1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet14/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48
Bog'liq
milliy goya

5-masalaning bayoni. XX asrning oxiri – XXI asr boshidagi mafkuraviy jarayonlar o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Xususan, sobiq Sovet davrida kommunistik partiya g‘oyalari gegemonligi o‘zining salbiy oqibatlarini keltirib chiqardi. . Sotsializm tuzumining g‘oyaviy inqirozida milliy o‘z-o‘zini anglash, millatlarning manfaatini himoya qilishga bel bog‘lagan insonlar  qatag‘on qilindi.

Bu maqsadda mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy aloqalarni izdan chiqarish, do‘st va birodar davlatlar, xalqlar va millatlar o‘rtasiga nizo solish, keskinlik o‘choqlarini keltirib chiqarish uchun turli g‘oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o‘rin egallaganidan foydalanib, ularga islomiy “saboq” berish, islomni qayta tiklash bayrog‘i ostida mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo‘poruvchilik xarakatlari kuchaydi.

Ma’lumki, “fundamentalizm”, “ekstremizm”, terrorizm”, kabi tushunchalar jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar hamda ular asosidagi xarakatlarni ifodalaydi. qandaydir bir yo‘nalishni buzib talqin etgan holda siyosiy maqsad qo‘yuvchi xarakat ekstremizmga olib keladi. Ekstremizm qanday nomlangan yoki qanday ko‘rinishga ega bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat. Xuddi shunday “fundamentalizm”, “terrorizm” kabi so‘zlar ham tom ma’noda hokimiyat yoki biror bir g‘arazli maqsadlar uchun kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.

Masalan, “fundamentalizm” atamasi aslida, xristian dini bilan bog‘liq holda shakllangan. Uning birinchi bor rasmiy qo‘llanishi 1908 yili AQShning Kaliforniya shtati protestantlari tuzgan “Xristian dinining fundamental tushunchalari konferensiyasi”ga (The Conference on Cristian Fundamentalis) tegishli bґlib, quyidagicha asosiy 5 ifodalaydi:

   -isusning bokira ayoldan dunyoga kelgani: 

-uning insoniyat gunohlarini oqlash uchun qurbon bo‘lgani;

-jisman qayta tirilishi;

-yer yuziga jismonan ikkinchi bor kelishi;

-kitobning muqaddasligi va uni dastlabki sof holiga          qaytarish.

Diniy ekstremizm o‘zining ikki xususiyati bilan ajralib turadi:

- ularning aqidalariga ko‘ra, go‘yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yo‘qotganlar va johiliya (islomdan avvalgi) asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga “asos” bo‘lib xizmat qiladi;

- ular go‘yo faіat “haqiqiy” musulmonlar, ya’ni ularning o‘zlari hokimiyatga kelgach barpo bo‘lajak “islomiy tartibni” o‘rnatish uchun keskin va agressiv harakat іilish zarur deb hisoblaydilar.

Bugun diniy ekstremizm va fundamentalizm tomonidan Markaziy Osiyoda olib borilayotgan qo‘poruvchilik va terroristik xarakatlar xam ana shunday maqsad, yo‘l va uslublarga tayanmoqda.

Diniy ekstremizm va fundamentalizmining mintaqamiz, hususan mamlakatimiz taraqqiyotiga xavf tug‘dirayotganligini Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti teran anglab, bu qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan hammamizni ogoh qilgan edi. Toshkentda fevral fojealari sodir etilmasdan ikki yil oldin Prezident I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘a­sida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” nomli fundamental asarida shunday yozgan edi: “Ko‘plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar  XX asr oxirida yuz bergan “Islom uyg‘onish”, “qayta islomlanish”, “islom fenomeni” va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisaning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar. Bu tushunchalar haqida munozaraga kirishmagan holda, e’tiborni jahon hamjamiyati hayotida islom qadriyatlarini tiklash bayrog‘i ostida ro‘y berayotgan hodisalar g‘oyat xilma-xil, ko‘p qirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qarat­moqchiman. Shu bilan birga aniq-ravshanki, jahon jamoatchiligi bu jarayonlarga juda katta qiziqish bilan qarabgina qolmayapti. Uning diniy ekstremizm va fundamentalizm kabi keskin hodisalar munosabati bilan bezovtalanayotganligi ba’zan esa, hatto xavfsirayotgani ham ko‘zga tashlanmoqda. Afsuski, hozirgi zamon sharoitida ana shu o‘ta keskin ko‘rinishlar jiddiy mojarolarni, ziddiyatlarni keltirib chiqarishi, barqarorlik va xavfsizlikka tahdid solishi mumkinligini insoniyatni cho‘chityapti. Shundan darak beruvchi fikrlar ancha-muncha to‘planib qolgan. O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai nazardan qaraganda, bu xodisalar bizda ham jiddiy tashvish tug‘dirmoqda”.1

Agar O‘zbekistonda dushmanlarimiz mo‘ljallagan maqsadlar amalga oshsa, bu nafaqat bizda, balki butun mintaqa davlatlarida ham juda katta siyosiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘lishi, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga o‘zining ulkan salbiy ta’sirini o‘tkazishi mumkin edi. Terroristlarning amalga oshirgan qo‘poruvchilik harakatlari ko‘zlagan maqsadiga yetmadi va yetolmaydi ham.

   Yana bir yozuv g‘oya-terrorizm bugungi kunda ham insoniyatga katta tahdid sola boshladi.

Siyosiy terrorizm XIX asrdayoq vujudga kelgan edi. Lekin u XX yuz yillikda keng quloch yozdi. G‘arbiy germaniyadagi “qizil armiya” va Italiyadagi “qizil brigada” guruhlari, Ispaniyadagi basklar tashkiloti, Olsterdagi “Inqilobiy-haloskorlik armiyasi”, Perudagi “Porloq hayot” kabi birlashmalar zamonaviy siyosiy terroristlarning birinchi avlodi edi. Keyingi yillarda dunyoning o‘nlab mamlakatlarida, jumladan, bizning yosh davlatimiz chegarasiga yaqin davlatlar hududlarida ham terrorizm o‘choqlari paydo bo‘ldi.

Ular mustaqil O‘zbekistonga qarshi kuch yig‘moqda. Chunonchi, Toshkentda 1999 yilda yuz bergan fevral voqelari, 2000 yilyoz oylarida  Surxondaryoga Afg‘onistondan o‘tgan terroristik guruhlar xuruji buzg‘unchi siyosiy kuchlarning xalqimiz demokratik taraqqiyot yo‘lidan qaytarishga bo‘lgan urinishlari to‘x tamaganidan guvohlik beradi.

Tarixdan ma’lum bo‘lgan real mustabidtuzumlarni qiyosiy tahlil etish  ular amal qilgan mafkuralarning quyidagi umumiy xususiyatlarini hamda bu g‘oyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq qator salbiy oqibatlarni aniqlash imkonini beradi.

Lekin tarix xaqiqati shunday iboratki, mustabidchilik mafkuralarining turli andozalari va ularning loyixalari asosida yaratilgan demokratiyaga qarshi tuzumlarning pirovard natijada halokatga uchrashi muqarrardir.

Xullas, bugungi kunda xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish mintaqadagi barcha mamlakatlarning istiqbolini ham bir qadar belgilab beradi. Shuning bilan birga bu – mintaqada yashayotgan xalqlarning azaliy qon-qarindoshligi, hamkorligi va ma’naviy - ruxiy yaqinligini mustaxkamlashda ham o‘ta muhim ahamiyatga molik masala bo‘lib qolaveradi. Xuddi shuningdek, mintaqaga qarshi qaratilgan mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashni kuchaytirishda umummintaqaviy birlikni mustahkamlashning ahamiyati ham oshib boraveradi.

Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov xaqqoniy ravishda ta’kidlaganidek: “Ko‘p sinovlar, azobu uqubatlar, xatolar, fojealar, qatog‘onlar boshdan kechirgan, asrimiz poyoniga yetayotgan, insoniyat yangi asr bo‘sag‘asida turgan bugungi kunda turli xil eski va yangi mafkuralarning o‘zaro kurashi xar qachongidan ham ko‘ra shiddatli tus olmoqda. Rang-barang, ba’zan bir-biriga zid dunyoqarashlar, siyosiy, milliy, diniy oqimlar, mazhab va sektalalar  o‘rtasidagi fikr talashuvlari goho bahs-munozara doirasidan chiqib, qon to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘inlarga sabab bo‘lmoqda odamlar boshiga behisob qayg‘u-kulfatlar solmoqda”.

Ana shu sababdan ham mustaqil O‘zbekiston hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda.

Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g‘alabalarni, eng katta yutug‘imiz bo‘lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kelajagini fidoiylik bilan himoya qilish, doimo huyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz-uni asrash va har birimizning vazifamizdir. Shu ma’noda milliy istiqlol g‘oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongmiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir.

1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч Т.: Маънавият,  2008 йил, 71-бет.

1 Ислом Каримов. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. 34-бет.


Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish