1-mashg’ulot tog’ jinslari xaqida tushuncha: magmatik, cho’kindi va metomorfik (O’zgargan) jinslar, minerallar (birlamchi, ikkilamchi) xaqida tushunchalar va ularni tabiatda uchrash shakllari mashg’ulotning maqsadi



Download 36,19 Kb.
bet3/8
Sana29.06.2022
Hajmi36,19 Kb.
#717556
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-MASHG’ULOT. TOG’ JINSLARI XAQIDA

Cho’kindi jinslar
Cho’kindi jinslar turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda quruqlik yuzasida va suv havzalarining tubida shakllanadi. Cho’kindi hosil bo’lish jarayoni litogenez deb ataladi. N.M.Straxov (1963) bo’yicha litogenezning 4 ta turi: gumid (nam-iliq iqlimli), arid (quruq-issiq iqlimli), nival (nam-sovuq iqlimli) va vulkanogen-cho’kindi ajratiladi. Litogenez turlariga bog’liq holda boshqa barcha teng sharoitlarda to’plangan jinslarning tarkibi va sementi turlicha bo’lishi mumkin.
Cho’kindi jinslarning tasnifi va mineral tarkibi
Cho’kindi jinslarning tasnifi. Cho’kindi jinslarni tasniflash tamoyillari V.P.Baturin (1932 y.), M.S.Shvestov (1934 y.) L.V.Pustovalov (1940 y.), V.I.Luchistkiy (1948 y.), G.I.Teodorovich (1948 y.), V.M.Straxov (1960 y.) va boshqa tadqiqotchilar tomonidan taklif etilgan. Ammo cho’kindi jinslarning yagona tasnifi hozirgacha mavjud emas.
Har bir tadqiqotchi bajariladigan vazifaga qarab u-yoki bu tasnifdan foydalanadi. Eng keng tarqalgan tasniflar cho’kindi jinslarning moddiy tarkibini o’rganishga va hosil bo’lish sharoitlariga asoslangan. Birinchi tasnifga muvofiq cho’kindi jinslar alyumosilikatli, karbonatli, kremniyli (silistitli), galogenli, allitli, temirli, marganestli, fosfatli jinslarga va kaustobiolitlarga bo’linadi. Ikkinchi tasnif bo’yicha cho’kindi jinslar bo’lakli, xemogen, organogen va aralash tarkibli turlarga ajratiladi.
Alyumosilikatli jinslar tub jinslarning mexanik nurash mahsulotlari hisoblanadi va aksariyat hollarda nurashga barqaror bo’lgan minerallar va jinslarning bo’laklaridan tarkib topgan bo’ladi. Zarrachalar o’lchamiga qaramasdan bo’lakli jinslar bo’shoq yoki stementlangan bo’lishi mumkin.
Karbonatli va kremniyli jinslar ham kimyoviy, ham organogen yo’llar bilan hosil bo’lsa, galogen jinslar faqat kimyoviy, kaustobiolitlar esa faqat organogen yo’llar bilan shakllananishi mumkin.
Alyumosilikatli cho’kindi jinslar bo’shoq (graviy, qum, alevrit, glina) va stementlangan (gravelit, qumtosh , alevrolit, argillit) bo’lishi mumkin.

Download 36,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish