- harakatni va manevr ishlarini uyushtirish;
- harakatni va manevr ishlarini uyushtirish;
- xavfli yuk ortilgan vagonlardagi nosozliklarni bartaraf etish;
- alohida xavfsizlik toifalariga ega bo‘lgan xavfli yuklarni tashishning maxsus shart-sharoitlari;
- temir yo‘l izlarini va strelkali o‘tkazgichlarni, hamda sanoat temir yo‘l transporti SSB qurilmalarini saqlash;
- xavfli yuklarni tashishning idoralar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratini tashkillashtirish;
- xavfsizlik choralari va temir yo‘l transporti yordamida tashishda xavfli yuklar bilan yuz beradigan avariyaviy vaziyatlarni bartaraf etish;
- xavfli yuklarni tashish ishtirokchilarining mas'uliyati, shuningdek temir yo‘l transportida xavfli yuklarni tashish uchun vagonlar va konteynerlarni tayyorlash, ta'mirlash bilan band bo‘lgan rahbar xodimlar, mutaxassislar, tegishli xizmatchilarga qo‘yiladigan talablar.
1.2 Atamalar va ta'riflar
Avariya kartochkachi (av. kart.) - temir yo‘l transporti bo‘yicha kengash yigirma ikkinchi yig‘ilishining qarori bilan amalga kiritilgan – belgilangan shakldagi, temir yo‘l transporti tegishli ishchi-xizmatchilari va xavfli yuklarni magistral temir yo‘l transporti orqali tashishda ular bilan ro‘y bergan avariyaviy vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus bo‘linmalarning birlamchi tezkor harakatlarini tartibga soladigan hujjat.
Avariyaviy vaziyat – yuklarni normal tashish sharoitlaridan farq qiladigan, xavfli yukning o‘t olishi, oqib ketishi, to‘kilishi bilan bog‘liq bo‘lib, portlashga, yong‘inga, zaharlanishga, nurlanishga, kasalliklarga, kuyishlarga, sovuq olishiga,
odamlar va jonivorlar halok bo‘lishiga, tabiiy muhit uchun xavfli oqibatlarga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yuk solingan idish yoki harakatlanuvchi tarkibning shikastlanishi; shuningdek xavfli yuk ortilgan vagonlar, konteynerlar yoki yuk o‘rinlari temir yo‘ldagi avariya hududiga tushib qolgan shart-sharoitlar.
odamlar va jonivorlar halok bo‘lishiga, tabiiy muhit uchun xavfli oqibatlarga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli yuk solingan idish yoki harakatlanuvchi tarkibning shikastlanishi; shuningdek xavfli yuk ortilgan vagonlar, konteynerlar yoki yuk o‘rinlari temir yo‘ldagi avariya hududiga tushib qolgan shart-sharoitlar.
Avariya-tiklash ishlari – temir yo‘l transportining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan, avariyaviy vaziyatning transport jarayoni uchun ta'siri, oqibatlarini uzil-kesil bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui.
Xavfsiz joy - peregonda – aholi punkti, tonnellar, ko‘priklar, viaduklar va boshqa inshootlardan tashqaridagi joy; stansiyada – asosiy yo‘l, binolar, inshootlar, odamlar va xavfli yuklar band etgan vagonlardan eng uzoqda joylashgan joy.
Tashqi nurlanish - tananing uning tashqarisida joylashgan radioaktiv moddalardan nurlanishi.
Ichki nurlanish – tananing uning ichidagi radioaktiv moddalardan nurlanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |