1-ma’ruza: xo‘jalik hisobining mohiyati, boshqaruv tizimidagi ahamiyati va buxgalteriya hisobining umumiy tavsifi reja



Download 0,83 Mb.
bet12/63
Sana23.03.2022
Hajmi0,83 Mb.
#506807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi bo\'yicha ma\'ruza materiallari

IV–tip o’zgarish. – Aktiv; - Passiv. Bunda xo’jalik operatsiyasi ta’sirida balansning aktiv tomoni bir moddasi summasi kamayadi va passiv tomon bir moddasini summasi xam kamayadi. Bunda balansning aktiv va passiv tomonlari umumiy summasi xo’jalik operatsiyasi summasiga kamayadi.


BALANS (boshlang’ich, qisqartirilgan)

Aktiv

Passiv

Balans moddalari

Summa

Balans moddalari

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Xom ashyo va materiallar

100000

Taqsimlanmagan foyda

30000

Kassa

100

Bank kreditlari

20000

Hisob-kitob schyoti

49900

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

BALANS
(I–tip o’zgarish)

Aktiv

Passiv

Balans moddalari

Summa

Balans moddalari

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Xom ashyo va materiallar

100000

Taqsimlanmagan foyda

30000

Kassa

1500

Bank kreditlari

20000

Hisob-kitob schyoti

48500

Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

BALANS
(II–tip o’zgarish)

Aktiv

Passiv

Balans moddalari

Summa

Balans moddalari

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Xom ashyo va materiallar

100000

Zahira kapitali

10000

Kassa

1500

Taqsimlanmagan foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

48500

Bank kreditlari

20000







Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

50000

JAMI

500000

JAMI

500000

BALANS
(III–tip o’zgarish)

Aktiv

Passiv

Balans moddalari

Summa

Balans moddalari

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Xom ashyo va materiallar

125000

Zahira kapitali

10000

Kassa

1500

Taqsimlanmagan foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

48500

Bank kreditlari

20000







Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

525000

JAMI

525000



BALANS
(IV–tip o’zgarish)

Aktiv

Passiv

Balans moddalari

Summa

Balans moddalari

Summa

Asosiy vositalar

350000

Ustav kapitali

400000

Xom ashyo va materiallar

125000

Zahira kapitali

10000

Kassa

1500

Taqsimlanmagan foyda

20000

Hisob-kitob schyoti

28500

Bank kreditlari

---







Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisoblashishlar

75000

JAMI

505000

JAMI

505000

Balansli o’zgarishlar turlarining mohiyatini aniqlash balans xususiyatlarini, ya’ni har qanday operatsiya uning, albatta, ikki moddasiga ta’sir etishini va hyech qachon aktiv bilan passiv o’rtasidagi tenglikni buzmasligini tushunib olish uchun zarurdir.


3.Buxgalteriya balansi – korxonalarning moliyaviy ahvolini o‘rganish uchun axborot manbai ekanligi
Buxgalteriya balansi axborotlarga boy manba bo‘lib, ularga asoslanib xo‘jalik yurituvchi subyekt moliya-xo‘jalik faoliyati hamda uning natijalari baholanadi. Aynan mana shunday muhim ahamiyatga ega bo‘lganligi bois buxgalteriya balansi buxgalteriya hisoboti shakllari ichida birinchi o‘rinda turadi. Undagi axborotlarning mazmunini bilish uchun nafaqat buxgalteriyabalansi tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish, balki ayrim ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mantiqiy va o‘ziga xos bog‘liqliklarni ham bilish zarur. Buxgalteriya balansining mazmunini bilishda uni o‘qish ketma-ketligi ham muhim ahamiyatga ega, shuningdek, faqat buxgalteriya balansiga xos bo‘lgan ayrim cheklashlarni albatta bilish zarur.
Buxgalteriya balansining aktiviva passivining tuzilishi hamda mazmuni undagi axborotdanfoydalanuvchilar, eng avvalo, tashqi foydalanuvchilarga qaratilgan. Debitor va kreditor qarzlarning holatini ochib beruvchi, korxonaning joriy xarajatlari yoki foydasi hisobidan tashkil etilgan xususiy kapital va ayrim turdagi rezervlar shakllanishini ochib beruvchi moddalar batafsillik darajasining yuqoriligi shundan kelib chiqadi.
Balansga xos ichki o‘zaro bog‘liqliklar axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojining qondirilish darajasiga bog‘liq bo‘lmaydi va quyidagilardan iborat:
1. Aktivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisi passivdagi barcha bo‘limlar summalari yig‘indisiga teng bo‘lib, bu balansning mohiyati bilan izohlanadi.
2. Xususiy kapitalning hajmi (passivdagi birinchi bo‘lim) uzoq muddatli aktivlar (aktivdagi birinchi bo‘lim) hajmidan ko‘p bo‘ladi. Bunday xulosa isbot talab qilmaydi.Chunki, xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati joriy aktivlarsiz mumkinemas deb qabul qilingan. Shuning uchunxususiy kapitalning tarkibi uzoqmuddatli va joriy aktivlar shakllanishini doimo nazarda tutadi. Milliy iqtisodiyotdagi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlari aktivdagi mulklar nisbatiga har xil ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu uslub bo‘yicha hisoblangan tafovut o‘z aylanma mablag‘larining mavjudligini ko‘rsatadi. Bumablag‘lar va zaxiralar hamda xarajatlarni shakllantiradigan uzoq muddatli qarz manbalarining summasi kapital va rezervlarning jamini bildiradi (passivning birinchi bo‘limi), hamda uzoq muddatli kreditlar va qarz mablag‘lar (passivning ikkinchi bo‘limi) uzoq muddatli aktivlarni (aktivning birinchi bo‘limi) chegirib tashlagan holda.
Shunday qilib, zaxiralar va xarajatlarni shakllantiruvchi asosiy manbalarning umumiy miqdori qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasi qo‘shilgan holdagi oldingi ko‘rsatkich miqdoriga teng.
3. Uzoq muddatli aktivlar (balans aktivining birinchi bo‘limi) asosan o‘z mablag‘lari hisobidan shakllanishini e’tiborga olib, ularning miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt normal faoliyat ko‘rsatgan sharoitda, majburiyatlar (balans passivining ikkinchi bo‘limi) summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin.
4. Balansda barcha aktivlar va passivlar judabatafsil beriladi. Bu uning aktivi va passivi bo‘yicha ayrim moddalari, natijada, ayrim mulklarni qoplash manbalari o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatishga imkon beradi. Masalan, uzoq muddatli va qisqa muddatli quyilmalarni qoplash manbalari bo‘lib, maxsus mo‘ljallangan har xil fondlarva rezyerv kapitali hisoblanadi.
Ko‘rinib turibdiki, buxgalteriya balansining eng umumiy sharhi, uning ma’lum cheklashlarida (statiklik, baholash tamoyilining realligi va h.k.), undan foydalanuvchilarga, eng avvalo, mulkdorlarning moliyaviy barqarorligi to‘g‘risida zarur axborotlarni taqdim etadi.
4-ma’ruza: BUXGALTERIYA HISOBINING SCHYOTLARI VA ULARDA XO‘JALIK MUOMALALARINI IKKIYOQLAMA AKS ETTIRISH


Reja:
1. Buxgalteriya hisobining schyotlari va ularning tuzilishi
2. Ikkiyoqlama yozuv va uning mohiyati.
3. Sintetik va analitik schyotlar haqida tushuncha.


Tayanch iboralar:
Buxgalteriya hisobi schyoti, debet, kredit, aktiv schyot, passiv schyot, kontr-aktiv schyot, kontr-passiv schyot, tranzit schyot, schyotlar korrespondensiyasi, sal’do (qoldiq), boshlang‘ich sal’do, oxirgi sal’do, oborot, sintetik schyotlar, analitik schyotlar, ikkiyoqlama yozuv, buxgalteriya provodkasi.


1. Buxgalteriya hisobining schyotlari va ularning tuzilishi
Ma’lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati,har bir korxona bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. Shuningdek, faqat natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini, ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan foydalaniladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish