1. Masal haqida umumiy ma’lumot



Download 46,93 Kb.
bet2/2
Sana13.07.2022
Hajmi46,93 Kb.
#790405
1   2
Bog'liq
B sinflarda masal o\'q met (1)

Mavzuning dolzarbligi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har tomonlama komil inson etib tarbiyalashda O‘qish va ona tili darslarida o‘qitiladigan masallarni o‘quvchilar ongiga singdirishda yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash va tadbiq etish.
Biroq bu tadqiqot va qo‘llanmalarda biz qo‘ygan masalalar bevosita yoritilmagan hamda tadqiqetilmagan. Ayniqsa, ertak va masal janrlarning metodika sohasida ilmiymaqolalar, tavsiyalar uchrasa-da, yetarlicha ishlar amalga oshirilmagan.
Tadqiqotning maqsadi: Masal janrini o‘rganish uchun belgilab
olingan maqsadlar quyidagilar:
Masal janrini o‘rganishda pedagogik texnologiyalardanfoydalanib o‘qitish;
Masal janrining tarbiyaviy tomonini o‘quvchilar ongigasingdirish va ezgulik ruhida tarbiyalash;
Darslarni interfaol tarzda olib borish va dars samaradorliginioshirish;
Masallarning ma’rifiy-badiiy qimmatini aniqlash.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati.Ish amalga oshirilish jarayonida maktab darsliklarida o‘quvchilarning o‘quv, bilim faoliyatini izchil
shakllantirishga yo‘naltirilgan nazariy yondashuvlar bilan boyitildi.
Shuningdek, masal janrini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan
foydalanish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatma va tafsiyalar beriladi.
Tadqiqot metodlari.“Tarmoqlash” “Zanjir”, “Asir olish” didaktik o‘yiniva mеtоdlаrdаn fоydаlаnilаdi.
Tadqiqotning tuzilishi. Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, har bir bobda ikkitadan qism,xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan.

1. Masal haqida umumiy ma’lumot.


Mustaqillik yillarida jamiyatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar xalqimizningmoddiy va ma’naviy saviyasini oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar,yoshlarning intellektual qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan sa’y-harakatlarasta-sekin o‘z samarasini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” asarida shunday fikrlarni aytib o‘tadi: “Shuni unitmasligimizkerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertanggi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’limva tarbiya olishga bog‘liq”. Shuning uchun ham, avvalambor, yosh pedagoglarningta’lim sohasini yanada oshirish uchun o‘quvchilarni zamonaviy texnologiyalarbilan tanishtirib bormoq lozim, bunda darsliklarning ham xizmati katta. Bugungikunimizning talablariga javob beradigan darsliklarni ishlab chiqmoqligimiz lozim. Birinchi Prezidentimiz ta’kidlaganidek “… maqol – matallar bejiz paydo bo‘lmagan,ular ham ma’lum haqiqatning ifodasi”. Bugungi kunimizni matal va masalsiztasavvur qilib bo‘lmaydi. Nutqimizni ta’sirchan bo‘lishida bu janrlarning rolikatta.Masal (arab. — namuna, misol) — didaktik adabiyot janri. Ta’limiy xarakterdagi, aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy shakldagi asar. Masaldainsonga xos xususiyatlar, jamiyatga xos ijtimoiy hodisalar, munosabatlar qushlar,hayvonlar orasidagi munosabatlar va tabiat hodisalari vositasida aks ettiriladi.
Mazmuni majoz asosiga quriladi, komillikning va kinoyaning, ijtimoiy tanqid
motivining ustunligi masalga hajviy ruh bag‘ishlaydi. Masalning hikoya qismi
hayvonlar haqidagi ertaklar, novella yoki latifalarga yaqin bo‘lib, xotimasi,
ta’limiy xulosasi maqol, hikmatli so‘z va iboralar tarzida bo‘ladi. Masalmateriallari aksariyat ertak, majoz, novella, latifa va boshqalarda ham qo‘llanishi
mumkin. Ramzli hikoyadan farqli ravishda masalning o‘z an’anaviy obrazlar va
motivlar doirasi mavjud bo‘ladi (hayvonlar, o‘simliklar, qushlar, muayyan
tizimdagi odamlar va h.k.). Masal janri unsurlari juda qadimdan ma’lum. Uning
namunalari “Kalila va Dimna” (Panchatantra) tarkibida uchraydi. MasallarFarididdin Attor, Rumiy, Navoiy asarlarida tamsil uchun ishlatilgan. Gulxaniy
“Zarbulmasal” asarida masaldan mohirlik bilan foydalangan. Qadimgi yunon
adabiyotida Ezop (mil. VI—V-asrlar), Rim adabiyotida Fedr (mil. av. I asr.), fransuzadabiyotida Lafonten (XVII-asr.), rus adabiyotida Krilov bu janrning yetuk
namoyondalari sifatida shuhrat qozonganlar. Rus adabiyotida D. Bedniy, S.Marshak, S. Mixalikov masalning ajoyib namunalarini yaratdilar. Zamonaviy
o‘zbek adabiyotida S. Abduqahhor, O. Qo‘chqorbekov, Y. Qurbonov va boshqalar masal janrini rivojlantirdilar[6].
Masal — majoziy xarakterdagi qisqa hikoyacha bo‘lib, nasriy yoki she’riy
shaklda yoziladi. Uning asosiy qahramonlari turli hayvonlar, narsa-buyumlardan
iboratdir. Bular ramziy-majoziy ma’noda qo‘llanilib, insonlar fe’l-atvoridagi turli
xususiyatlarga ishora sifatida keltiriladi. Masalning asosiy jihati shuki, u to‘liq
ma’noda tarbiyaviy maqsadga yo‘naltiriladi. Kichkintoy tarbiyasi uchun juda
muhim va o‘ta mas’uliyatli ishlardan hisoblanadi. Buning uchun bolalarni o‘z
tuyg‘u va o‘y-xayollari dunyosiga olib kirish lozim. Bu yo‘lda ota-onaga, buvi-boboga, tarbiyachiga masal juda qo‘l keladi. Masal bola aqlining rivojiga,
qiziqishiga imkoniyatlar ochib beradi. Ular yordamida bolalarning go‘daklik
chog‘laridanoq adolatparvarlik, do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ularining shakllanishi,
tabiatga, hayvonot olamiga mehr-muhabbatlarining oshishi uchun keng yo‘l
ochiladi. Bolalar har bir masaldagi yaxshi-yomonni, gunoh-savobni bilib, mag‘zini
chaqib, tushunib o‘sadilar. Bu esa, ularning kelajakda oqko‘ngil, mehnatkash, ota-onaga, ona-Vatanga, hayvonot olamiga muhabbatli bo‘lishlari uchun ko‘prik
vositasini ado etadi. Masal eshitib, tinglab o‘sgan har bir inson kelajakda, albatta,
o‘ylab, chamalab, aql bilan ish ko‘radigan, qissadan hissa chiqaradigan bo‘ladi.
Masallar ko‘proq hayvonlar, jonivorlar, parranda-yu darrandalar, o‘t-o‘lanlar
misolida bo‘ladi. Vaqti kelganda bular ustidan kulinadi, xulosalar chiqariladi.

2.Masal janrini darsliklarda o‘rganilishi.


Masallar, og‘zaki, yozmada nasr va nazmda bo‘ladi. Masalda ko‘pincha axloqiy-ta’limiy fikr va ma’nolar ifodalangan bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodining bu janri hamalla-qo‘shiq, topishmoq, maqol, ertak kabi insoniyatga xizmat qiladi, o‘sib ulg‘ayib, komil inson bo‘lish uchun yordam beradi. Zero, insonni hayvondan
ajratadigan sifatlardan birinchisi aql, odob, tarbiya, so‘zlash quvvati va tildir. Inson
aqli, zehni bilan yaxshi va yomonni, foyda va zararni ajrata oladi. Aql — inson
rohatining madoridir. Bir donishmand „Aqling bilan qara, ko‘z xoindir, qalbing
bilan eshit, quloq yolg‘onchidir“, degan ekan. Inson bir ishga kirishar ekan, eng
avval shu ishni aql kabi adolat o‘lchovida o‘lchab, keltiradigan foyda yoki zararini
o‘ylab, so‘ngra shu ishga harakat qilishi lozim. O‘zi uncha tushunmagan ish haqida
uni yaxshi tushunadigan mutaxassis maslahatini olish tavsiya etiladi. Go‘zal
xislatlar komillikning bir nishonasidir. Go‘zal axloq ham aqlning kamolga
erishganidan dalolat beradi. Bir majlisda hech kimga so‘z bermay, ezmalik qilib
so‘zlay bermaslik, johil va nodonning so‘zlariga sukut bilan javob berishlik inson
uchun g‘olibiyat va sadoqat bo‘lib, buning aksi esa pushaymonlik va tubanlikdir.
Hayotda beaql, o‘ylamay, o‘ziga o‘zi xulosa chiqarmay yashaydigan odamlar ham
bor. Ayniqsa, do‘st-o‘rtoq tanlashda tag-tubini so‘rab-surishtirmay, kasb-korini
bilmay, fe’l-atvorini o‘rganmay turib do‘st bo‘ladiganlar, albatta, quyidagi
rivoyatda aks ettirilganidek, o‘zini o‘zi nobud qiladi, halok bo‘ladi: Bir
bog‘bonning tog‘ yaqinida g‘oyatda dilkusho bog‘i bor edi. Dehqon o‘sha bog‘da
umr kechirardi. Bir kuni zerikib bog‘dan tashqariga chiqdi, tog‘ etaklarini tomosha
qilib yurdi, shu vaqt yuksak tog‘lardan quyiga tushgan bir ayiqqa duch keldi. Ular
bir-birlariga ulfat bo‘ldilar. Ayiq o‘sha dehqonning suhbatiga ko‘ngil berdi, u bilan
birga bog‘ga keldi, shirin mevalardan yeb do‘stligi mustahkam bo‘ldi. Mabodo
dehqon soya-salqin joyda dam olib uxlab qolsa, ayiq uning yonida o‘tirib,
pashshalarni qo‘rirdi. Bir kun bog‘bon uxlab, ayiq pashshalarni qo‘rib o‘tirgan edi,
pashshalar dehqonning yuz-ko‘ziga hujum qilishdan to‘xtamadilar. Bir tarafdan
quvlasa, ikkinchi tomondan yopirildi. Ayiq ularning hammasini birdaniga o‘ldirish
fikriga tushdi. Pashshalar dehqonning yuz-ko‘ziga yopirilib qo‘ngan vaqtni poylab
turib, dehqonning boshiga xarsang tosh bilan bir tushirdi, dehqonning boshi
majaqlanib ketdi. Pashshalarga ziyon yetmadi, ular uchib ketdilar. Hissa:
Nodonning do‘stligi ham ayiqning do‘stligiga o‘xshash bo‘ladi. Har kim nodonni
o‘ziga do‘st, ulfat deb hisoblasa, dehqonning holiga tushishi mumkin.
Bayt:
Al’amon, yuz al’amon, nojinslardan al’amon,
Yaxshi ulfatlar bilan bo‘lg‘il hamisha, ey javon!
Inson oddiy, sodda, o‘z ishiga pishiq, puxta bo‘lsa, katta-yu kichiklarga,
jonivorlarga mehribon, rahmdil bo‘lsa, uning hayotda obro‘-e’tibori olamcha
bo‘ladi. Aksincha, takabbur bo‘lsa, odamlarni ranjitsa, dillariga ozor beradigan
bo‘lsa, jonivorlarga rahm-shafqat qilmasa, tez orada jazosini tortadi. Xalq bunday
takabbur, faqat o‘z manfaatini o‘ylab ish ko‘radiganlarni xush ko‘rmaydi. Bunga
yorqin misol „Kalila va Dimna“dagi mana bu masaldir: „Bir kuni Qoraquloq
o‘rmon chetiga chiqib o‘tirgan edi, bir sichqonning jadallik bilan daraxt tomirini
kemirayotganini ko‘rib qoldi. Daraxt tilga kirib unga dedi: — Ey dilozor va
sitamkor! Nima uchun jonim rishtalarini qirqyapsan? Sichqon uning nola-yu zoriga
e’tibor bermay, o‘z ishini davom ettiraverdi. Nogoh bir burchakdan bir ilon chiqib,
sichqonga hamla qildi va bir damda yutib yubordi. Qoraquloq bu voqeadan
„Dilozorning jazosi ozor ekan“, degan xulosa chiqarib oldi. Shu vaqt bir tarafdan
tipratikan kelib, ilonning dumidan tishladi-yu, boshini ichiga tortib, g‘ujanak bo‘lib
oldi. Ilon jahl bilan unga o‘zini ura boshlagan edi, a’zoyi badanini tikanlar pora-pora qilib yubordi. Ilon o‘sha zahoti o‘ldi. Qoraquloq bundan ibrat darsi oldi. Ilon
o‘lgach, tipratikan boshini chiqarib, uning yaxshi-yaxshi joyidan tanlab yedi. Qorni
to‘ygach, daraxt soyasida koptokdek bo‘lib yumalab, huzur qilib yotgan edi, nogoh
bir och tulki kelib qoldi. tipratikanning nayzalaridan qo‘rqib, uni hiyla bilan
o‘ldirmoqchi bo‘ldi. U tipratikanni ag‘anatib qorniga yozildi. Tipratikan yomg‘ir
yog‘yapti, shekilli, deb o‘ylab, boshini chiqargan ham ediki, tulki bir hamla bilan
uni cho‘rt uzdi, bo‘shashib, qorni ochilib qolgan tipratikanni ishtaha bilan yeb oldi.
Shu vaqt bo‘riga o‘xshagan vahshiy bir it kelib, tulkini turgan yerida bo‘g‘ib,
uning go‘shti bilan ochligini qondirdi. Qoraquloq bu ajoyibotlarni ko‘rib, hayron
qolib yotar edi. It endi dam olishga hozirlik ko‘rayotganda bir qoplon kelib, uning
siynasidan oldi. Qoplon hali itni tugatmagan ham edi, ovchi kelib, bir o‘q bilan uni
jo-bajo qildi. Qoplonning joni hali uzilmagan edi, u yerdan bir otliq o‘tib qoldi.
Unga qoplonning terisi yoqib qolib, ovchi bilan urisha boshladi. Qilich solib,
ovchining boshini tanidan judo qildi va qoplonning terisini olib yo‘lga tushdi. U
yuz qadam ham yurmagan edi, oti qoqilib, yerga yiqildi. Gardani sinib, u shu on
halok bo‘ldi“. Bolalarga shunday ta’lim-tarbiya berish kerakki, ular o‘sib ulg‘ayganlaridan keyin aslo kibr-havoga berilmasliklari, maqtanchoq
bo‘lmasliklari lozim. Ochko‘zlik, tamagirlik, maqtanchoqlik, o‘zini katta tutish
yaramas odatlardan hisoblanadi. Kimki shu yo‘ldan borsa, albatta, u el-yurt
o‘rtasida obro‘-e’tiborini yo‘qotadi, xorlig-u zorlik bilan halok bo‘ladi. Hammaga
ma’lumki, chumoli juda mehnatkash bo‘ladi. U kechasi-yu kunduzi harakatda
bo‘ladi, ishlaydi. Uning o‘zgalar bilan suhbatlashishga, dam olib o‘tirishga vaqti
yo‘q. U hamisha shoshiladi. “Qish g‘amini yozda ye” maqoliga qat’iy amal
qiladigan chumoli o‘ziga oziq-ovqat qidiradi, topadi, uyiga tashiydi, sudraydi.
Chumoli ertani o‘ylaydi, ovqat yig‘adi. Bu bilan o‘z uyida bolalarining,
keksalarning, yordamga muhtoj bemorlarning qornini to‘ydiradi. Ari esa uning
teskarisi. U ochko‘z, maqtanchoq, surbet. Hoziri-yu huzuri qabilida ish
ko‘radiganlardan. Kunlardan bir kuni arining ko‘zi zo‘r mashaqqat bilan iniga don
sudrab borayotgan chumoliga tushib qoladi. Yengiltak, maqtanchoq, tamagir,
surbet ari: — Ey, chumoli! O‘zingni bu qadar azobga qo‘yishingdan nima foyda?
Bu ishni ne sababdan ixtiyor qilding? Mening hayotim, yemish-ichishimga qarab
ish tutsang bo‘lmaydimi? Podsholar dasturxonidagi har qanday taom mensiz
yeyilmaydi. Shamolni minib uchaman, istagan yerga qo‘naman, nayzamni yovning
jigariga sanchaman. Xullas, nimani ko‘nglim tilasa shuni yeyman, — dedi.
Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, bunday maqtanchoq, bosar-tusarini bilmay
qolganlar, odatda, hayotda qoqiladilar. Yo halok bo‘ladilar, yoki xalq orasida
obro‘-e’tiborlarini yo‘qotib yolg‘izlanib qoladilar. Maqtanchoq, o‘ziga ortiqcha erk
bergan, chumolining ustidan kulgan ari bir parvoz bilan to‘g‘ri qassobning
do‘konidagi mixga osib qo‘yilgan go‘shtga qo‘ndi. Qassob qo‘lida pichog‘i bilan
uni mo‘ljalga oldi va nimtalab tashladi. Shu yerda poylab turgan chumolilar esa
uni sudrab ketdilar. Bolalarni shunday tarbiyalash lozimki, ular kelajakda sog‘lom
fikrli, halol, pok inson bo‘lib o‘ssinlar. Qachonki, bola ishlamay, peshona teri
to‘kmay topilgan narsadan hazar qiladigan, o‘zgalar mol-mulkiga ko‘z
olaytirmaydigan bo‘lib voyaga yetsa, kelajakda haqiqiy inson bo‘ladi.
Demoqchimizki, bola mehnat qilib, mehnatga ko‘maklashib o‘ssin. Axir, mehnat
insonga baxt-saodat keltiradi. Yalqovlik va ishsizlik esa falokat girdobiga
yetaklaydi. Bir masalda baliqchi tutgan baliqlarini uyiga olib kelar ekan, bir zolim
yo‘lto‘sar uning baliqlarini tortib oladi va uradi. Baliqchi bunday duo qildi: „Yo
rabbiy, meni zaif, uni quvvatli qilib yaratdingki, u menga zulm qildi.
Maxluqotingdan birini unga ro‘para qil, toki butun olam undan ibrat olsin. Yo
rabbiy, sen har narsaga qodirsan!“ Zolim baliqlarni pishirib yeyayotgan paytda
tomog‘iga qiltanoq tiqildi. Nafas ololmay qoldi. Tabiblarga yugurib davo
topolmadi. Kechga yaqin Allohga yolvordi. Zolim tushida “Falon odamning
haqini berasan, shundan so‘ng xastalikdan qutulasan” degan nidoni eshitdi.
Uyg‘onar-uyg‘onmas, shoshilib baliqchini qidirib topdi. Unga ming dirham berib
halollashdi. Allohning izmi bilan xastalikdan qutuldi.
Bayt:
Mehnat ila hal bo‘ladirhar mushkul,
Komi dil mehnat ila bug‘doy hosil.
Jamiki jonzot o‘ziga do‘st, o‘rtoq,hamkor qidiradi. Do‘stga butun ixtiyorini beradi, sirini, yurak dardini aytadi.Do‘stga ishonib, unga suyanib, undan ko‘mak olib yashaydi. Kerak bo‘lsa, do‘stiuchun jonini beradi. Do‘stlikning qoidasi, sharti shunday. Arslon bilan kuchukvoqeasiga bag‘ishlangan bir asarda do‘stga sadoqat, vafodorlik nafaqat odamlaro‘rtasida, balki hayvonlar orasida ham borligini ko‘ramiz. London hayvonotbog‘ida tomoshabinlardan pul yoki yirtqichlar uchun yemish sifatida it, mushukolinar edi. Bir odam hayvonlarni ko‘rmoqchi bo‘ldi va ko‘chadan bittakuchukchani tutib keltirdi. Haligi odamni tomoshaga kirgizishdi, kuchugini esayemish o‘rnida arslonga tashlashdi. Kuchukcha dumini qisgancha qafasburchagiga borib suykaldi. Arslon unga yaqinlashib, hidlab ko‘rdi. Kuchukchachalqancha yotib panjasini ko‘tardi va dumini likillatdi. Arslon unga panjasiniqo‘yib, ag‘dardi. Kuchukcha sakrab turib, arslonning oldida orqa oyoqlari bilantikka turdi. Arslon kuchukka tikilib qoldi, kallasini o‘girib, atrofga alangladi vao‘ljasiga tegmadi. Xo‘jayin qafasga go‘sht tashlagan edi, arslon bir bo‘lagini uzibolib, kuchukchaga berdi. Kechqurun arslon uxlash uchun yotganda kuchukchauning yoniga cho‘zilib, kallasini panjasiga qo‘ydi. Shundan buyon kuchukchaarslon bilan bitta qafasda yashay boshladi, arslon unga tegmadi, yemishini yeb,kuchukcha bilan birga uxlar, birga o‘ynar edi. Bir kuni bir janob tomoshaxonagakelib, kuchukchasini tanib qoldi, u kuchukcha o‘ziniki ekanini aytib, xo‘jayindanqaytarib berishni so‘radi. Xo‘jayin qaytarmoqchi bo‘ldi, ammo kuchukchani arslonqafasdan chiqarmadi. Shunday qilib, yil bo‘yi arslon bilan kuchukcha bir qafasdayashadi. Keyingi yili kuchukcha kasal bo‘lib, o‘lib qoldi. Arslon yemishga hamqaramas, kuchukchaga panjasini qo‘ygancha hidlagani-hidlagan edi. Arslonkuchukchaning o‘lganini bildi-yu, junlarini hurpaytirib sakradi, dumi bilan o‘zinisavalay ketdi, qafas devoriga urildi va polni, eshik zulfini g‘ajiy boshladi. Arslonuzukun o‘zini qafasga urib, na’ra tortdi, so‘ng jonsiz kuchukcha yoniga cho‘zilib,jimib qoldi. Xo‘jayin arslon dardini unutar deya qafasga boshqa kuchukchaniqo‘yib yubordi, ammo arslon uni shu zahoti tilka-pora qilib tashladi. Keyin o‘likkuchukchani panjalari bilan quchoqlagancha besh kun qimirlamay yotdi-da,oltinchi kuni u ham o‘lib qoldi. Bu hikoyada arslon haqiqiy do‘stlik yo‘lini tutdi,chin do‘stlik namunasini ko‘rsatdi.Bu janr yevropada ham yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan buni ular “Ezob tilidaso‘zlash” yoki “Ezopona til” deb atashgan.“Rivoyatlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VI asrlarda Yunonistonda quldorlik tuzumi hukm surgan paytda qullar orasidan yetishib chiqqan nihoyatda aqlli,ammo o‘ta badbashara, xunuk bir donishmand bo‘lib uni Ezop deb atashgan ekan.Uning asli kelib chiqishi o‘sha davrlardagi Frigiya mamlakatidan bo‘lib, urushlarnatijasida qul qilib olinib, Yunonistonga kelib qolgan. Aql-u farosati, topqirligibilan o‘z xo‘jayinlarining mushkullarini oson qilib, hurmat va e’tibor qozongan.Hatto shaharlarni bosqinlardan asrab, podshohlarni qirg‘in-barot urushlardan to‘xtatib qolgan. Oxir-oqibat o‘zini qullikdan xalos etib, Lidiya shohi Krezsaroyida xizmat qilgan, so‘ng Vavilon shohi Likurg saltanatida xazinabondarajasiga ko‘tarilgan. Keyinroq, haqgo‘ylik adolatparastligi, kinoyali achchiq tiliuchun ko‘rolmagan, hasadgo‘y dushmanlari uni Delfa shahrida tog‘ qoyasidan otibyuborib, o‘ldirganlar”.Ezop hayoti haqidagi ma’lumotlar o‘sha davrdagi va undan keyingi asrlardagisolnomachilar tomonidan yozib qoldirilgan rivoyatlar, ibratli hikoyatlar orqaliyetib kelgan. Uning 500 ga yaqin masallari qadim davrlardayoq jamlanib, “Ezopmasallari” nomi ostida kitob qilingan va donishmandlik o‘gitlari sifatida butundunyoga tarqalgan. “Ulug‘ masalchi”ning o‘zi haqida rivoyatlar ham judaibratomuz. Masalan, ularning birida hikoya qilinishicha, Ezopning xo‘jayinisafarga otlanar ekan, o‘z qullariga yuklarni bo‘lib olib, ko‘tarib ketishlarilozimligini buyuradi. Ezop ularning oldiga kelib, o‘ziga yengilroq yuk berishlariniiltimos qilganida, qullar uning o‘zi tanlab olishiga ruxsat beradilar. Ezop borib,to‘rt kishi zo‘rg‘a ko‘taradigan non solingan qutini tanlaydi. Atrofidagilar barchasiundan kulib, yengil narsa so‘rab, eng og‘ir yukni tanlagani uchun ahmoq deyamasxara qiladilar.Xo‘jayini uning og‘ir yukka o‘zini urganini ko‘rib, Ezopni maqtab qo‘yadi.O‘shanda Ezop olis safarga ketayotganlarini sezib, uzoqni ko‘zlab ish tutgan edi. Anchagina yo‘lni bosib, kun peshinga yetganda, barcha to‘xtab, ovqatlanishga o‘tiradilar. Shunda Ezop ko‘tarib kelgan qutidan barchaga non ulashib, yukini ikkibarobar yengillashtiradi. Kechga borib, yana yo‘lda ovqatga unnaganlarida,qutining ichidagi qolgan nonlani ham ulashib, yukidan tamomila xoli bo‘lib oladi-yu, boshqa qullar manzilgacha olgan yukini qiynalib ko‘tarishda davom etsa, Ezopqup-quruq qutini yelkalab, oldinda o‘ynoqlab, chopib boradi. Ko‘hna Sharq adabiyotida ham majoziy shaklda, ya’ni turli hayvonlar tilidan
tarbiyaviy ahamiyatga molik hikoyachalar keltirish tajribasi qadim hind
adabiyotining nodir namunalari bo‘lgan “Panchatantra”, “Kalila va Dimna” kabi
asarlar tarkibida uchraydi [9]. Bu asarlar ham dunyoning ko‘pgina tillariga tarjima
qilinib, shunday yo‘nalishdagi yangi asarlaming yaratilishiga turtki bergan.
Masalchilikning eng yaxshi namunalari o‘zbek adabiyotida ham mavjud. Avvalo,
aytish o‘rinliki, Ezop masallaridagi hikoyat va hikmatlarga o‘xshagan ibratli maqol
va matallar o‘zbek xalqi hayotida, uning kundalik turmushida, so‘zlashuv nutqida
doimiy uchraydigan hodisadir. E’tibor qilgan bo‘lsangiz, yuqorida Ezop
masallaridan kelib chiqadigan xulosalar aks etgan qator maqollar va hikmatli
iboralar ota-bobolarimiz tomonidan azal-azaldan aytib kelinganini anglatuvchi
namunalar ham yonma-yon keltirildi. Buning sababi, ta’kidlaganimizdek,
ko‘tarilgan masala va mavzularning insonlarga birdek xos bo‘lgan xususiyatlar
ekanligidadir. Shuning uchun ham Sharq, jumladan, o‘zbek mutafakkir shoir-u
adiblari maxsus “Pandnoma”, “Odobnoma” lar yaratib, bu asarlar maktabmadrasalarimizda alohida o‘quv qo‘llanmasi sifatida xizmat qilgan. Shu o‘rindamajoziy shakldagi ibratli hikoyatlarning eng saranamunalari ulug‘ bobokalonimizAlisher Navoiy hazratlarining “Xamsa” asaridagi birinchi doston “Hayrat ulabror” (Yaxshi odamlarning hayratlanishi) da va maxsus shu yo‘nalishda “Lisonut-tayr” (Qushlar tili) dostonida uchrashini alohida aytib o‘tish lozim. Shu bilanbirga XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida yashab o‘tgan Muhammad Sharif
Gulxaniy ham “Zarbulmasal” nomli asari bilan o‘zbek adabiyotida masalchilik
rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Ulardan tashqari XX asrga kelib Abdulla Avloniy,
Hamza Hakimzoda Niyoziy, Yamin Qurbon, Sami Abduqahhor, Muxtor
Xudoyqulov kabi shoirlar ijodida masal janrining yaxshi namunalari uchraydi.

3. Masalni o‘qish darsini tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish


Masal — axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirganaksariyat kichik she'riy, ba'zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masaldamajoziy obrazlar-hayvonlar, jonivorlar va o'simliklar dunyosiga ko'chiriladi. Timsollarningkinoyaviy xarakterda bo'lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchunxarakterlidir. Ko'pincha masalning kirish qismida, ba'zan pirovardida qissadan hissa-ibratlixulosa chiqariladi. Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she'riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa sujetli asar deb ta'rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi
bo'lgan kichik pyesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyibnamuna bo‘la oladi.
Ma'lumki, tarbiya ko'proq ta'lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgankunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg'usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishgaehtiyoj paydo bo'ladi va bu orqali o'quvchilar ma'naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilanbolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayr-u ehsonda sofdillik, ona Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g'urur, matonat, mehr-oqibat, do'stlik, ezgulik kabiyuksak hislar paydo bo'ladi.Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo'pollik, qo'rslik, yolg'onchilik,yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagiboshlang'ich sinf ,,O'qish kitobi" darsliklarida masal janriga kam o'rin berilgan. Vaholanki,bola tarbiyasida masalning o'rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o'quvchi matndagie'tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o'qib o'tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagano'rinni, bo'shliqni to'ldiradi.
3-sinf ,,O'qish kitobi"dan o'rin olgan „Qaysar buzoqcha" (O.Qo'chqorbekov) masalioilasi, o'rtoqlari, do'stlaridan ajralib, yomon yo'llarga kirib qolgan, oqibatda ko'ngilsizholatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Yaylovda bir buzoqcha
Arazlabdi to‘dadan
Ketib qolib uzoqqa,
Adashibdi podadan.
Yakka o‘zi o‘tlarkan,
Borib yaylov to‘riga.
Buzoq shunda to‘satdan,
Duch kelibdi bo‘riga.
Ma’rasa ham qancha u,
Bilishmabdi do‘stlari.
Maza qilib och bo‘ri,
O‘yib yebdi ko‘zlarin.
Bobolar bu haqda der:
“Bo‘linganni bo‘ri yer”.
Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya'ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan „Bo'linganni bo'ri yer" hikmatida o'zifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. Shoir esa bundan juda ustalik bilanfoydalangan.
„Chumoli va Tipratikan"masali esa nasriy turga mansub bo'lib, unda Chumoli timsoliorqali bolalar halollikka o'rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo'lishidan qat'iy nazar,so'rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da'vat etiladi. Masalni o'qishda bolalarTipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o'zining hayotida biron-birshunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o'rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo'ndaligi, soddaligi, o'tkirligivaxalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta'sir qiladi. Bular o'quvchilar nutqini o'stirishda hammuhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe'1-atvorlari, nutqiyo'ziga xosliklari o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qiladi. O‘quvchi masalni o‘rganish orqaliquyidagi xulosaga keladi:
Halol boylik qilar sheryurak,
O‘g‘irlik mol qilar jonsarak.
Masalni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilishmumkin:
1. Masal nima haqida boradi?
2. Badnafs so‘zini qanday tushundingiz? Uning o‘rnida yana qanday so‘z ishlatishmumkin?
3.Masaldagi maqolning ma’nosini ayting?
O‘quvchilar bu savollarga javob berish orqali matn mazmunini to‘liq o‘zlashtiradilar,xulosa chiqarishga o‘rganadilar.
“O‘jar Toshbaqa” masalida Toshbaqaning injiqliklari gapga kirmasligi, onasiniranjitishlari ifoda etilgan. Masalni o‘qishda quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaatqilish mumkin:
1. Masalda nima haqida gap boradi?
2. Yosh toshbaqa nima deb janjal qildi?
3. Nima uchun yosh toshbaqa onasidan uzr so‘radi?
Masal mazmuniga mos qanday maqol va topishmoqlar bilasiz?
Shuningdek, matndan ona nasihati berilgan o‘rinlarni topib o‘qittirish ham
o‘quvchilarning matn mazmunini yaxshi o‘zlashtirishlariga va masaldan to‘g‘ri xulosachiqarishlarida yaxshi samara beradi. Uyga vazifa masal mazmuniga mos rasm chizishtopshiriladi.Bu masallarning qahramonlarining barchasi hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan,toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonningxususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo'shatib yuborilsa, shataloqotib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to'dasidan ajralib, bo'riga duch
keladi, ya'ni ko'ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar,vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
„Chumoli va Tipratikan" masalidagi majoziy qahramonlar ham aslida jamiyatimiza'zolaridir. Chumoli hayotdagi halol, pok, to'g'riso'z insonlar bo'lsa, tipratikan o'g'ri, qallobbirovning ustidan kuladigan kishilar timsolidir.
„O'jar Toshbaqa" masalidagi Toshbaqa hayotdagi o'jar, qaysar, o'z bilganidan
qolmaydigan, ko'ngli tusaganini qiladiganlar timsolidir.
2-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan ,,O'roq va Kombayn" masalida o'roq va kombayn asarqahramonlari qilib olingan. Ularning munozarasi orqali texnikaning afzalligi: kam vaqtsarflab, samarali natijaga erishish mumkinligi hamda ularning ahil bo'lib, birgalikda mehnatgabel bog'lashlari kabi g'oyalar ilgari suriladi. Oddiy predmetlar tilga kiradi. Insonlar tomonidanaytiladigan texnika va ish qurollari haqidagi gap-so'zlar bevosita predmetlar tilidan beriladi. Masalan, Kombayn O‘roqqa yaqinlashib:
