MAVZU:Masal,doston,topishmoq,tez aytish,maqol janrdagi asarlarni hamda ilmiy ommabop asarlarni o’qitish metodikasi.
REJA:
1.MASAL
2.DOSTON
3.TOPISHMOQ,TEZ AYTISH VA MAQOL JANRLARI
4. ILMIY-OMMABOP ASARLARNI O’QITISH METODIKASI
Masal - axloqiy, satirik va kesatiq mazmunini kinoyaviy obrazlarda aks ettirgan aksariyat kichik she’riy, ba’zan nasriy asardir. Inson xarakteriga xos xususiyatlar masalda majoziy obrazlar − hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Timsollarning kinoyaviy xarakterda bo’lishidan tashqari, kulgili savol-javob ham masal tili va uslubi uchun xarakterlidir. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan pirovardida qissadan hissa - ibratli xulosa chiqariladi.
Adabiyot nazariyasida masalga liro-epik janrlardan biri sifatida she’riy shakldagi, majoziy xarakterdagi qisqa syujetli asar deb ta’rif beriladi. Masallarda turli hayvonlar majoziy suratda asarning qahramonlari sifatida tasvirlanadi.
Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulьminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pьesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa, mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
«Antik adabiyotda Ezop masallari juda mashhur bo’lgan. O’z ma’nosidan ko’chirilgan (majoziy) so’z va kinoyaviy iboralar orqali qilinadigan “yashirincha” tanqidning tili va uslubi Ezopga nisbatan berilib, “Ezop tili” deyilgan va shu ta’bir joriy qilingan»6.
Ezop quldorlik jamiyati sharoitida hukmron doiralarning jirkanch kirdikorlarini ochiqdan-ochiq tanqid qilish ilojini topolmagach, o’zining satirik asarlarini kinoyaviy til va uslubda yozishga majbur bo’lgan. Feodal istibdodi sharoitlarida yashab ijod etgan mashhur rus masalchisi I. A. Krilov ham, atoqli o’zbek masalchisi Gulxaniy ham “ezop tili”da yozganlar. Frantsuz shoiri Lafontenning masallari ham mashhur. A. Navoiy dostonlarining bir qancha epizodlari, “SHer bilan Durroj”, “Kabutar” singari masallari yaxshi xislatlarni tarbiyalashda katta rolь o’ynaydi.
O’zbek adabiyotida Sayido Nasafiy, Maxmur, Gulxaniy kabi shoirlar ham Navoiy an’analarini davom ettirganlar, bolalarbop ko’pgina masallar yozganlar.
Hayvonlar, parrandalar, hasharotlar, gullar haqidagi majoziy asarlarni bolalar qiziqib o’qiydilar. Mana shu nuqtai nazardan Sayido Nasafiyning “Bahoriyot” (“Hayvonotnoma”) asari ahamiyatlidir. Nasafiyning masallari, axloqiy va tarbiyaviy masalalarga doir fikr hamda qarashlari bolalarning o’qish va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etishi bilan birga, ularning kitobxonlik doirasini ham kengaytiradi.
Mashhur masalnavis Gulxaniyning “Toshbaqa bilan CHayon”, “Maymun bilan Najjor” masallari boshlang’ich sinf o’quvchilarining yoshiga mos keladi. Ularda do’stlik, rostgo’ylik, qo’lidan kelmaydigan ishga urinmaslik kabi g’oyalar ilgari suriladi.
Ma’lumki, tarbiya ko’proq ta’lim jarayonida berib boriladi. Bolalarga maktabga kelgan kunidan boshlab, bilim olishga havas tuyg’usi shakllantiriladi. Ularda asta-sekin bilim olishga ehtiyoj paydo bo’ladi va bu orqali o’kuvchilar ma’naviy ozuqa ola boshlaydilar. Bu bilan bolada kelajakka intilish, orzu-havas, mehnatga chanqoqlik, xayru ehsonda sofdillik, ona-Vatanga mehr-muhabbat, fidoyilik, milliy g’urur, matonat, mehr-oqibat, do’stlik, ezgulik kabi yuksak hislar paydo bo’ladi.
Jumladan, masal janridagi asarlar ham boladagi qo’pollik, qo’rslik, yolg’onchilik, yalqovlik, beparvolik kabi illatlarni bartaraf etishda yordam beradi. Lekin amaldagi boshlang’ich sinf “O’qish kitobi” darsliklarida masal janriga kam o’rin berilgan. Vaholanki, bola tarbiyasida masalning o’rni beqiyosdir. Masaldagi qissadan hissa o’quvchi matndagi e’tibordan chetda qoldirgan, yuzaki o’qib o’tib ketgan, yaxshi anglashga harakat qilmagan o’rinni, bo’shliqni to’ldiradi. 3-sinf “O’qish kitobi”dan o’rin olgan “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov) masali oilasi, o’rtoqlari, do’stlaridan ajralib, yomon yo’llarga kirib qolgan, oqibatda ko’ngilsiz holatlarga tushib qolgan bolalarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Ushbu masaldagi asosiy xulosa masal oxirida berilgan qissadan hissada, ya’ni ota-bobolarimiz yaratib, bizga nasihat sifatida qoldirgan “Bo’linganni bo’ri yer” hikmatida o’z ifodasini topgan. Bu hozirgi kunda maqol tusini olgan. SHoir esa bundan juda ustalik bilan foydalangan.
“CHumoli va Tipratikan” masali esa nasriy turga mansub bo’lib, unda CHumoli timsoli orqali bolalar halollikka o’rgatiladi, har bir narsani, u katta yoki kichik bo’lishidan qat’iy nazar, so’rab olishga, egasining ruxsati bilan foydalanishga da’vat etiladi. Masalni o’qishda bolalar Tipratikan timsoliga tanqidiy nazar bilan yondashadilar, agar o’zining hayotida biron-bir shunday holat-voqea yuz bersa, uni boshqa takrorlamaslikka o’rganadilar.
Masalning, avvalo, ixchamliligi, tilining qisqa va lo’ndaligi, soddaligi, o’tkirligi va xalqchilligi bola hissiyotiga qattiq ta’sir qiladi. Bular o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim material hisoblanadi. Masal qahramonlarining xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari, nutqiy o’ziga xosliklari o’quvchining diqqatini o’ziga jalb qiladi.
3-sinf “O’qish kitobi”da “Qaysar buzoqcha” (O. Qo’chqorbekov), “CHumoli va Tipratikan”, “O’jar Toshbaqa” (H. Yoqubov), “CHayondan so’radilar” kabi masallar joy olgan. Bu masallarning qahramonlari ham hayvonlar: buzoqcha, chumoli, tipratikan, toshbaqa, chayon. Majoziy qahramonlarni tanlashda ham yozuvchi har bir hayvonning xususiyatidan kelib chiqadi. Masalan, buzoqchalar arqondan bo’shatib yuborilsa, shataloq otib, uzoq-uzoqlarga ketib qoladi. Qaysar buzoqcha ham to’dasidan ajralib, bo’riga duch keladi, ya’ni ko’ngilsiz voqea yuz beradi. Buzoqcha orqali onasidan uzoqlashib ketgan bolalar, vatanidan yiroqda turli kulfatlarga duch kelayotgan kishilar nazarda tutilgan.
Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh qahramon qiyofasini tahlil qilishga kirishiladi. 1-sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulguli asar kabi qabul qilsalar, 2-sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar.
Masallarda yashiringan o’tkir kinoya, voqealarning tez-tez o’rin almashinib turishi uni bir maromda o’qishga xalaqit beradi. SHuning uchun ifodali o’qishga yetarli malaka hosil qilmagan o’quvchi avval matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi lozim.
Masal tahlil qilinayotganda, voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. CHunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif berish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Qahramonlarga tavsif berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, muallif tilini yaxshi tushunish zarur.
4-sinf “O’qish kitobi”da berilgan “Baqa bilan Taqa” (Aziz Abdurazzoq) masalida baqa timsoli orqali yozuvchi o’ziga mos bo’lmagan, o’ziga to’g’ri kelmaydigan narsalarni orzu qilish va bu orzuni amalga oshirishda boshqalarning maslahati, nasihatiga quloq solmay, o’z aytganidan qaytmaydigan, o’jar kishilarni tanqid ostiga oladi. Baqa otlar kabi taqa bilan tovush chiqarib yurishni, yurganda yerni jaranglatib, odamlarga bu dunyoda o’zining borligini bildirib yashashni istaydi. U taqachining “Taqani o’ylama, uni otga chiqargan, senga taqa qoqsam, sakrashdan mahrum bo’lasan ... Sen taqa bilan yo’rg’alay olmaysan. Yo’rg’alashni ham otga chiqargan”, “Sen borligingni bildirib yurmoqchi bo’lsang, sayrab yuraver” deyishlariga quloq solmaydi. Bu o’jarlik uning boshiga kulfat keltiradi: suv tagiga cho’kib ketadi. Yonidagi baqalar bo’lmaganda halok bo’lishi ham tayin edi. Kech bo’lsa ham baqa xatosini anglab yetadi, taqachi oldida xijolat chekadi. Bu holatlar o’quvchini o’z hayotiga, xatti-harakatiga bir nazar tashlashga undaydi. Ular o’z tengqurlari kabi yashash kerakligini anglaydilar.
Doston, poema — liro-epik janr; shu janrdagi badiiy asar. Oʻzbek xalq, ogʻzaki ijodi va oʻzbek mumtoz adabiyotida keng tarqalgan. D.da muayyan voqea liro-epik tasvir vositalari yordamida hikoya qilinadi. Unda hayot, voqelik keng koʻlamda qamrab olinadi, bir yoki ikkita bosh qahramon ishtirok etadi, personajlar esa koʻp boʻladi. Syujeti sertarmoq, rang-barang . Xalq ogʻzaki ijodidagi D.lar nazm va nasrav., yozma adabiyotdagi D.lar nazmda boʻladi, bunda nasr voqealarni bogʻlovchi vazifasini oʻtaydi. Yozma adabiyotdagi D.larda lirizm kuchliroq, ayniqsa, hozirgi zamon D.larida lirik asos yanada salmoqliroqdir. Jahon mumtoz adabiyotidagi D.lar keng qamrovligi va hajmining kattaligi, koʻtarib chiqqan ijtimoiy, siyosiy, axloqiy muammolari, syujetining sertarmokligi va dramatizmining oʻtkirligi, personajlarining koʻpligi bilan ajraladi. Bunday asarlar markazida jamiyat va xalq takdiri turadi, jamiyat, xalq va qahramon yaxlit, bir butunlikda tasvirlanadi, ular oʻrtasida ziddiyat boʻlmaydi, balki shu xalq, shu qahramon bilan tashki dushmanlar oʻrtasidagi kurash, yaxshilik bilan yomonlik oʻrtasidagi ziddiyat tasvirlanadi. Ularda vatanparvarlik, qahramonlik, insonparvarlik, mehr-muhabbat, doʻstlik va sadoqat, mehnatsevarlik gʻoyalari ilgari suriladi. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo boʻldi. Ularda afsonaviy qahramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada" va "Odisseya", Dantening "Ilohiy komediya", Firdavsiyning "Shohnoma" asarlari D. janrining kad. namunalaridir. D.lar, oʻz mohiyatiga koʻra, qahramonlik ("Alpomish", "Farhod va Shirin"), sarguzasht-detektiv ("Sabbai sayyor"), ishqiy-romantik ("Tohir va Zuhra", "Layli va Majnun"), jangnoma ("Yusuf va Ahmad", "Saddi Iskandariy"), tarixiy-memuar ("Shayboniynoma", "Jizzax qoʻzgʻoloni"), falsafiy ("Hayrat ul-abror"), fantastik-allegorik ("Lison uttayr"), didaktik ("Qutadgʻu bilig") turga boʻlinadi. Qahramonlik D.larida xalq, jamiyat takdiri tasvirlansa, ishqiy-romantik D.larda oshiq-maʼshuklarning sarguzashti bosh oʻrinda turadi. Tarixiy-memuar yoxud tarixiy-biografik D.larda biror tarixiy shaxslar ramziylashtirilib, boʻrttirib tasvirlanadi. Umuman, D.larda ideallashtirish, mubolagʻali tasvir ustun boʻladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, hikoyatlar, dev, parilar, xizr, ajdar, ajabtovur otlar ("Alpomish"dagi Boychibor), sehr-jodu koʻp ishtirok etadi. Xalq D.lari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, doʻmbira va xalq cholgʻu asboblari joʻrligida ijro etiladi. Folklordagi D.lar bilan yozma adabiyotdagi D.lar shaklshamoyili jihatidan bir xil koʻrinishda boʻlsada, yozma adabiyotdagi D.lar yozuvchining dunyoni oʻziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va oʻz fikr-gʻoyalari, orzuarmonlarini ifodalash tarzi, usulida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar D.lari, jumladan, "Layli va Majnun", "Saddi Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan boʻlsada, shoir ularni oʻz estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chiqib tubdan qayta yaratgan.
Oʻzbek D.chiligi asrlar davomida oʻsib, kamol topib, shakli rang-baranglashib bordi. Oʻrxun-Yenisey yozuvida, Avestoyaa, "Devonu lugʻotit turk" dagi qadimgi D. parchalarida, turkiy xalqlar mulki boʻlmish "Kitobi dodam Qoʻrqut"da va ayniqsa "Alpomish", "Goʻroʻgʻli" turkum D.larida oʻzbek D.chiligining taraqqiyot yullari, davrlarini kurish mumkin. Navoiy "Hamsa"si oʻzbek D.chiligi tarixida yuksak choʻqqi boʻldi. "Hamsa"da, Gegel iborasi bilan aytganda, "dunyoning qahramonlik holati"ni tasvirlash kuchli, uning falsafiy-axloqiy mazmuni chuqur, unda shaxs barkamolligi, fozil in-son va adolatli jamiyat targʻib etiladi, yaxshilik va yomonlik ildizlari qidiriladi. 20-asrga kelganda, oʻzbek D.lari hajman toraydi, lirizm kuchaydi. Dunyoni, voqelikni va inson ru-hiy olamini, ruhiy kechinmalarini idrok etish va haqqoniy tasvirlash bosh fazilat boʻlib qoldi (Mirtemirning "Surat" dostoni). Hozirgi D.larga afsona, asotirlar ham faol kirib keldi. E. Vohidovnit "Ruxlar isyoni", A. Oripovning "Jannatga yoʻl" D.larida ana shu yangiliklar yaqqol kurinadi. Hozirgi zamon oʻzbek D.larida drama janri belgilari (konflikt, dialog), ayniqsa epik tasvir unsurlari faollashdi. (E. Vohidov, "Istanbul fojiasi", O. Matjon, "Paxlavon Mahmud" va boshqalar).
Bundan tashqari, shoirning his-tuygʻulari, taassurotlari, oʻymushohadalari, kechinmalaridan iborat boʻlgan lirik D.lar ham yaratilmoqda. 20-asr oʻzbek adabiyotida D.lar kamayishini roman janri rivoji bilan izohlash mumkin. Voqelikni afsona, asotirlar va ertaklar asosida bayon etib, bolalarga moʻljallangan yirik sheʼriy asarlar yozishda ham D. janridan foydalaniladi.
Topishmoq — xalq ogʻzaki poetik ijodining eng qad. va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. T.larda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari maʼlum darajada oʻz ifodasini topadi. T.da yechilishi mumkin boʻlgan soʻroq majoziy shaklda ifodalanib, uning maʼnosi yashirincha boʻladi. T.da narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga oʻxshatish, oʻzaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. T.lar baʼzan nasriy, koʻpincha sheʼriy shaklda, kompozitsion va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor boʻladi. Mac, "Bir parcha patir, olamga tatir" (Oy); "Oppoq dasturxon yer yuzini qoplagan (qor); "Past osmondan qor yogʻar" (elak). Ayrim T.lar maqol xususiyatiga ham ega boʻladi. Mac, "Hammaga toʻn tikaman, oʻzim yalangʻoch" (igna). T.da metafora, oʻxshatish, mubolagʻa, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, "Oʻzi bir qarich, soqoli qirq qarich" (igna), "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi), "Zilzil gilam, zil gilam, zildan ham ogʻir gilam" (yer) kabi. T. aytish, asosan, bolalarning soʻz boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. T.dan doston va ertaklarda keng foydalaniladi. "Oshiq Oydin", "Oshiq Alvand", "Xirmon Dali", "Yozi bilan Zebo", "Alpomish" va boshqa dostonlarda, "Podsho bilan donishmand chol" ertagida T. namunalari bor. T. bilan bogʻliq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi.
Xalq ogʻzaki ijodi turlaridan biri boʻlmish tez aytish ayrim nutq tovushlarining koʻp qaytarilishi yoki tovushlarning soʻz va iboralar tarkibida talaffuzni qiyinlashtiradigan darajada murakkab joylashishiga asoslanadi. Ayniqsa, bu iboralar tez aytilayotgan paytda, aytuvchi bu murakkab tovushlarni talaffuz qila olmasdan adashib ketishi tinglovchilarning beozor kulgusiga sabab boʻladi. Oʻzbek tilida bu iboralarning tez aytish deb nomlanishi ham shundan kelib chiqqan.
Tez aytish — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining bir turi. Tez aytishda yanglishib ketish mumkin boʻlgan qofiyadosh soʻzlardan tuzilgan jumlalar qoʻllanadi. Unda muayyan tovushlar, ayniqsa, jarangli undoshlar takrorlanadi va soʻzlar ritm, urgʻular bilan tez aytiladi. Mas., Besh mis barkash, besh mis barkashning ichida besh ming mis barkash. Tez aytishda har bir tovush oʻz oʻrnida toʻgʻri, ravon talaffuz etilishi shart. Tovushlar talaffuzida yanglishgan tomon (kishi) yengilgan hisoblanadi. Oʻtmishda katta yoshdagi odamlar ham oʻtirishlarda, toʻylarda tez aytishda musobaqalashib, madaniy hordiq olganlar. Keyinchalik, asosan, bolalar repertuariga aylangan. Tez aytishlar bolalarning fikrlash qobiliyatini, soʻz boyligini oshirishga va nutqining ravon boʻlishiga xizmat qiladi.
Lekin koʻpchilik turkiy tillarda tez aytishlar talaffuz qilinayotganda odamning yanglishib ketishi holatini koʻzda tutgan holda nomlangan, masalan qirgʻizchada жаңылтмач, qozoq va qoraqalpoq tillarida жаңылтпаш, turk tilida yanıltmaç, turkmanchada yangiltmach, ozarbayjonchada yangiltmach, va boshqa
Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodiyotida tez aytishlar qadim zamonlardan beri mavjud. Professor Hodi Zarif tuzgan «Oʻzbek folklori» xrestomatiyasida tez aytishga 12 ta misol keltirilgan.
2005-yil fransuz tilshunosi professor Rémy Dor oʻzbek va qoraqalpoq tez aytishlaridan namunalarni fransuz tiliga tarjima qilib izohlar bilan nashr ettirdi.
Maqol — xalq ogʻzaki ijodi janri; qisqa va loʻnda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal maʼnoli hikmatli ibora, chuqur mazmunli . Muayyan ritmik shaklga ega. maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuygʻulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poetik shaklga kelgan.
Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilmhunar, doʻstlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati, sevgi va muhabbat kabi mavzularda, shuningdek, salbiy hislatlar xususida rangbarang maqollar yaratilgan. Maqol uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, koʻp hollarda qofiyadoshlik, baʼzan koʻp maʼnolilik, majoziy maʼnolarga boylik kabi xususiyatlar harakterli. Maqollarda antiteza hodisasi koʻp uchraydi (mas, "Kattaga hurmatda boʻl, kichikka izzatda boʻl" va boshqalar).
Turkiy xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab maqol Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham oʻzbek xalqi orasida turli vari-antlarda ishlatiladi. Mas, maqol Koshgʻariy asarida "Kishi olasi ichtin, yilqi olasi tashtin"; "Odam olasi ichida, mol olasi tashida" kabi.
M. baʼzan maye al, zarbulmasal, naql, hikmat, hikmatli soʻz, tanbeh, mashoyixlar soʻzi, hikmatli maqol, donishmandlar soʻzi, otalar soʻzi kabi nomlar bilan ham yuritiladi. M.larning ijtimoiysiyosiy va tarbiyaviy ahami-yati gʻoyat katta. Matalyaa narsa tasviri, uning harakteristikasi beriladi, M.da esa toʻla tugallangan fikr-xulosa ifodalanadi.
Maqol bu oddiy qilib aytganda odamni yaxshilikka yetaklovchi , yaxshidan yomonni farqlashga yordam beruvchi misralar .
Ilmiy-ommabop asarlarni o’qitish metodikasi.
Masal, axloqiy mazmunni kinoyaviy obrazlar orqali aks ettiradigan badiiy asardir. U ko’proq she’riy tarzda yoziladi. Masalda inson xarakteriga xos xususiyatlar kinoyaviy obrazlar – hayvonlar, jonivorlar va o’simliklar dunyosiga ko’chiriladi. Ko’pincha masalning kirish qismida, ba’zan oxirida qissadan hissa, ya’ni ibratli xulosa chiqariladi. Bu o’quvchilarni axloqiy tomondan tarbiyalashga katta imkon beradi. Masalda fikrning qisqa, lo’nda, chiroyli va ifodali tasvirlanishi, tilining o’tkirligi va xalqchilligi o’quvchilar nutqi va tafakkurini o’stirishda muhim material hisoblanadi. Masal kichik hajmli, ammo boy mazmunli, tugun, kulminatsion nuqta va yechimi bo’lgan kichik pesani eslatadi. U biror voqea-hodisani qisqa va mazmunli tasvirlashda ajoyib namuna bo’la oladi.
Bolalarni masaldagi kinoyaviy mazmun emas, balki, birinchi navbatda, obrazlarning go’zalligi o’ziga jalb qiladi. Shuning uchun masal ustida ishlashni hayvonlar hayotidan yozilgan hikoya ustida ishlash kabi uyushtiriladi. Odatda, masal personajlari o’z xatti-harakatlari, fe’l-atvorlari bilan, nutqiy uslublari, odatlari bilan o’zlarini tavsiflaydilar, ba’zan u xarakteristikani masalning boshqa personaji to’ldiradi. Muallifning o’zi esa bir-ikki so’z bilan tavsifni mukammallashtiradi.
Boshlang’ich sinflarda masalni o’rganishda bolalarni masalni ifodali o’qishga va uning mazmunini qisqa, ba’zan bir necha so’z bilan aytib berishga (masalni to’liq qayta hikoya qildirish tavsiya etilmaydi), ayrim qatnashuvchilarning xarakterli xususiyatlarini aytib, o’zaro qiyoslashga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Masalning allegorik mazmuniga to’xtalmasdan, bosh personaj obrazini tahlil qilishga kirishiladi. 1- sinfda bolalar masalni hayvonlar haqidagi ertakka o’xshash kulgili hikoya kabi qabul qilsalar, 2- sinfdan boshlab ular masaldagi hayvonlarning xatti-harakati, o’zaro munosabatlari ba’zan kishilar hayotida ham uchrashini, masal axloqiy bilim beradigan hikoya ekanini, ko’proq she’riy tarzda bo’lishini, unda kishilardagi ayrim kamchiliklar tasvirlanishini bilib ola boshlaydilar. Masal tili ustida ishlaganda, o’quvchilar nutqini boyitish uchun unda ishlatilgan obrazli iboralar, badiiy vositalar o’quvchilarga mustaqil toptiriladi: o’quvchilar o’qituvchi bergan gap yoki iborani masaldagi ibora bilan almashtiradilar. Masalan, Shukur Sa’dullaning “Laqma it” masalining tili ustida ishlash jarayonida o’qituvchi “Qish kelib sovuq boshlandi. Bo’ron turdi” gaplarini beradi, o’quvchilar gaplarini topib aytadilar. Masal tahlil qilinayotganda voqea rivojini jonli tasavvur qilish, obrazlarni aniq idrok etishda o’quvchilarga yordam berish zarur. Chunonchi, ularga ayrim epizodlarni so’z bilan tasvirlash, ba’zilariga o’qituvchi yordamida tavsif tuzish, ishning oxirgi bosqichida rollarga bo’lib o’qish kabilarni tavsiya qilish maqsadga muvofiq. Personajga xarakteristika berishda uning xatti-harakati bilan birga, tilning o’ziga xos xususiyatlaridan ham foydalaniladi. Masalni ifodali o’qishga tayyorlanishda uning syujetini bilish bilan birga, avtor tilini yaxshi tushunish, xar bir personajning individual xarakterini hisobga olish zarur. Masalan, “Laqma it” masalini o’qiganda, laqma itning yalinib-yolvorishi, mushukning to’g’riso’zligi muomalasi orqali ifodalandi. Dialogli masallarni rollarga bo’lib o’qish, inssenirovka qilib, aytdirish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy – ommabop asarlar va uni o’rganish metodikasi
Ilmiy-ommabop maqolalarni o’qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o’rgatishdan iborat. Ilmiy prozada real muhit faktlarini kuzatish natijasining mantiqiy umumlashmalari va xulosalari xisoblangan aniq tushunchalar aks ettiriladi.
Tabiatshunoslikka oid (1- sinfda) va tarixiy mavzudagi maqolalarni o’qish bilan bog’liq holda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo’rtishi), o’quvchilarni yuz bergan o’zgarishlarni, zavodlar, elektr stansiyalarini qurilishi kabi buyuk tarixiy voqealarning guvohi va ishtirokchilari bo’lgan kishilar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq. 1-sinf dasturida o’qish bilan bog’liq holda kuzatish, ekskursiya, fan darslar mo’ljallanadi. Masalan, yil fasllari (kuz, qish, bahor, yoz) da mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o’zgarishi, o’simlik va hayvonlarning hayoti) ni, shuningdek, kishilarning mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog’, xiyobonlarga) ekskursiyalar o’tkazish ko’zda tutiladi.
Ekskursiyalar bilan bog’liq holda fan darslar o’tkazilib, o’quvchilarning o’zlari yiqqan, shuningdek, o’qituvchi olib kelgan daraxt kurtaklari, gullar, turli o’simlik va boshqalar o’rganiladi. Ekskursiyada ko’rganlaridan tashqari, tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi. Fan darslarida ko’rgazma sifatida o’quv kinofilmlaridan ham foydalanish mumkin. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog’lab o’qitish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, o’z hayotlarini yaxshilash uchun, ota-bobolarimiz dushmandan vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib etishga yordam beradi; bolalar mehnat hayotning asosi ekanini, kishilar hayoti mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar. Mavjud dasturga ko’ra, 2- sinf o’quvchilari “Toshkent metrosi” mavzusidagi maqolalarni, 4- sinfda esa “Asrga tatigulik kun” asarini o’qish orqali o’tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |