Polyarizatsion mikroskopda ko'rish. Bu usul hujayra va to'qimalarning anizatrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini o'rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan tuzilmalardagi molekulalarning joylanishini o'rganish mumkin va hujayralar tuzilmasi aniqlanadi. /
Bu mikroskop hujayra bo'linishi, xromosomalar va organoid tuzilishini o’rganishda xam qo'l keladi.
2-rasm. Yorug’lik mikroskopining ko'rinishi
M ikroskop bilan ishlash qoidalari
1. Mikroskopning optik va mexanik qismlarini ishga tayyorligini
tekshiriladi.
Mikroskopni ish stolining ustiga chekklsidan 6-7 sm ichkariroq joyga shtativi chap yelkaga to’g’rilab siljimaydigan holatda qo’yiladi.
Ish stolining o’ng tomoniga kerakli jixozlar (predmet va qoplag’ich oynachalar, preporaval ignalar, nozik mo’yqalam, pinset, skalpel, filtr qog’oz, yumshoq mato, suv va turli bo’yoqlar, reaktivlar, rasm albomi, qalamlar, ishlash uchun kerak bo’lgan ob’ektlar qo’yiladi.
Mikroskopning optik qisimlari (okulyar, ob’ektiv va kondensor) toza mato bilan artiladi.
Kondensor yuqoriga ko’tarilib, diafragma ochiladi.
6. Mikroskopning kichik obyektivi (8x) buyum stolchasining teshigi ro’parasiga keltirilib, stolchadan 1 sm balandlikda tutiladi.
7. Mikroskop bir tubusyli bo’lsa chap ko’z bilan qarab, oynani yorug’lik kelayotgan tomonga burib ko’rish maydonchasiga to’liq tekis to’planlanadi.
8. Tayyor yoki tayyorlangan preparat buyum stolchasiga qisqichlar yordamida
joylashtiriladi.
9. Tubus obyektivi bilan makrovint yordamida bir oz ko’tariladi. So’ngra chap ko’z bilan okulyarga qarab turib preparatlardagi tasvir aniq ko’ringuncha makrovintlar sekin xarakatlantiriladi.
1 1. Agar ko’rilayotgan jismni bir qismini katta obyektivda (20x,40x) ko’rish zarur bo’lsa, tubusni ko’tarmasdan turib, revolverni katta obyektiv tomon sekin -asta aylantiriladi. Obyektiv stolga to’g’ri vertikal turish kerak, obyektivning to’g’ri joylashganligini yana sekin chiq etib tovush chiqarib to’xtaganidan xam bilish mumkin. Revolverni katta obyektivga o’tkazilganda predmet oynasidagi jismni tasviri yo’qoladi. Bu vaqtda mikrovintni tasvir aniq ko’ringunga qadar sekin yarim aylanma xarakat qilish kerak bo’ladi.
12. Tasvirni aniq ko’rinishini yana diafragma yordamida uni kattaroq ochib yoki yopib ham to’g’rilash kerak bo’ladi.
13. 20 X , 40 X obyektivda kuzatib bo’lgach, revolver yordamida yana kichik (8X) sekin-asta o’tkaziladi.
14. Mikroskopning obyektiv qismi toza va mayin paxta tolali mato bilan artiladi.
15. Mikroskopning optik qisimlarini qo’l bilan, qog’oz bilan yoki sintetik matolar bilan artish mumkin emas, chunki ular dag’al bo’lib, linzalarni tirnab, ishdan chiqaradi.
16. Ish tomom bo’lgandan keyin mikroskopning kichik obyektiviga o’tkazgan xolida ichiga chang kirmasligi uchun maxsus qutiga yoki shisha qalpoq tagiga yig’ishtirilib qo’yiladi.
17. Mikroskop bir joydan ikkinni joyiga ko’chirishda albatta ikki qo’l bilan ushlash zarur. Bir qo’l bilan mikroskopning to’g’ri yoki egilgan tubusni ushlab turuchi qismini, ikkinchi qo’l bilan mikroskopning ostki qismidan ushlash kerak.
18. Agar mikroskopning biror qismini ishlatish qiyin bo’lsa. kuch ishlatish
yaramaydi. Bu vaqtda o’qituvchi yoki uni biladigan usta yordamida sababini aniqlash kerak bo’ladi.
19. Mikroskopning optik qismini turli urilishlardan, kimyoviy
moddal (ishqor, kislotalar, eritmalar) tegishidan saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |