekisda o’rab, palla yuqori holatga ko’tariladi.
Yuk qo’yib yuborilishi bilan sekundomer ishga tushiriladi. Yuk eng pastki holatga kelganda sekundomer to’xtatilib, h1 balandlikni o’tish uchun ketgan vaqt t yozib olinadi.
Yuk eng pastki holatga tushgach, o’z inertsiyasi bilan yuqoriga ko’tariladi va bunda h2 balandlik yozib olinadi.
Yuklar miqdorini orttirib, har bir qo’yilgan yuklar uchun tajribani 5.3, 5.4 - punktlar bo’yicha bajariladi va h1 , h2, t kattaliklarning qiymatlari yozib olinadi.
m, h1, h2, t kattaliklarning tajribadan olingan qiymatlari jadvalga kiritiladi.
Har bir qo’yilgan yuk uchun (6) formuladan foydalanib, tayanchdagi ishqalanish kuchi f va (10) formuladan esa inertsiya momenti I hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |