1. Ma’ruzada ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanish



Download 33,32 Kb.
bet1/3
Sana08.12.2022
Hajmi33,32 Kb.
#881225
  1   2   3
Bog'liq
1. Ma’ruzada ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foy


9-VARIANT

1.Ma’ruzada ko‘rgazmali qurollar va tarqatma materiallardan foydalanish.


2. Uzluksiz ta’lim tizimida mustaqil ta’limning tutgan o‘rni va roli.
3.Joriy, oraliq va yakuniy baholash mezonlarini ishlab chiqish va o‘tkazish metodikasi.
Iqtisodiy fanlar bo'yicha o'qiladigan ma’ruzada faktlar, real ma’lumotlarning o'z o'rni bor.Chunki, ular iqtisodiy jarayon, muammolarni mohiyatini ochishga yordam beradi. Lekin ulardan mahorat bilan foydalanishgina kutilgan natijani beradi. Buning uchun qonuniy bog'lanishlar, tendensiyalarni ko'rsata oladigan raqamlarni qo'llash kerak.
Raqamlar, ma’lumotlar o'rganilayotgan predmetning mazmu¬nini tasawur etish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Albatta, raqam- lardan o'z fikrini tasdiqlash uchun foydalanish mumkin. Lekin nazariy qoidalar iqtisodiy hodisa va jarayonlar mohiyatiga tushu- nishda ham muhim rol o'ynashini yoddan chiqarmaslik kerak. Har bir pedagog raqamlardan yuzaki, shunchaki foydalanishdan qochishi kerak. Iqtisodchilarning fikricha, dalillar, raqamlar qayta ishlashni talab etadigan ma’lum qurilish materiali, xolos.
Real ma’lumotlar, raqamlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
•hozirgi zamon xo'jalik hayotining o'ziga xos ayrim to- monlarini ko'rsatishi, ko‘z o'ngiga keltirishiga yordam berishi;
•sinchkovlik bilan ularni tanlab olish hodisani o'rganishga, uning o'ziga xos tomonlari, tutgan o‘rnini aniqlashga yordam beradi;
•ma’lumotlar, dalillarni tanlayotganda xilma-xil bo‘lishiga ahamiyat berish, shu bilan birga, tasodifiy faktlardan ehtiyot bo‘lish kerak.'Chunki ular u yoki bu hodisani mohiyatini ochib bera ol- maydi, aksincha, talabalarni chalg‘itishi mumkin. Shuning uchun:
•ma’ruzaga tayyorgarlik ko‘rganda yangiligi nuqtayi nazaridan eng so‘nggi raqamlarni keltirish kerak;
•tanlangan dalillar ishonchli, sinalgan bo'lishi, hech kimda ikkilanish uyg‘otmasligi;
•har qanday ma’ruzada faktlarga nazariy qoidalar mohiyatini ochishga xizmat qiladigan darajada o‘rin berilishiga e’tibor qilish kerak. Agar nazariya bilan faktlar o'rtasida optimal nisbat buzilsa, talaba faktlarni chalkashtira boshlaydi. Vaholanki, ma’ruzada asosiy maqsad nazariy konsepsiyalami talabalar ongiga yetkazishdir;
•ma’ruzada negativ faktlarni ham to'g'ri sharhlash, ularni qanday oqibatga olib kelishi, bartaraf qilish yo'llari haqida to'xtash kerak. Ma’ruzachining vazifasi negativ faktlarni e’lon qilish emas, balki ularni tahlil qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishdir.
Faktlar ma’ruzaga jonli mazmun, hayotiylik nafasini baxsli etadi, uning ahamiyati bu jihatdan bebahodir.
Induktiv metod ma’nizada xususiylikdan umumiylikka, de¬duktiv metod esa—umumiylikdan xususiylik tomon bayon qilishni ifodalaydi.
Induktiv metod dalillar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoi¬dalar, aniq faoliyat uchun amaliy xulosalar tarzida bayon qilinsa, deduktiv metod—nazariy xulosa, umumiy, xususiy, faoliyat uchun praktik xulosa tarzida bayon qilinadi.
Talabalarning iqtisodiy fanlarni o'rganishlarida, ilmiy dunyo- qarashni shakllantirishda ma’ruzaning roli beqiyosdir. Shu bilan birga, ma’ruzaning mazmunini talabalarga yetkazishda o'qituvchining rolini uning barcha metodlar, ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar va boshqalarni qo'llashdagi mohirligini hi¬sobga olmay, ma’ruzaning rolini ko'rsatib bo'lmaydi.
Birinchi kursdan boshlab, xususiylikdan umumiy mantiqiy xulosa chiqarish o'rganilar ekan, o'qituvchi shu tizimni buzmagani holda undan fanni chuqurroq o'zlashtirish uchun foydalanishi maqsadga muvofiq bo'Iadi.
Yana shuni ham hisobga olish zarurki, talabalarda xulosani shoshilinch umumlashtirishga harakat qilish holati uchrab turadi. Ayrim paytlarda talabalar o'ylab o'tirmay dangal, umumlashtirib bo'lmaydigan xususiy faktlarni ham umumlashtirishga harakat qi- lishadi. O'qituvchi ma’ruza o'qishga tayyorlanar ekan, bu tendensi- yani ham hisobga olishi zarur.
Ma’ruzada materialni qay tarzda bayon qilinishiga qarab dalil¬lar, xususiy, umumiy xulosa, nazariy qoidalar - aniq faoliyat uchun amaliy xulosalarga kelish tarzida berilishi mumkin. Induktiv me¬todda ma’ruza ko'pincha qiziqarli, ko'zga tashlanadigan fakt yoki misoldan, ayniqsa, shu kunning biron dolzarb masalasi bo'lgan, auditoriyaning diqqatini jalb qiladigan masaladan boshlanadi.
Induktiv metod talabalarni xususiy kuzatuvlardan ketma-ket umumiy xulosa chiqarishga o'rganish imkonini beradi. Ularni mustaqil fikrlashga o'rgatadi.
Deduktiv metodda esa ma’ruza umumiy nazariy masalalardan boshlanadi. Bu metod iqtisodiy fanlarning umumiy qonunlari, qoi- dalarini real hayotga tatbiq qilish, amaliyotda ko'rish va baholash, xo'jalik hayotida qo'llash, iqtisodiy hayot hodisalari, jarayonlarini, xo'jalik yuritish siyosatini chuqurroq tushunish imkonini beradi.
Tajriba shuni ko'rsatadiki, ma’ruza ham induktiv, ham deduk¬tiv metod asosida olib borilsa, maqsadga muvofiq bo'Iadi. Awal ishchi gipoteza, taklif shakiida auditoriyaga umumiy savol tashla- nadi, so'ngra talabalarni mulohazalari dalillari, faktlari tahlil ma’lumotlari shu savolga to'g'ri kelishi birgalikda muhokama qili- nadi, xulosalar chiqariladi.
Bu holda ma’ruza-asosiy g'oya, uni dalillar asosida tasdiqlash - xususiy savollarni izchillikda bayon qilish, deduktiv metodda mavzuning umumiy xarakteristikasini berish tarzida tuziladi.
Ma’ruzaning samarasini oshirishda ko'rgazmali qurollar (jad- val, sxema, diagramma, grafik kabilar)ning ahamiyati kattadir. Ko'rgazmali qurollar orqali axborotni qabul qilish, mavzuni chu¬qurroq tushunishga, o'quv materialini xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi. Lekin ko'rgazmali qurollarga haddan tashqari beri- lib ketish ham kerak emas, chunki, auditoriya bilan muloqot yo'qoladi va natijada ma’ruzaning samarasi pasayadi. Ammo tanlab olingan, tayyorlangan ko'rgazmali qurollar so'zsiz ma’ruza samarasini anchagina oshiradi.
Dars o‘tish uchun zarur jihozlar:

  • proektor, slaydlar, flomaster, kitob, gazeta - jurnallar.

Dars o‘tishda foydalaniladigan ko'rgazmali qurollar (slayd, vatman qog'ozga chizilgan bo'lishi yoki dars davomida doskaga chizish mumkin):

  • ehtiyojlar va resurslar tarkibining tasnifi berilgan sxema;

  • imkoniyat egri chizig'ini ifodalovchi grafik.

Tarqatiladigan materiallar:

  • ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig'i modeli tasvirlangan grafik asosida masalalar, darsda bajariladigan topshiriqlar;

  • qaror qabul qilish setkasi.


Download 33,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish