Mavzu matni:
Jaroxatdagi, uning atrofidagi, patologik uchokdagi yoki butun bir organizmdagi mikroblarni yuk kilishga,
ularni tarkalishini kamaytirishga, virulentligini pasaytirishga karatilgan chora tadbirlar majmuasiga
antiseptika deyiladi. Bakteriologik era boshlanguniga kadar (1878) operatsiya kilingan bemorlarning
deyarli yarmidan oshigi saramas, piemiya, gazli gangrena jaroxat difteriyasidan nobud bulishardi.
Jaroxatlarning yiringlashiga esa odatiy xol deb karalardi va operatsiyadan keyingi davrning ajralmas bir
xolati deb xisoblanardi. «Antiseptika» tushunchasini iflosliklarga karshi kurashda ishlatiluvchi mineral
kislotalarning gijjalarni uldirish xususiyatini kuzatgan ingliz xirurgi Dj. Pringl (1750) taklif kilgan. Lekin
jaroxatlarning yiringlashi va chirish jarayonlari bilan kurash usullari juda xam oddiy bulgan. XIX asrning
40 yillari boshida N.I.Pirogov jaroxatlarni davolashda karbol kislotasini ishlata boshlagan. Gippokrat esa
jaroxatlarni kayta boglashda va yuvishda fakat kaynatilgan suv, toza choyshablar, jaroxat ajralmalarini
surib oluvchi boglamlarni ishlatgan. Bu boglamlarning zararsizlantirish xususiyatini oshirish uchun esa
ularga vino spirtini shimdirgan. Venger akusher-ginekologi I.Zemmelьveys xirurg kulida tugayotgan
ayollar xayotiga xavf soluvchi va jaroxatlarning bitishiga tuskinlik kilishi mumkin bulgan xavf borligini
aniklagan. U boshkalardan xam kuprok antiseptika usullarini yaratishga yakin bordi, kullarni, tuguruk
yullarini, asbob uskunalarni va tugurukda ishlatilishi mumkin bulgan barcha ashyolarni dezinfektsiya
kilish uchun xlorli suvdan muntazam ravishda foydalandi. I.Zemmelьveys eksperimentda bachadon
ajralmasida kasalliklarning sababchisi bor, ular esa xodimlarning ifloslangan kullari yoki asbob-
uskunalar orkali bitta ayoldan ikkinchisiga utishi mumkin ekanligini uz tajribalarida isbotlab berdi.
Tugayotgan ayollarni tekshiruvdan oldin kullarni xlorli oxak eritmasi bilan yuvilishi shart degan
taklifning kabul kilinishi olamshumul natijalar berdi: tugurukdan keyingi sepsisdan ulim deyarli 10
martagacha kamaydi. Bu esa I.Zemmelьveysning insoniyat oldidagi katta xizmatlaridan sanaladi. Ingliz
dorishunosi Lemer karbol kislotasining bijgish jarayonlarini tuxtatishini isbotladi va birinchi bulib
jaroxatlarni davolash uchun antiseptik eritma sifatida karbol kislotasining 5% li eritmasini ishlatishni
taklif kilgan. Listerning ustozi Dj. Eriksen 1874 yilda insonning korin bushligi, kukrak bushligi va kalla
suyagi bushligi xirurgiya uchun zabt etib bulmaydigan chukki degan fikrni ilgari surgan. Frantsuz olimi
Lui Paster esa uzining kup sonli tajribalari bilan antiseptikaning rivojlanishiga katta xissa kushgan va
muayyan soxada tirik organizmlarning rivojlanishi mikroorganizmlarning tashkaridan tushishi bilan
boglik ekanligini isbotlab berdi. L. Pasterning chirish va bijgish jarayonlari xakidagi ishlariga asoslanib
Dj. Lister uzining antiseptik usuli - karbol kislotasi yordamida infektsiya bilan kurash usulini taklif
kilgan. U karbol kislotasning 2,5% li eritmasini jaroxatning uzida, jaroxatga tegishi mumkin bulgan
barcha ashyolarga nisbatan ishlata turib suyaklarining ochik sinishi bulgan 10 ta bemorni samarali
davolagan. U jaroxatlarga karbol kislotasining yogli eritmasi shimdirilgan 10 kavatli boglam kuygan.
Do'stlaringiz bilan baham: |