-Ha, O‘roq buva, nima bo‘ldi sizga?-dedi.
-Hech narsa, shunchaki o‘zim, seni ko‘rib, avvalgi vaqtlar esimga tushdi. Mana shuyerdagi bug‘doyni necha kunlar davomida zo‘rg‘a o‘rardim. O‘raverib-o‘raverib qaddimyoydek bukilib ketgan,-deydiKo‘rinadiki, o‘quvchi oddiy ish quroli o‘rnini texnika egallaganini his qiladi va shundayxulosaga keladi:
Ahillik bor joyda qut-baraka bo‘ladi.
Boshlang'ich sinflarda masalni o'rganayotganda bolalarni masalni ifodali o'qishga vauning mazmunini qisqa, ba'zan bir necha so'z bilan aytib berishga, ayrim qatnashuvchilarningxarakterli xususiyatlarini aniqlab, o'zaro qiyoslashga o'rgatish muhim ahamiyatga ega.Masalning allegorik mazmuniga to'xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishgakirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o'xshash kulguli asar kabiqabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o'zaromunosabatlari ba'zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoyaekanini, ko'proq she'riy tarzda bo'lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishinibilib ola boshlaydilar.Masallarda yashiringan o'tkir kinoya, voqealarning tez-tez o'rin almashinib turishi unibir maromda o'qishga xalaqit beradi. Shuning uchun ifodali o'qishga yetarli malaka hosilqilmagan o'quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idroketishda o'quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so'z bilantasvirlash, ba'zilariga o'qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollargabo'lib o'qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uningxatti-harakati bilan birga, tilning o'ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalniifodali o'qishga tayyorlanishda uning sujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshitushunish zarur.
4-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan Sh. Sa'dullaning „Laqma it" masalida it markaziytimsol sanaladi. Mushuk, sigir, xo'roz, tovuq va kurkalar timsolini it birlashtirib turadi.Shuning o'ziyoq it xarakterini ochish uchun uning atrofidagi timsollarning xarakterxususiyatini bilishni talab etadi.Mushukning it haqidagi so'zlarini matndan toptirib o'qitishitning xususiyatini ochibberadi:
Ajab bo'ldi .... uy qurmading.
O'z va'dangda sen turmading.
Yozi bilan laqillading.
Meni ko'rsang akillading.
Sigirning it haqidagi quyidagi so'zlarini ham matndan topib o'qitish orqali itning boshqaxususiyati ochiladi:
— Menga bundoq hiyla qilma
Sigirlarni axmoq bilma....
Uyda yotding oyoq cho'zib
Sog'in sutni hadeb buzib.
So'ng o'quvchilarga itga xos xususiyatlarni ochuvchi so'z va iboralarni toptiribayttiriladi. Shu tariqa o'quvchilar o'qituvchi yordamida itga tavsif beradilar. So'ng boshqatimsollar ustida ishlanadi. Bunda taqqoslash usulidan foydalaniladi. Mushukning yaxshixislatlari sanaladi. Bu kabi tavsiflar sigir, xo'roz, tovuq, kurkalarga ham beriladi.Qahramonlarga tavsif berish matn ustida ishlash orqali amalga oshiriladi. Yozuvchifoydalangan til vositasida o'quvchilar qahramonlarga tavsif berishga o'rganadilar, ularning tiliham yangi so'zlar bilan boyiydi. O'quvchilarni tavsif berishga o'rgatish uchun o'qituvchiningo'zi qahramonni xarakterlovchi so'z, iboralarni tavsiya qiladi. Ular ichiga masaldagitimsollarga xos bo'lmagan xususiyatlarni ifodalovchi so'z, iboralar kiritib qo'yiladi. O'quvchi
ular ichidan mosini tanlab olish jarayonida mantiqan fikrlaydi. Bu so'z va iboralar esa bolalarnutqiga ko'chadi.
4-sinf ,,O'qish kitobi"da berilgan „Baqa bilan Taqa" (Aziz Abdurazzoq) masalida baqatimsoli orqali yozuvchi o'ziga mos bo'lmagan, o'ziga to'g'ri kelmaydigan narsalarni orzu qilishva bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o'zaytganidan qaytmaydigan, o'jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilantovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o'zining borliginibildirib yashashni istaydi. U taqachining „Taqani o'ylama, uni otga chiqargan, senga taqaqoqsam, sakrashdan mahrum bo'lasan... Sen taqa bilan yo'rg'alay olmaysan. Yo'rg'alashni hamotga chiqargan", „Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo'lsang, sayrab yuraver" deyishlarigaquloq solmaydi. Bu o'jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho'kib ketadi. Yonidagibaqalar bo'lmaganda halok bo'lishi ham tayin edi. Kech bo'lsa ham baqa xatosini anglabyetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o'quvchini o'z hayotiga, xatti-harakatiga birnazar tashlashga undaydi. Ular o'z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Shunday qilib, masal ustida ishlash quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
masal mazmunini aniq idrok etish;
kompozitsiyasi, qatnashuvchilarning xarakteriga mos xususiyatlarini, xatti-harakatlarining sabablarini ochish;
allegoriyani aniqlash;
masal xulosasini tahlil qilish.
Mana shu izchillik hisobga olinsa, masal o'qish darsining qurilishi quyidagicha bo‘ladi:
1. Tayyorgarlik ishlari:
a) masal muallifi haqida o'qituvchi hikoyasi;
b) o'qilgan masal mazmuni bilan bog'liq suhbat;
d) o'qilgan masalda qatnashuvchi timsollarga xos xususiyatlar haqida suhbat.
2. Masalni o'qituvchi o'qishi (magnitofon yozuvini eshitish yoki film ko'rsatish hammumkin).
3. Masal matni ustida ishlash:
a) masalning tuzilishi va kompozitsiyasini aniqlash (o'qish, reja tuzish va hokazo);
b) qatnashuvchilarning xatti-harakati, fe'1-atvori, xarakteriga xos xususiyatlarinitushuntirish (tanlab o'qish, so'z bilan va grafik tasvirlash, savollarga javob berish);
d) masalning aniq mazmunidan kelib chiqib, undagi asosiy fikrni belgilash;
e) krossvordlar, ta'limiy o'yinlar, topishmoqlardan foydalanib, masal mazmuni vag'oyasini o'zlashtirish.
4. Allegoriyani ochish.
5. Axloqiy xulosa aks ettirilgan qismni tahlil qilish.
6. Hayotda uchragan shunga o'xshash hodisalarga taqqoslash.

4. Ezop va gulxaniy masallarining tarbiyaviy ahamiyati.


Yovvoyi echkilar bilan cho‘pon
Cho‘pon echkilarini yaylovga qo‘yib yubordi. Bir payt qarasa, echkilari
yovvoyi echkilar bilan o‘tlashib yuribdi: xursand bo‘ldi-yu kech kirgach,
hammasini o‘zining g‘origa qamadi. Ertasiga havo buzuqligi tufayli echkilarni
odatdagidek yaylovga olib chiqolmadi: g‘ordayoq boqishiga to‘g‘ri keldi. Cho‘pon
o‘zining echkilariga nomigagina — o‘lmagunday yem solgani holda, qo‘lga
o‘rgatib olish niyatida yovvoyi echkilarga mo‘l-ko‘l qilib to‘kdi. Ertasi, havo
yurishib ketgach, echkilar tog‘ga qarab ura qochdilar. Cho‘pon ularni yaxshilikni
bilmaydigan nonko‘rlar, deya koyishga tushdi: “Axir men sizlarni o‘zimning
echkilarimdan-da yaxshiroq boqmadimmi?”Yovvoyi echkilar aytdilar: “Shuning
uchun ham sendan nariroq yurishimiz ma’qul ko‘rindi-da. Bizlar kechagina senga
yo‘liqqandik, sen esa bizni o‘zingning eski echkilaringdan-da yaxshiroq boqding.
Demak, ertaga yana yangilar kelib qo‘shilsa, unda ularni bizlardan afzalroq
ko‘rarkansan-da?”
Alqissa, yangi do‘stlami eskilardan afzal tutuvchilar bilan do‘stlashishga
shoshilmang, zero yana yangi do‘stlar orttirganda siz ham eskilardan bo‘lib
qolasiz.Ezopninig bu masalidan shunday g‘oya kelib chiqadi: Do‘stlik bilan sadoqattushunchalari doimo yonmayon tarizda olib boriladi. Inson hayoti davomida judako‘p qaltis vaziyatlarga tushish, turli sinovlarga duch kelishi mumkin. Anashunday sharoitda faqat o‘z manfaatini o‘ylab, sizni yolg‘iz tashlab ketadigan yokiboshqa odamlarni do‘st tutib ketadiganlardan nariroq bo‘lgan ma’qul.
Do‘stga sadoqat, vafodorlik haqida ulug‘ bobokalonimiz hazrati Alisher
Navoiy ham “Mahbub-ul qulub, ya’ni “qalblarning sevgani” nomli ma’rifiy
axloqiy asarlarida shunday fikrni aytadi:
Do‘st uldirki, o‘ziga ravo ko‘rmagan narsani do‘stga ham ravo ko‘rmaydi.
O‘zi do‘sti uchun o‘limga tayyor bo‘lsa ham, ammo do‘stni bu ishda sherik
qilmaydi.
KIYIK BILAN TOKZOR
Ovchilar ta’qibidan qochgan kiyik tokzorga yashirindi. Ovchilar payqamay
o‘tib ketishgach, endi xavfdan qutuldim, deb xayolladi-yu tok barglarini uzib-uzib
yeyishga tutindi. Ittifoqo shu payt ortiga o‘girilgan ovchi kiyikni payqab qoldi:
darhol o‘q uzib, jonivorni yarador qildi. O‘limi yaqinlashganini sezgan kiyik afsusnadomatda ingrandi: “Qilmish - qidirmish: toki meni qutqargandi, men esa uninobud qilishga qasdlandim”.
Bu masalda Ezop kimki o‘ziga yaxshilik qilganlaiga yomonlik sog‘insa, u
albatta Xudoning qahriga yo‘liqqay.Ushbu hayotiy lavha yaxshilikka hamisha yaxshilik bilan javob qaytarishgaundaydi. E’tibor qiling-a, tokzor kiyikni o‘limdan asrab qoldi. Kiyik buning uchunbir umr minnatdor bo‘lib, imkoni yetganicha tokzorni asrashi, uni har kim payhonqilmasligi uchun jon kuydirishi lozim edi. Ammo, u aksincha ish tutib, xavfdanqutuldim, ya’ni jonim omon qoldi, endi qornimni o‘ylashim kerak, deb hozirginauni yashirgan tok barglarini mo‘tashga tushadi. Bu na Xudoga va na bandasigaxush keladigan illat. Shu bois ham kiyik o‘sha zahotiyoq jazolanadi. Bu bilan Ezopyaxshilikka yomonlik qilish muqarrar jazo bilan yakunlanadi, deyish bilan birqatorda, insonlarni nafs balosidan ham asranishga, hamma narsaga bir paytningo‘zida erishaman deb, ochko‘zlik qilmaslikka da’vat etadi. Bunday tushunchaSharqda ham keng tarqalgan. Jumladan, bizning zaminimizdan yetishib chiqqanko‘plab allomalar, adib va shoirlarimizning asarlarida shunday g‘oya ilgarisuriladi. Masalan, Ahmad Yassaviyning “Hikmatlar” asarida nafsning yomonoqibatlarga olib kelishi haqida bir qancha fikrlari bor. Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur, Yo‘ldan ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur, Yotsa qovnsa shayton bila hamroh bo‘lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor. Shuning uchun ham insoniy fazilat yoki illatlaming millati, hududiy chegarasi yo‘q. Inson zoti yaralibdiki, yaxshilik, ezgulik bilan birga yomonlik, tubanlik yashab keladi. Har bir inson, avvalo yaxshilik nima-yu, yomonlik nima farqigaborishi, o‘z ongi, aql-u farosati bilan anglab olishi kerak.
Muhammadsharif Gulxaniy XVIII asr oxiri - XIX asming 20-yillarida
Qo‘qonda yashab ijod qilgan mashhur masalnavis adib va hassos shoirdir. “Shoir
haqida bizning zamonamizgacha yetib kelgan ma’lumotlar orasida eng ishonchlisi
Fazliy Namangoniy ma’lumotlaridir. U “Majmuayi shoiron”tazkirasida har bir
shoir haqida ma’lumot berar ekan, albatta, uning qayirdan ekanini alohida takidlab
o‘tadi. Tazkirada Gulxaniy haqida so‘z borganda uning tug‘ilgan joyi “Ko‘histon
mulki” deb ataydi va o‘zining bu fikrini asarning bir necha yerida qayta-qayta
takrorlaydi va quyidagi baytni keltiradi:
Ko‘histondin ermish latoyifshior,
Muqimi dari haziratishahri
Takallum qilur turkiyu forsiy,
Erur she’r maydoninig forsi.
Zi mulki Ko‘histon buvad Gulxaniy”.
U jo‘shqin fe’lligi va olovqalbligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini tanlagan.
Keyinchalik she’rlarida Jur’at taxallusini ham qo‘laganigi haqida ma’lumotlarkeltirilgan.
Bu jur’at ki avval edi gulxaniy,
Erur barcha haz’yon demaklik fani.
Muhammad Sharifning o‘ziga Gulxaniy taxallusini olish sababini shoir Fazliyo‘z tazkirasida quydagicha izohlagan edi:
Xusho Gulxani shoiri purfan ast,
Chi gulxan, ki zebotar az gulshan ast.
Zi devonxo‘iyu otashfani
Taxallus nihoda ba xud Gulxani.
Ma’nosi: Gulxaniy hammanarsani biluvchi shoirdir. U faqat gulxan emas,
balki gulshandan ham chiroyliroqdir. Devonafe’lligi, olovtabiatligi, iste’dodligi,
o‘tkir fikrliligi tufayli o‘ziga Gulxaniy taxallusini qo‘ygan.Bizgacha uning o‘zbek va tojik tillaridagi 12 g‘azali, Qo‘qon xoni AmirUmarxonga bag‘ishlangan 1 qasidasi va “Zarbulmasal” asari yetib kelgan.
Gulxaniyning hayoti, asosan, Qo‘qon va Namanganda kechgan. U tirikchilik
vajidan hammomda o‘t yoquvchi ham bo‘lgan, Qo‘qon xoni Amir Olimxon
navkarlari safida xizmat ham qilgan (1801—1810-yillar). Mustaqil mutolaa yo‘li
bilan mumtoz adabiyotni o‘qib o‘rgangan. Olimxon vafotidan keyin taxtga o‘tirgan
Amir Umarxon (shoir Amiriy) Gulxaniyni saroy shoirlari davrasiga jalb etgan. U
ko‘proq oddiy insonlarga manzur bo‘ladigan she’rlar, hajviy asarlar bitgan.
Gulxaniy ham o‘zbek, ham tojik tillarida bemalol qalam tebratgan.
“ZARBULMASAL”
Buyuk Karimiy ikkinchi jahon urushi va undan keyingi dastlabki yillarda
“Zarbulmasal”ning ikki qo‘lyozma va to‘rt litografik nusxalari asosida asarning
tanqidiy matnini tuzdi, lekin bu matn, ma’lum sabablarga ko‘ra, ommalashmay
qo‘lyozma holida qolib ketdi. 1970-yillarga kelib Andijondan asarning nisbatan
eskiroq, butunroq va ishonchliroq qo‘lyozma nusxasi topilib qolgan. Shu
munosabat bilan ushbu satrlar muallifida ham “Zarbulmasal”ning bor qo‘lyozma
va bosma nusxalarini jamlash, qiyoslash, agar manbalar izn bersa, ilmiy-tanqidiy
matnini yaratish niyati to‘g‘ildi. Bu asar yuzasidan so‘z yuritgan
bir qator olimlar “Zarbulmasal”ni, ko‘pincha, masallar to‘plami sifatida izohlab
kelishmoqda. Ammo shunisi hammaga aniq va ravshanki, o‘zbek klassik
adabiyotida “masal” va “Zarbulmasal” terminlari hozir biz tushunadigan ma’noda
ya’ni ”basnya” ma’nosida emas, balki boshqacharoq ma’noda qo‘llaniladi.
Ko‘rinib turibdiki, shoirlarimiz bu yerda “masal” terminini maqol, hikmatli
so‘z, xalq iboralari ma’nosida ishlatilmoqda. Muhammad Sharif Gulxaniy ham
“masal” terminini yuqoridagi ma’nolarda tushuntiradi”. “Zarbulmasal” asarini
yozishdan uning asosiy maqsadi oddiy xalq orasida mashhur bo‘lgan xalq
maqollari va hikmatli so‘zlarni bir kitobga to‘plashdan iborat edi.
Unda hayotning dolzarb muammolari turli odamlar o‘rtasidagi
munosabatlari, xalq turmush tarzi va udumlari haqida majoziy uslubda so‘z
yuritiladi. “Insonga xos xususiyatlar boshqa jonli va jonsiz narsalarga ko‘chirib
tasvirlangan asarlar majoziy asar deyiladi”.Gulxaniy ham qizim, senga aytaman
kelinim sen eshit qabilida qushlar misolida o‘z davri voqeligi manzaralarini
tasvirlaydi. Toj-u taxt talashlari, urushlar natijasida yurt vayron, xalq xarob
bo‘lgan. O‘sha davrda Buxoro va Qo‘qon xonliklari o‘zaro urishib yurganlari
uchun ham asarda Buxoro go‘yoki vayronalarga boy muzofot sifatida tasvirlanadi.

XULOSA
Xalq og‘zaki ijodining bir qismi bo‘lgan masal janri xalqimiz asrlardavomida yaratgan, o‘z iymon-e’tiqodidek asrab-avaylagan,ajdodlarimiz shu xalq og‘zaki ijodi asosida tarbiya topgan, o‘zligini anglagan,ma’naviy boylikka ega bo‘lgan.


Adabiy ta’limning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari ancha keng
doirani tashkil etadi. Ularning orasida eng muhimlari sifatida o‘quvchilarning
ma’naviy dunyosini shakllantirish, ulardagi badiiy-estetik didni hamda ijodiy
imkoniyatlarni tarbiyalashni ko‘rsatish mumkin. Bunda har qanday yuksak
darajadagi badiiy asar juda katta va boy materiallarni bera oladi. Masal
janri esa bu jihatdan ayricha ahamiyat kasb etadi. Folklor asarlari birinchinavbatda, xalq tafakkur tarzining, xususan, badiiy tafakkur tarzining mevalaridir.
Shunga ko‘ra, ulardagi xalqona dunyoqarashning so’z san’ati vositasida
ifodalangan go’zal durdonalari o‘quvchilarga xalq ma’naviyatining, milliy
qadriyatlarning takrorlanmas namunalari sifatida ko‘rinadi. Bularning barchasi
folklorning masal janrlarida mujassamlashadi. Ta’limning turlibosqichlarida o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va adabiy tayyorgarliklariga moshamda muvofiq tarzda xalq og‘zaki ijodiga mansub bo‘lgan turli janrdagi yuksakbadiiyat bilan yo‘g‘rilgan asarlar o‘rganiladi.Adabiyotshunoslikda, masal janrlarini o‘rganishning ilmiy-nazariyasoslari teran tahlil etilgan, ammo masal janrlarini o‘qitish jarayonidamana shu nazariy asosdan yetarlicha foydalanilmoqda, deb bo‘lmaydi.Darslik va qo‘llanmalardagi tahlillar asosan masal janrlarning
g‘oyaviy mazmunini yoritishga yo‘naltirilgan. Ayrim hollardagina asarlardagi
qahramonlarning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratiladi. Bu ham asosan, epik
asarlar tahlilidagina ko’zga tashlanadi. Bularning barchasi o‘quvchilarning og‘zaki
hamda yozma nutq malakalarining takomillashishiga omil bo‘ladi. Shu maqsadda
bo‘lajak til va adabiyot fanlari o‘qituvchilari mavjud ilmiy-nazariy hamda metodik
adabiyotlar bilan puxta tanishishlari, ularning mazmun va mohiyatlarini puxta
o‘zlashtirishlari lozim.Darslarda ko‘proq masal janrining tarbiyaviy tomonlariga e’tiborberiladi. Uning poetikasi, emotsional tomonlariga kamroq e’tibor berilayotganiseziladi. O‘quvchilarning o‘zlari bevosita masal janrlarining materiallarinito‘plash jarayonlariga jalb etilayotgan tajribalar mavjud.Masal janrini texnologiyalar bilan o‘qitish o‘quvchilarning badiiydidini shakllantiradi, uni yuqori bosqichga olib chiqadi, ulardagi adabiy-ijodiyko‘nikma va malakalarning shakllantirilishi hamda rivojlantirilishi uchun ham juda
qulay pedagogik asos vazifasini ado etadi.Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o’quv dasturlarida folklor asarlariningayrim namunalari tavsiya etilgan. Nazarimizda ular yagona tizim asosida tanlabolingan emas, zero, folklor asarlarini ta’lim bosqichlarida o’rganishning yagonailmiy konsepsiyasi ham ishlab chiqilganicha yo‘q. Folklor asarlari ham yagona,yaxlit tizimning alohida bo’g‘inlari sifatida o’rganilishi maqsadga muvofiq bo’laredi.Shunga qaramay, hozirgi mavjud holatning o’zidan unumliroq foydalanishyo’llarini izlash zamonamizning dolzarb muammolaridan biri bo’lib turibdi.Milliy istiqlоl shаrоfаti bilаn оnа tili tа’limini tаkоmillаshtirish dаvоmetmоqdа. Оnа tili tа’limidаn ko‘zlаngаn аsоsiy mаqsаd o‘quvchilаrni nutqiyfаоliyatgа tаyyorlаsh ekаn, so‘z bоyligini оshirish birinchi gаldаgi vаzifа sаnаlаdi.Shu mаqsаddа biz “Masal janrdagi asarlarni o‘qitishda pedagogictexnologiyalardan foydalanish” yo‘llarini ishlab chiqdik va dars o‘tishnamunalarini keltirdik. Ishimiz davomida quyidаgi to‘хtаmlаrgа kеldik:
1. Mаtn bаdiiyatini tаhlil etish аsоsidа o‘quvchilаrning mustаqil fikrlаsh
qоbiliyati o‘stirilаdi.
2. Dаrsni yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etisho‘quvchilаrning аdаbiyotgа bo‘lgan qiziqishini оrttirаdi.
3. Adabiyot darslarida ta’limning interfaol usullaridan foydalanisho‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
4. O‘quvchilar nutqini o‘stirishda masallar ustida ishlash yaxshi
vosita bo‘la oladi. Chunki bola tabiatga yaqin, uni yangi olamga olib kiradi. Masal
tinglab, bolalar fikran undagi hamma voqea va hodisalarni chuqur his etadilar,
ertak qahramonlari bilan harakat qiladilar. Ertaklar orqali bolalar o‘zbek xalqining
an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishadilar.
5. O‘quvchilаrga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darslar tashkil etilsa, o‘quvchilarning darsni o‘zlashtirishlari osonlashadi, fikrlashi kengayadi, dunyoqarashi shakllanadi, o‘z fikrini, his-tuyg‘usini оnа tilining imkоniyatlаri dоirаsidа ifоdаlаsh vаzifаlаrini bаjаrаоlаdigаn dаrаjаdаgi kеlаjаk kishisi bo‘lаоlаdi.
6. O‘quvchilar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta’sirchanligini
ta’minlashda хаlq оg‘zаki ijоdi ustida ishlash, shubhasiz, yaxshi natija beradi.
Ayni paytda, zamonaviy pedagogik texnologiya – tizimli yondashuvlar
asosida o‘qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va
obyektiv baholash uchun zarur bo‘lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning
o‘zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta’lim maqsadlarini oydinlashtirish, o‘qitish
va o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul, metod va vositalarni xilma xillash ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish–bular hammasi
ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Shunday bo‘lgach
pedagogik texnologiyalar ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p
izlanilsa va qanchalik tashabbuskorlik bo‘lsa – shunchalik kamdek tuyulaveradi.
O‘qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir.

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq / Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent : O‘zbekiston, 2016.

  2. Tanqidiy tahlil, qatʼiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. 2017 yil

  3. Sh. Mirziyoyev- “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik”- Toshkent- 2021.

  4. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 1999.

  5. I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Ma’naviyat-2008.

  6. M.N.Azizxo‘jayev “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi. Adolat-2006.

  7. O.Safarov “O‘zbek xalq og‘zaki ijodi” “Musiqa” nashriyoti, Toshkent-2010

  8. B.To‘xliyev “Adabiyot o‘qitish metodikasi” Toshkent-2010.

  9. M.Umarov, X.XAmroqulova, R Tojiboyeva “O‘qish kitobi” 3-sinf darslik.\

  10. Zunnunova “Maktabda adabiyot o‘qitish metodikasi Toshkent-2010.

  11. T.Niyozmetova “Adabiyot darslaridan mustaqil ishlar” O‘qituvchi-1984.

Internet saytlari:
1. www.tdpu.uz
2. www.pedagog.uz
4. www.ziyonet.uz


Download 46,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish