1-ma’ruza: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Reja



Download 190,52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.01.2022
Hajmi190,52 Kb.
#308202
Bog'liq
1-ma’ruza Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Reja



 

1-ma’ruza: Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. 

 

Reja

1. Zamonaviy dasturlash tillari, texnologiyalari.  



2. Dasturlash tillari va tizimlari, ularning ishlatilishi va tasnifi.  

3.Dasturlash tillarining asosiy tashkil etuvchilari 

 

Tayanch  iboralar:

 

kommunikatsiya,  dasturiy  ta’minot,  tashxis,  teskari  aloqa, 

loyihalash,  foydalanuvchi  interfeysi,  foydalanuvchi,  aniqlik,  Stereotip,  buyurtmachi, 

dasturchi, samaradorlik. 

Har bir o‘qitish jarayoni kabi, dasturlashni o‘qitish tovuq va tuxum dilemmasiga borib 

taqaladi. Biz ishni tezroq boshlashni istaymiz, ammo bir vaqtning o‘zida nima uchun aynan shu 

mavzularni tanlaganimizni tushuntirib berishni hoxlaymiz. Biz vaqt yo‘qotishni istamaymiz, 

shu bilan birga sizni shoshiltirishni ham hohlamaymiz. 

Ushbu  mavzu,  biz  dasturlashda  muhim  va  qiziqarli  deb  hisoblaydigan,  bizning 

qarashlarimizni  ifodalaydi.  Unda  biz  bir  necha  o‘n  yillar  davomida  shug‘ullanayotgan 

ishimizning sabablari keltirilgan. Mavzu sizga bizning asosiy maqsadlarimizni va dasturchilar 

qanday bo‘lishi haqidagi tushunchani beradi. Ushbu mavzuda ayrim savollarga javob topishga 

xarakat qilamiz. Nima uchun dasturlash diqqatga sazovor mashg‘ulot hisoblanadi? Bizning 

sivilizasiyamizda dasturlash qanday ahamiyatga ega? Dasturchilar kelgusida mag‘rurlanishi 

mumkin  bo‘lgan  sohalar?  Dasturiy  ta’minotlarni  ishlab  chiqish,  qo‘llash  sohasida  qanday 

masalalar ustida bosh qotirilmagan? Dasturlash axborot texnolgiyalari, dasturiy  ta’minotni 

ishlab chiqishda, kompyuter ilmlari sohasida qanday o‘ringa ega? Dasturchilar nimalar 

bilan shug‘ullanadi? Ular qanday mahoratga ega bo‘lmoqlari lozim? 

Tinglovchilar  uchun  biror-bir  g‘oya,  uslub  yoki  darslikning  ba’zi  boblarini 

o‘rganishining asosiy sabablaridan biri imtihondan yaxshi baho olish bo‘lishi mumkin, ammo 

buning  uchun  yuqori  maqsad  ham  bo‘lishi  mumkin.  Dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqarish 

sohasida  ishlayotgan  shaxslar  uchun biror-bir g‘oya, uslub  yoki darslikning ba’zi boblarini 

o‘rganishining  asosiy  sabablaridan  biri  sifatida  oylik  oshirishi,  lavozimni  ko‘tarish 

imkoniyatiga  ega  bo‘lgan  boshliqning  quvvatlashi  bo‘lishi  mumkin,  ammo  buning  uchun 

bundan  ham  yuqoriroq  maqsadlar  ham  bo‘lishi  mumkin  Agar  bizning  ishimiz  olamni 

yaxshiroq  qilsa,  boshqa  insonlarga  yordam  bersa,  biz  yaxshiroq  ishlaymiz.  Biz  yillar 

davomida  yechayotgan  masalalarimiz  uchun  (professional  martabasi  shulardan  tashkil 

topadi) g‘oyalar va oliy maqsadlar hayotiy muhim hisoblanadi. 

Sivilizasiyamiz  hayotiy  faoliyati  dasturiy  ta’minot  bilan  bog‘liqdir.  Dasturiy 

ta’minotni yaxshilash va uning tadbiqi uchun yangi sohalarni axtarib topish ko‘p insonlarning 

hayotining yaxshilanishiga olib keladi. Bunda dasturlash muhim ahamiyatga ega. 

Kompyuterlar  insonlar  uchun  va  ular  tomonidan  yaratilgan.  Kompyuter  universal 

qurilma bo‘lib, undan keng ko‘lamdagi masalalarni yechish uchun foydalanish mumkin. A 

yn an shuning uchun ham dasturlar foyda keltiradi. 

Nomdor kompyuter ilovalari haqida o‘ylab ko‘ring. Kompyuter qurilmalari, tizimlari 

dasturiy  ta’minot  fragmentini  ishlab  chiqishni  o‘nlab,  yuzlab,  xattoki  minglab  insonlar 

ishtirokisiz  tasavvur  qilib  bo‘lmaydi.  Bunda  dasturchilar,  loyihachilar,  testlovchilar, 

animatorlar,  psixologlar,  ma’murlar,  loyiha  menedjerlari,  foydalanuvchi  interfeysini 

yaratuvchilar,  uskuna  ta’minoti  interfeysini  yaratuvchilar,  sifat  bo‘yicha  injenerlar,  texnik 

topshiriqlarni  ishlab  chiquvchi  mutaxassislar,  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqish  bo‘yicha 

menedjerlar,  dasturlar  kutubxonasini  tashkil  qiluvchi  mutaxassislar,  xavfsizlik  xizmati  

xodimlari kabilar qatnashadi. 



Bunda yagona murakkablik shundan tashkil topgan-ki, yaxshi dasturiy ta’minot ishlab 

chiqarilishiga ta’sir etuchi barcha insonlar turli ta’limga egaligi, ularning turli qiziqishlari va 

odatlari mavjudligini e’tiborga olish lozim. Ushbu insonlarga bizning hayotimiz sifati, ayrim 

hollarda xatto hayotimiz ham bog‘liq. Hyech bir inson yuqorida keltirilgan barcha vazifalarni 

bajara olmaydi. 

Biz hamma vaqt dasturchilar va dasturlash haqida so‘z yurityapmiz, ammo dasturlash 

umumiy  tasvirning  bir  qismidir.  Kema  yoki  mobil  telefonni  ishlab  chiqaruvchi  shaxslar 

o‘zlarini dasturchi deb hisoblanmaydi. Bundan tashqari, dasturlash dasturiy ta’minot ishlab 

chiqishning  muhim  qismi  bo‘lsa  ham,  dasturiy  ta’minot  ishlab  chiqish—bu  faqtgina 

dasturlash emas.. 

Shunday qilib, dasturlash biz uchun nega kerak? Balki, mohir dasturchi bo‘lmagan 

holda,  siz  uni  o‘zingizning  tadqiqotlaringizda  asosiy  uskuna  sifatida  qo‘llarsiz. Balki, siz 

dasturlashni  kasb  qilib  olgan  holda,  o‘z  ishingizning  bir  qismiga  aylantirishingiz  mumkin 

bo‘lar. Xattoki, siz dasturlashni kasb qilib olgan holingizda ham, dasturlashdan boshqa ilmga 

ega bo‘lasiz. 

Dasturlash  —  o‘z  g‘oyalarini  dastur  ko‘rinishida  ifodalash  usulidir.  Bu  masalalar 

yechishga  yordam  beradi.  Agar  sizning  g‘oyalaringiz  bo‘lmasa,  yechilishi  lozim  bo‘lgan 

masalalar bo‘lmasa, dasturlash vaqtni bekor o‘tkazish demakdir. 

Dasturlash, xattoki  keng  miqiyosda,  kattorq ilmiy  fanning  qismi  xisoblanadi.  Biz  uni 

dasturiy  ta’minot  bilan  bog‘liq  axborot  texnologiyalari,  kompyuter  texnikasi, 

kompyuterlashtirilgan fanlar yoki boshqa ilmiy fanning bir qismi sifatida ko‘rishimiz mumkin. 

Dasturlash informatikada, texnikada, fizikada, biologiyada, medisinada, tarixda, adabiyotda 

va boshqa akademik sohalarda qo‘llanadigan qo‘shimcha texnologiyadir. 

Dasturlash  —  amalda  qo‘llash,  tajriba  asosida  tahrirlash,  tekshirish  imkoniyatini 

yaratuvchi amaliy va fundamental masalalar yechilishini ifodalovchi asosiy uskunadir.   

Dasturlash  —  g‘oyalar  va  nazariya  voqyelik  bilan  to‘qnashuvchi  fandir;  unda 

kompyuterlashtirilgan fanlar nazariy bo‘lmasdan eksperimental fanga aylanadi va olamga ta’sir 

etishni  boshlaydi.  Bunda  qayd  etish  lozimki,  dasturlash  —  amaliy  va  nazariy  uslublarni 

amalga oshiruvchi vositalardir. 

  

C++  dasturlash  tili  C  tiliga  asoslangan.  C  esa  o'z  navbatida  B  va  BCPL  tillaridan  kelib 



chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish 

uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson  

o'zining  B  tilida  BCPL  ning  ko'p  hossalarini  kiritgan  va  B  da  UNIX  operatsion  sistemasining 

birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum 

bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer  

egallagan.  O'zgaruvchini  qanday  sifatda  ishlatish  esa,  yani  butun  sonmi,  kasrli  sonmi  yoki 

harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan.  

   


 C  tilini  Dennis  Ritchie  B  dan  keltirib  chiqardi  va  uni  1972  yili  ilk  bor  Bell 

Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining 

juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir 

qator  boshqa  yangiliklarni  kiritdi.  Boshlanishda  C  asosan  UNIX  sistemalarida  keng  tarqaldi. 

Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga 

bog'langan  tildir.  Lekin  yahshi  rejalashtirish  orqali  dasturlarni  turli  kompyuter  platformalarida 

ishlaydigan qilsa bo'ladi. 

  

1983 yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning 



uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. Va 1989 

yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda 

ANSI  va  Dunyo  Standartlar  Tashkiloti  (ISO)  hamkorlikda  C  ning  ANSI/ISO  9899:1990 

standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki 

umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi. 



   

C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ 

juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon 

beradi. 


  Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun 

ob'ektli  dasturlash  g'oyasi  ilgari  surildi.  Huddi  70-chi  yillar  boshida  strukturali  dasturlash  kabi, 

programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida 

inqilob qildi. 

   

C++  dan  tashqari  boshqa  ko'p  ob'ektli  dasturlshga  yo'naltirilgan  tillar  paydo  bo'ldi. 



Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida 

(PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. 

C++  esa  gibrid  tildir.  Unda  C  ga  o'hshab  strukturali  dasturlash  yoki  yangicha,  ob'ektlar  bilan 

dasturlash  mumkin.  Yangicha  deyishimiz  ham  nisbiydir.  Ob'ektli  dasturlash  falsafasi  paydo 

bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti. 

 C++  funksiya  va  ob'ektlarning  juda  boy  kutubhonasiga  ega.  Yani  C++  da  dasturlashni 

o'rganish  ikki  qismga  bo'linadi.  Birinchisi  bu  C++  ni  o'zini  o'rganish,  ikkinchisi  esa  C++  ning 

standart kutubhonasidagi tayyor ob'ekt/funksiyalarni qo'llashni o'rganishdir. 

 

Nazorat savollari 

1.

 



Dasturiy ta’minot nima? 

2.

 



Dasturiy ta’minotning muhimligi nimada? 

3.

 



Dasturiy ta’minotning zaruriyligi nimada ko‘rinadi? 

4.

 



Dasturiy ta’minot noto‘g‘ri ishlasa, qanday xodisa ro‘y beradi? Misollar keltiring. 

5.

 



Dasturiy ta’minot qanday sohalarda muhim ahamiyatga ega? Misollar keltiring. 

Download 190,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish