Sintetik schyotlar deb xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risidagi umumlashgan ma’lumotlarni faqat pul o‘lchovida hisobga oladigan schyotlarga aytiladi.
Analitik schotlar deb xo‘jalik mablag‘lari va mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari to‘g‘risida to‘la tavsif beradigan va ularni pul, natura va mehnat o‘lchovida hisobga oladigan schotlarga aytiladi.
Shunga ko‘ra buxgalteriya hisobida ikki xil, ya’ni sintetik va analitik schotlar qo‘llaniladi.
Analitik schotlar va ularga tegishli sintetik schotlar orasida doimo o‘zaro uzviy bog‘liqlik mavjuddir. Chunki sintetik schotlarga yozilgan barcha qoldiq va xo‘jalik muomalalari shu sintetik schotlarga tegishli analitik schotlarga ham yoziladi.
5-ma’ruza: BUXGALTERIYA HISOBI SCHYOTLARINING TURKUMLANISHI VA SCHYOTLAR REJASI
Reja:
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi va tuzilishi
2. Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi
Tayanch iboralar:
Buxgalteriya hisobi schyoti, schyotlar rejasi, debet, kredit, aktiv schyot, passiv schyot, kontr-aktiv schyot, kontr-passiv schyot, tranzit schyot, analitik schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya provodkasi.
1. Buxgalteriya hisobi schyotlarining turkumlanishi va tuzilishi
Schyotlardan to’g’ri foydalanish uchun - u yoki bu schyot yordamida qanday ko’rsatkichlarni olish mumkinligi va unda qanday obyektlar hisobga olinishi zarurligini bilish maqsadida ular tasniflanadi.
Bunday schyotlarni turkumlash ikki belgi asosida tuziladi: qanday maqsadga tayinlanishi va tuzilishi hamda iqtisodiy mazmuniga qarab.
Schyotlarning qanday maqsadlarga tayinlanishi va tuzilishi bo’yicha turkumlanishi, u yoki bu schyotlar, nima uchun, qanday ko’rsatkichlarni olish uchun mo’ljallangan hamda ularning tuzilishi qanday, ya’ni ularning debeti, kreditining mazmuni qanday, ulardagi sal’do qanday xususiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Ular buxgalteriya hisobida qo’llaniladigan schyotlarning xususiyatlarini o’rganish uchun xizmat qiladi va ularning ayrim turlari qanday xususiyatlarga ega ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Schyotlarni iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlanishi schyotlarda nima hisobga olinadi, ya’ni unda qanday aniq iqtisodiy obyekt aks ettirilishini ko’rsatadi hamda mazkur obyektga qar tomonlama tavsif berish uchun qanday schyotlardan foydalanish kerakligini aniqlab olish imkonini beradi. Iqtisodiy turkumlash mazkur korxonalarda, uning xususiyatlarini hisobga olgan holda, foydalanishi kerak bo’lgan schyotlar ro’yxatini belgilab olish uchun mo’ljallangan.
Har ikkala turkumlash qam chambarchas bog’langan o’zaro bir-birovlarini to’ldiradi. Schyotlarning xususiyatlarini bilish va ulardan amaliyotda to’g’ri foydalanish uchun ularning qanday maqsadga tayinlanganligi, tuzilishi va iqtisodiy mazmunini o’rganish kerak. Schyotlarning turkumlannshi mavjud ma’lumotlardan xo’jalik faoliyatini boshqarishda zarur bo’lgan ko’rsatkichlarning xususiyatlarini (tarkibiy tuzilishi, turkumlanishi) va unda hisobga olinadigan obyektlarning iqtisodiy mazmunini (iqtisodiy turkumlanishi) aniqlab olingandan keyingina ulardan boshqaruv ishlarida to’g’ri foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |