Favqulodda vaziyatlarni tasnifi: 1.1. Favqulodda vaziyatlar xavfini tarqalish tezligiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
-tasodifiy;
-shiddatli;
-mo’tadil;
-ravon.
1.2. Favqulodda vaziyatlarning tarqalish miqyosiga ko’ra quyidagicha tasniflanadi:
- lokal;
- mahalliy;
- respublika (milliy);
- transchegaraviy (global).
Lokal favqulodda vaziyat - biror obyektga taalluqli bo’lib, uning miqyosi o’sha obyekt hududi bilan chegaralanadi. Bunday vaziyat natijasida 10 dan ortiq bo’lmagan odam jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo’lmagan odamning hayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favqulodda vaziyat paydo bo’lgan kunda eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmagan miqdorni tashkil etgan hisoblanadi. Bunday FV oqibatlari shu obyekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi.