1.
Mashg‘ulot mavzusi:
Oziqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibi asosida
baholash.
Mashg‘ulot maqsadi:
oziqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibi asosida
baholashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar.
Oziqalarning to‘yimlilik darajasiga baho beradigan
birlamchi ko‘rsatkich bu ularning kimyoviy tarkibidir. O‘simlik va hayvon
tanasining kimyoviy tarkibi o‘rtasidagi katta farq bo‘lishiga qaramasdan ularning
tarkibida o‘xshashliklar ham mavjud. O‘simlik va hayvon organizmlarida davriy
sistemadagi deyarli barcha elementlar mavjud, bu elementlarning 98,5% ni vodorod,
kislorod, uglerod, azot, kalsiy va fosforlar tashkil etadi.
Hayvon va o‘simlik organizmi tarkibidagi kimyoviy elementlar organik va
anorganik birikmalar tarkibiga kiradi. Organik birikmalarga protein, yog‘,
ugdevodlar, vitaminlar va boshqa biologik faol moddalar kiradi. Anorganik
birikmalarga mineral moddalar va suv kiradi.
Oziqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash uchun birinchi navbatda
oziqalarning xususiyatiga qarab o‘rnatilgan tartibda ulardan o‘rtacha namuna olinadi
va laboratoriya sharoitida qurutish usuli bilan uning namligi aniqlanadi. SHuni
ta’kidlash joizki, oziqa tarkibidagi namlik miqdori uning to‘yimlilik darajasini
belgilmaydi, chunki suv anorganik modda bo‘lib energetik qiymatga ega emas.
Namlik darajasi oziqaning texnologik xususiyatini belgilovchi ko‘rsatkich
hisoblanadi, chunki turli hil oziqalarni tayyorlashda, masalan silos, senaj va
boshqalarda namlik darajasi oziqaning konservatsiyalanish xususiyatini belgilaydi,
bundan tashqari namlikning me’yordan ziyod bo‘lishi zararli mikroorganizmlarning
(chirituvchi bakteriyalar, mog‘or bostiruvchi zambrug‘lar) rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.
Oziqa tarkibida suvdan qolgan qism quruq modda hisoblanadi va uning
tarkibida anorganik va organik moddalarning saqlanishi aniqlanadi.
Anorganik moddalar guruhiga xom kul kiradi. Xom kul mineral
moddalardan tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibiga makro- va mirkoelementlar
kiradi. Makroelementlarga kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy va oltingugurt
kiradi. Mikroelementlarga esa temir, rux, mis, yod, molebden, marganets, kobalt va
selen kiradi. Oziqalar tarkibida makroelementlar grammlarda, mikroelementlar esa
milligramm yoki mikrogrammlarda o‘lchanadi.
1-chizma
Oziqalarning kimyoviy tarkibini aniqlash chizmasi
Xom protein boshqa moddalardan azot saqlashi bilan ajaralib turadi va azot
saqlaydigan organik moddalar guruhiga kiradi. Uning tarkibiga oqsil va oqsil
xususiyatga ega bo‘lmagan azot tutuvchi birikmala (amidlar) kiradi. Amidlar guruhi
erkin aminokislotalar, aminokislotalar amidlari, azotli alkoloidlar, organik ishqorlar
va ammoniy birikmalar, shu jumladan nitrat va nitritlardan ham tashkil topgan.
Ayrim amidlar o‘simlik organizmida oqsil sintezi to‘lig‘icha hosil bo‘lmagan yoki
ferment va bakteriyalar yordamida parchalanish jarayonida hosil bo‘ladigan
mahsulotlardir.
Oziqalar tarkibidagi yog‘ va uglevodlar azot saqlamaydigan moddalar
guruhiga kiradi. YOg‘lar glitserin va yog‘ kislotalaridan tashkil topgan bo‘lib,
tarkibida uglevodlarga nisbatan kislorod kam saqlab, uglerod va vodorodni ko‘p
saqlaydi, yog‘ning oksidlanish paytida uglevodlarga nisbatan 2,25 marotoba ko‘p
energiya ajratadi, shuning uchun organizmda asosiy energetik manba bo‘lib
hisoblanadi. YOg‘ olinadigan o‘simlik urug‘larida (paxta chigiti, soya, kungabaqar,
ОЗИҚА
Сув
Қуруқ модда
Энергия
Умумий
Алмашинув
Органик моддалар
Хом кул (минерал моддалар)
Хом протеин:
- парчаланадиган (ПП)
- парчаланнмайдиган (ПнП)
Хом ёғ
Углеводлар
Биологик фаол
моддалар (витаминлар,
ферментлар,
гормонлар ва бошқ.)
Структурасиз
Структурали
Оқсиллар
Амидлар
Клетчатка (лигнин,
целлюлоза,
гемицеллюлоза
–
НДК)
Крахмал, қандлар,
органик кислоталар ва
бошқа АЭМ
zig‘ir, kunjit, mashar va bosh.) hamda ularni qayta ishlashdan qolgan qoliqlarida
(shrot va kunjara) yog‘ ko‘p miqdorda saqlanadi.
Hazmlanish xususiyatiga qarab uglevodlar ikki guruhga, ya’ni strukturali va
strukturasiz uglevodlarga bo‘linadi. Birinchisiga xom kletchatka va ikkinchisiga
azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM) kiradi.
Xom kletchatka tarkibiga sellyuloza (shaxsiy
kletchatka), gemitsellyuloza
(pentozalar va geksozanlar) va qiyin hazmlanadigan moddalar (ligin, kutin, suberin)
kiradi. Kletchatka faqat o‘simlik tarkibida uchraydi va hujayrani tashqi muhitdan
himoya qilib tarkibida hazmlanishi qiyin bo‘lgan moddalarni saqlaganligi uchun,
boshqa to‘yimli moddalarga nisbatan qiyin hazmlanadi. Oziqa tarkibidagi xom
kletchatka miqdori ham uglevod sifatida uning energetik to‘yimliligini belgilashda
ishtirok etadi. Kletchatkani ko‘p saqlaydigan oziqalarga dag‘al poyali oziqalar
kiradi, ya’ni pichanlarda 25-26%, samonlarda – 33-42% kletchatka saqlanadi.
Xom kletchatka tarkibida neytral-detergent kletchatka (NDK) va kislotali-
detergent kletchatka (KDK) aniqlanadi. Oziqa namunasiga neytral-detergent
etirmalari ta’siridan so‘ng qolgan qism NDK deb nomlanib, uning tarkibiga
sellyuloza va lignin kiradi. Oziqa namunasiga kislotali-detergent eritmalari
ta’siridan so‘ng qolgan qism KDK deb nomlanib uning tarkibiga gemitsellyuloza va
NDK kiradi.
Azotsiz ekstrakt moddalarning (AEM) asosiy qismini kraxmal va qandlar
tashkil etadi, bundan tashqari ularga organik kislotalar (shavel, olma, sut, sirka, moy
kislotar), inulin va pektin moddalar kiradi.
Kraxmal ko‘p miqdorda don, ildizmeva va tuganaklarda saqlanadi, ularda
quruq modda tarkibining 50-60% ni kraxmal tashkil etadi, kartoshkada 14%.
Kraxmalning o‘ziga xos shakli inulindir, u ko‘p miqdorda topinambur (er noki)
tuganagida saqlanadi. Hayvonlar organizmida kraxmalga o‘xshash bo‘lgan uglevod
bu glikogendir, u asosan muskul va jigarda zahira sifatida to‘planadi.
Qandlar (glyukoza, fruktoza, mannoza va boshq.) ko‘p miqdorda ildiz va
tuganak mevalilarda hamda o‘simlik poyasining shiralari tarkibida saqlanadi.
Hayvonot olamidan olinagan qandning yagona vakili bu laktozadir, u sut tarkibida
3-6 % atrofida saqlanadi.
Bundan tashqari organik moddalar guruhiga biologik faol moddalar ham
kiradi (vitamin, ferment va boshqalar). Bu moddalar oziqa tarkibida kam miqdorda
bo‘lishiga qaramay modda almashinuvi jarayonlarida katta ahamiyatga egadir.
Oziqalar tarkibidagi to‘yimli moddalar miqdori o‘zgaruvchan bo‘lib bir qator
omillarga, ya’ni tuproq tarkibi, ob-havo va iqlim sharoiti, o‘simliklarni o‘g‘itlash,
agrotexnika, o‘simliklarning vegitatsiya davri va boshqa bir qancha omilarga bog‘liq
bo‘ladi.