MT = MX+IX+ST+A+BIX / M
Bu erda:
MT - mahsulot tannarxi, so’m / dona, so’m / kg va boshqa;
MX - ishlab chiqarishning moddiy harajatlari, so’m;
IX - ishlab chiqarish xususiyatidagi mehnatga haq to’lash
harajatlari, so’m;
ST - ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urta
to’lovlari, so’m;
A - asosiy vositalar amortizatsiyasi, so’m;
BIX - boshqa ishlab chiqarish harajatlari, so’m;
M - mahsulot miqdori, tsentner, dona, kg, tonna va hakazo.
Korxonada rejadagi (biznes-rejada belgilangan) va haqiqiy (hisobot bo’yicha
haqiqatda erishilgan) tannarx hisoblab borilishi mumkin. Bu rejalashtirilgan ishlab
chiqarish harajatlarini haqiqatda erishilgan daraja bilan solishtirish, ortiqcha
moddiy va mehnat resurslari sarflariga yo’l qo’yilgan yoki tejamga erishilganini
aniqlash va kelgusida tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi.
3.Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan harajatlar.
"Maxsulot tannarxiga kirtilmaydigan harajatlar"
moddasiga yuqorida
keltirilgan moddalarda aks etmagan, ammo ishlab chiqarishga taalluqli bo’lgan
quydagi boshqa xarajatlar kiritiladi:
• ishlab chiqarishni xom ashyo, materiallar, yonilg’i, energiya, instrument,
moslamalar va boshqa mehnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari;
• chetdan jalb etilgan korxonalar tomonidan amalga oshirilgan korxonaning
asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish xolatida saqlash xarajatlari (texnik ko’rik va
qarov, o’rtacha, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari);
• ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bo’lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga
olish bilan bog’liq xarajatlar;
• ishlab chiqarish xususiyatlari bilan bog’liq mehnatning normal sharoitlarini
va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari;
• ishlab chiqarish jaroxatlari tufayli mehnat qobiliyati yo’qolishi munosabati
bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va qarorlarisiz to’lanadigan
nafaqalar;
• xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog’liq xarajatlar;
• ekinlar, chorva mollari va ishlab chiqarish vositalarini majburiy
sug’urtalash xarajatlari;
• yong’inga qarshi, ekinzorlar, asosiy vositalarni qo’riqlash xarajatlari;
• ishchilarga bepul beriladigan maxsus kiyim - bosh (xalat, kurtka, etik,
fartuk va boshqa), oziq - ovqat xarajatlari;
• mollarning tagini quruqlashga sepiladigan somon, qirindi va boshqa
material xarajatlari;
• fermalar atrofini devor bilan o’rash, chorva mollari uchun yozgi soyabon
va otarlar qurish xarajatlari;
• ishlab chiqarish axamiyatiga ega boshqa xarajatlar.
Qishloq xo’jaligida etishtirilgan mahsulotlar tannarxini hisoblash bilan
birga, avtotransport, traktorlar va ishchi hayvonlar tomonidan bajarilgan ishlar
tannarxi ham hisoblanadi. Bunda avtotransport bajargan ish tonna - kilometrda,
haydov traktorlari bajargan ish shartli etalon -gektarda, otlarniki ot - kunida
hisobga olinadi. Shuningdek, bir gektar erdagi bir maxsulot turini ishlab chiqarish
tannarxi, bir bosh chorva molini parvarishlash tannarxi ham hisoblanishi mumkin.
Har bir korxona uchun mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini izlab
topish iqtisodiy samaradorlik nuqtai - nazaridan muhim hisoblanadi. Chunki,
mahsulot tannarxi qanchalik arzon bo’lsa, shunchalik korxona oladigan foyda
miqdori oshib boradi.
Keyingi yillarda ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilinadigan resurslar
hamda xizmat ko’rsatish korxonalari ish va hizmatlari narxlarining tez suratlar
bilan oshib borganligi mahsulotlar tannarxining ham qimmatlashib ketishiga sabab
bo’lmoqda. Bu vaziyat aksariyat hollarda kichik tadbirkorlik korxonalari
etishtirayotgan maxsulotlarni zarar bilan sotishiga sabab bo’ladi. Shuning uchun,
kuchli raqobatga asoslangan munosabatlari sharoitida kichik tadbirkorlik
korxonalari oldida maxsulot tannarxini har tomonlama pasaytirish yo’llarini izlab
topish vazifasi turadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirish yo’llari quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
- ishlab chiqarishga yuqori unumli, ishonchli va arzon ishlab chiqarish
vositalarini joriy etish;
- asosiy aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish;
- ishlab chiqarishning material sig’imini kamaytirish va tejamkorlikka
erishish;
- mashina va texnikalarning kunlik va yillik ish unumini ko’tarish;
- resurslarni tejovchi va chiqitsiz texnologiyalardan keng foydalanish;
- ishlab chiqarish vamehnatni tashkil etishning ilg’or shakllaridan
foydalanish;
- mehnat unumdorligini oshirish;
- mahsulotlar sifatini oshirish va nobudgarchilik, yo’qotishlarga yo’l
qo’ymaslik;
- qishloq xo’jaligida ekinlar hosildorligi va chorva mollari maxsuldorligin
oshirish va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |