1-masalaning bayoni



Download 133,38 Kb.
bet17/48
Sana03.08.2021
Hajmi133,38 Kb.
#137582
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48
Bog'liq
milliy goya

3-masalaning bayoni. Siyosat va mafkura o‘zaro aloqador tushunchalardir.  O‘z o‘rnida ular bir biridan tubdan farq qiladi.

Siyosat va  mafkura jarayonlarining o‘zaro birligi haqida olimlar tomonidan mukammal fikrlar ishlab chiqilmagan bo‘lsa-da, Prezident I.Karimov asarlarida ularning uzviy aloqadorligi haqidagi jaraenlar ko‘rsatilgan. Zero: «Siyosiy hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish, jamiyatda demokratiya, fikr va vijdon erkinligi tamoyillarini, gumanizm shyalari va umuminsoniy qadriyatlarni qaror toptirish, demokratiyaning zaruriy sharti bo‘lgan ko‘lpartiyaviylik muhitini vujudga keltirish lozim. Amaldagi ko‘ppartiyaviylik — bu har xil qarash va g‘oyalar o‘rtasidagi bahs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muxolif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydoni demakdir. Milliy demokratik davlatchiliknm qonun chidaruvchi, ijro va sud hokimiyatlariga bo‘linish borasidagi konstitusiyaviy tamoyil asosida barpo etish»‘ olijanob vazifadir.

Mafkura va siyosat – ijtimoiy hodisadir. Bular inson faoliyatini, uning turmush tarzini qamrab olgan, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki sohadir. Dunyo xalqlari faoliyatida ma’naviyat katta ahamiyat kasb etgan bo‘lsa, siyosat ham nazardan chetda qolgan emas. Shu sababli, bu masalaga qadimdan e’tibor qaratilgan. Turli mamlakatlarda turlicha yondoshilgan. Zero, siyosat saltanat eki davlatni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan. Eng qadimgi xalk; og‘zaki ijodiyoti, yozma asarlar va yodgorliklar jumladan, "Avesto", "Mahabhorat" Konfutsiy asarlari, Platon, Aristotel, Sokrat, Abu Nasr Forobiy fikrlari shulardan dalolat beradi. Qadim davrlarda "siyosat" so‘zini ishlatibgina qolmaganlar, balki asarlar ham yozganlar. Jumladan, Aristotelning "Siyosat" asari fikrimizning yorqin dalilidir.

O‘sha vaqtdagi siyosat to‘g‘risidagi asarlar, jamiyat va


davlat doirasidagi barcha boshqaruv yoki adolatparvar g‘oyalar
tamoyillarini targ‘ibot qilishdek sohalarni qamrab olgan.
Shu sababli, siyosat ma’naviy jarayonlarga mazmuni bilan
juda yaqin turadi. Lekin ular alohida-alohida xarakterg‘a
ega. Siyosat va ma’naviyat o‘rtasidagi munosabat, ularning
bir-biriga ta’siri, ko‘pincha kishilar o‘rtasida bo‘ladigan
muloqotlarda yaqqol ko‘rinadi. Siyosiy ishda jamiyatlarda o‘z
taraqqiyotidan kelib chik;ib hamisha ham ma’naviy
jarayonlarga jiddiy yondoshilmagan. Sababi, siyosat o‘z
oldiga hamisha maqsad qilib u yoki bu revolyusion,
evolyusion o‘zgarishlarni qo‘yadi. Bu jarayonlarda ma’naviy
sohalar qisman ikkinchi darajali bo‘lib, chetda qoldiriladi.
Chunki siyosatda ijtimoiy sohalar ko‘proq qamrab olinadi,
ya’ni davlat tizimini o‘zgartirish,      aholining
farovonligini ta’minlash, uning toifalari o‘rtasida tengligini saqlash, xalq maorifiga e’tibor qilish, iqtisodiy sohalarni taraqqiy qildirish kabilar ko‘zda tutiladi.

Siyosat tushunchasida turli manfaatlarni ko‘zlash, amalga oshirish yotadi. Aslida, siyosat — bu jamiyat hayotining turli jabhalarida paydo bo‘ladigan ziddiyatlarni, murakkab vazifalarni bajarishg‘a, anik; mak;sadlarga erishishga qaratilgan guruh, partiya, sinf, davlat faoliyatidir. Siyosatni olib borish, hayotga tatbiq etish o‘ta murakkabdir. U yuksak ma’naviyatni talab etadi. Dachonki siyosatning mazmunida, jamiyatning, jamoatning, davlatning madaniy, ma’naviy faoliyati aks etsagina, bu siyosat xalq tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. Chunki, unda umumxalk; ehtiyojlari mujassamlashgan bo‘ladi. Siyosat ham yuksak ma’naviyatni yuksalishiga ta’sir etsa, u barqaror bo‘ladi. Shu bois I.A.Karimov "Davlatimiz olib borayotgan siyosatning mazmuni shuki, degan edi, mustaqilligimizning bir yilligi tantanalarida so‘zlagan nutqida-yurtimizda yashayotgan barcha millat vakillarining manfaatlari va huquqlarini himoya qilib, ularning madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirishga, ularning davlat tuzilmalari ishida va jamoat turmushida faol qatnashishiga kafolat beriladi». Ushbu fikrlarning shu kunlarda tasdig‘ini ko‘rayapmiz, oqilona siyosat tufayli respublikada barqaror rivojlanish va tinchlik hukm surmoqda. Shu o‘rinda aytish lozimki, siyosat ham, ma’naviyat singari beqiyos mazmunli ahamiyatg‘a ega.

Ijtimoiy hayotni boshqarish juda murakkab, lekin zaruriyatdir. Davlat boshqaruvi, tabiatan siyosiy boshqaruv demakdir. Uning vazifasi xalq hayoti murakkabligini hisobga olib, ijtimoiy guruhlarni birlashtirishga harakat qilishdir. Bunda u turli vositalardan foydalanadi, jumladan ma’naviy sohalardan foydalanish ham shunga kiradi.

Siyosatning mafkuralashish va mafkuraning siyosatlashtirish oqibatlari tariximizdan ko‘rdik.  Siyosatda adolatli bo‘lish xalq yutug‘idir. Adolatparvarlikni qaror topishi qabul qilinayotgan qonunlarda, olib boriladigan to‘g‘ri siyosatda o‘z aksini topadi. Shu sababli, siyosatning, adolatning kuchi, yuksak ma’naviyatda desak, xato bo‘lmaydi. Yuksak ma’naviyatli kishi o‘z bilimi bilan barcha jarayonni qamrab oladi. Qonun-qoida, madaniyat, urf-odat, qadriyatlardan yuksak ma’naviyatli kishigina o‘z o‘rnida foydalanadi. O‘tgan 1917- 1991 yillarda republikamiz hayotida shunday voqealar ham bo‘ldiki, ularni xalqimiz unutmasligi lozim. YA’ni, sahovat niqobi ostida ko‘pgina yovuzliklar qilindiki, (tilimizga, dinimizga, urf-odat, qadriyatlarimizga qilingan yovuzliklar ko‘zda tutiladi) natijada bu o‘zbek xalqi sha’niga salbiy ta’sir etdi. Bular haqiqatdan ham yovuzlik edi. Bu yovuzlikdan Rossiyaning o‘zi ham farovon bo‘la olmadi. Xalq kattami, kichikmi u yovuzlikni ko‘tara olmaydi, Shu sababli, Rossiyada hozir ham tinchlik yo‘q. Axir bekorga Kaykovus "qo‘rquv bilmayin desang, yovuzlik qilma" deb, alloma Sa’diy esa: "Kim yovuzlik urug‘ini sepsa pushaymon yig‘ar",-deb bejiz aytmaganlar.

Zo‘ravonlik siyosatida ko‘proq ijtimoiy manfaatlar yotadi. Mamlakat xaldi manfaatidan o‘zining tor, shaxsiy manfaatitsi ustun qo‘yish g‘alamislik siyosatini yurg‘izishdir. Bu mensimaslik, ko‘rolmaslik, iqtisodiy manfaat-siyosatidir. Bu xalqni moddiy va ma’naviy jihatdan talon-toroj k,ilish zo‘ravonlikning negizidir. Ta’kidlash lozimki, chor Rossiyasi amaldorlari, keyinroq Kompartiya siyosiy byurosi a’zolari o‘lkalarda ma’naviy-madaniy tarqoqlikni kuchaytirishga, erli millat xalqlarini tutqunlikda saqlashga intildilar. Ulardan chiqqan olim va buyuk kishilarni nazardan chetda qoldirdilar. Ilm ma’rifatli bo‘lishga zimdan qarshilik qildilar. Ularning til va urf-odatlari bilan astoydil qiziqmadilar. Ulardagi ijobiy tomonlar hisobga olinmadi. Natijada, bu mahalliy xalqlarga jumladan, o‘zbek xalqi ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Ma’naviy meros butunlay kamsitildi. «Proletar madaniyati», «Madaniyat va ma’naviyatga partiya rahbarligi", "shaklan milliy, mazmunan sotsialistik madaniyat", «milliy madaniyatlarning bir-biriga yaqinlashuvi va kelajakda qo‘shilib ketishi» kabi kelajagi yo‘k; g‘oyalar xalqlarga majburlab singdira boshlandi. Rus tili va rus madaniyatini O‘rta Osiyo xalqlariga zo‘rlik bilan singdirishg‘a urinib ko‘rildi. Petrog‘radda 1917 yilda ishlab turgan Petrograd Davlat dumasidagi Turkiston masalalari bo‘yicha kotibning esdaliklari bizni hayratda qoldiradi. U kishi 1917 yil 10-aprelda Toshkentda ochilgan Turkiston viloyat "Ishchi va soldat" sho‘rolarining qurultoyida ishtirok etish uchun kelganida shu narsaning guvohi bo‘ladi: "zalga kirgan chog‘im-deb yozadi, u kishi,- men tanimaydigan bir rus minbarda edi. U kishining qayrab-qayrab takror- takror aytgan so‘zlaridan quyidagilar xotiramda: "Inqilobni rus inqilobchilari, rus ishchilari, rus soldatlari amalga oshirdi. Shuning uchun ham Turkistonda ham idora, hrkimiyat biz, ruslarnikidir. Erlilar biz nima bersak, shu bilan qanoatlanishi kerak" Bu so‘zlarni Qo‘qondan kelgan muallim, xalqchi, sotsialchi guruhiga mansub Nekora ismli kimsa aytgan.

Bu fikrlar zo‘ravonlik siyosatining namunasidir desak, xato bo‘lmaydi. Albatta zo‘ravonlikning turli yo‘l va uslublari bor. Shunday yo‘l va uslublardan chor Rossiyasining Turkiston o‘lkasidagi general-gubenatori M. Skobelev so‘zlarida yaqqol ko‘ramiz. Uning: «Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas. Uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi»,-deb aytishi ashaddiy dushmanlik siyosati edi. Bunday yovuz so‘zlar Skobelev singari kimsalar tomonidan faqat bir marta emas, balki minglab marotaba aytilganligiga ishonchimiz komil. Bunga misol qilib, XX asrning 80-90 yillardagi «o‘zbeklar ishi», "Rashidovttsina" haqidagi fikrlarni olsa ham bo‘ladi.

Ma’naviyat va siyosat shaxslar va davlatning muhim ish yuritish xislatlarini qamrab oladi. Ularni o‘z o‘rnida tushunish, ularning ilmiy mohiyatiga e’tiborni qaratish amaliy faoliyatda yutuqlar garovini belgilab beradi.

O‘zbekiston Respublikasida huquqiy davlat barpo etish zamonimizning konstitusiyaviy oliy maqsadi qilib qo‘yilgan va bu mazkur yo‘nalishda jiddiy amaliy ishlar olib borilayotir. Ma’naviyat va huquqqa ham turli boshqa sohalar kabi dialektik xarakterga ega. Shu bois hukukiy davlat dialektikasini kichik bir jarayonlari haqida, so‘z yuritar ekanmiz, avvalo ma’naviyat va huquqga dialektik yondashuvning xarakteri nima? Dialektik yondashuvning xususiyati shundaki, u eski fikrlar, qarashlar, harakatlarni o‘zaro munosabatini aniqlab, ularga har tomonlama yondashuvni taqozo etadi deyish mumkin.




Download 133,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish