Tayanch iboralar: Ta‟lim-tarbiya, oliy ta‟lim, modernizatsiya, standart, sifat,
konsepsiya, ta‟lim konsepsiyasi, insonparvarlik pedagogika, tamoyil, qoida,
yaxlitlik, tabaqalashtirilgan yondashuv, insonparvarlik, muhitli yondashuv,
faoliyatli yondashuv.
Har bir xalq, har bir millatning ertangi kuni bugun voyaga yetayotgan avlod
taqdiri bilan uzviy bog„liqdir. Shu nuqtai nazardan aytganda, mamlakatimizda
o„tgan davr mobaynida ta‟lim tizimini rivojlantirishga davlat siyosati darajasida
e‟tibor qaratilib, o„g„il- qizlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda bilim
olishini, jismoniy va ma‟naviy jihatdan yetuk insonlar bo„lib ulg„ayishini
ta‟minlash, qobiliyat hamda iqtidorini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish
borasida keng ko„lamli ishlar amalga oshirildi.
Eng avvalo, Konstitutsiyamizda fuqarolarimizning sifatli ta‟lim olishiga oid
huquqlari mustahkamlab qo„yildi. Ana shundan kelib chiqib, o„tgan yillar
davomida ta‟lim tizimini isloh qilishga qaratilgan bir qator huquqiy hujjatlar qabul
qilindi. “Ta‟lim to„g„risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining
hayotga izchil tatbiq etilishi natijasida ta‟lim muassasalarining qiyofasi
ko„rkamlashib, ularning moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. CHunonchi,
birinchi Prezidentimizning 2011-yil 20-maydagi “Oliy ta‟lim muassasalari
moddiy -texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo„yicha chora-tadbirlar to„g„risida”gi qarori
oliy ta‟lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o„quv va ilmiy
laboratoriya jihozlari bilan ta‟minlash, ta‟lim jarayonini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko„tarish, ilg„or pedagogik texnologiyalar hamda o„qitish shakllarini
joriy etishga yo„naltirilgan sa‟y-harakatlarni ro„yobga chiqarishga xizmat
qilmoqda.
Davlatimiz birinchi rahbarining 2015-yil 12-iyundagi “Oliy ta‟lim
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Farmoni
bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko„tarishga, oliy o„quv yurtlari professor-
o„qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni
zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan
tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan
yuksaltirishni ko„zda tutgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Farmonda oliy ta‟lim
muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini
oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo„nalishlari belgilab berildi.
Shunga ko„ra ta‟limi mazmunini qayta ko„rib chiqib, zamon va istiqbol
talablariga uyg„unlashtirish (modernizatsiyalash) zururiyati kelib chiqadi. O‟zbek
tilining izohli lug„atida “Modernizatsiya” tushunchasiga - “zamonaviy talab va
didga moslab o„zgartirish; zamonaviylashtirish” - deb izoh berilgan.
Ta‟lim-tarbiya jarayonining asosiy komponentlari:
-
Maqsad (Uzluksiz ta’lim, ta’lim bosqichi, yo‘nalish, fanlar bloki, o‘quv
Do'stlaringiz bilan baham: |