1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja



Download 1,88 Mb.
bet6/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

4. Ijtimoiy shartnoma nazariyasi XIX asrda paydo bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, yer yuzidagi odamlar tushunchalarga nom berishda o‘zaro kelishib olishgan emish. Bunga turtki bo‘lgan narsa shuki, 1887-yilda taxallusi Doktor Esperanto (“umidvor shifokor” degani) bo‘lgan polyak ko‘z shifokori Lyudvik Zamenxof4 tomonidan esperanto tili o‘ylab topilgan5. Bu til ko‘pgina Yevropa tillaridan olingan so‘zlar asosida shakllangan. Bundan tashqari, olimlar ayrim ilmiy atamalarni qo‘llashda o‘zaro kelishib olishi ham bunga sabab bo‘lgan. Masalan, 1892-yilda ximiklarning Jeneva shahrida o‘tkazilgan qurultoyida terminologiya masalasida kelishib olingan. Albatta, sun’iy tilning va atamalarning yaratilishi bo‘yicha kelishuv dastlabki tilning paydo bo‘lishini izohlay olmaydi. Buning sabablari quyidagicha oddiydir:

1) bu nazariya ijtimoiy kelishuvgacha tilning mavjudligini inkor qiladi;

2) bu nazariya tabiiy tilning emas, balki sun’iy tilning yaratilishinigina tushuntira oladi.

Ko‘rib o‘tilgan barcha nazariyalarning eng asosiy kamchiligi shundaki, ularda insonning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan hodisani, ya’ni tilni shu faoliyatdan ajratgan holda tushuntirishga harakat qilinadi.

Inson hayvonot olamidan ajralib chiqqandan keyin ijtimoiy mehnat bilan shug‘ullana boshlagan. Bu jarayon, albatta, juda uzoq davom etgan. Shu davr mobaynida odamsimon mavjudot jamoa bo‘lib yashashni va mehnat qilishni o‘rganadi. Mehnat jarayonida bu mavjudotlarda (ular arxeologlar tomonidan avstralopitek, pitekantrop, sinantrop, neandertal odami kabi nomlar bilan ataladi) tafakkur shakllana boradi. Buni taxminan quyidagicha tushuntirish mumkin. Oldiniga mehnat harakatlari mehnat predmetidan ajralmagan holda amalga oshirilgan. Masalan, biz nafas olish uchun o‘ylab o‘tirmaymiz, ya’ni miyani ishlatmaymiz. Bu instinktiv tarzda yuz beradi. Yuqoridagi jarayon ham shunday bo‘lgan bo‘lishi kerak. Ma’lum bir davrda mehnat harakati va mehnat predmeti bir-biridan ajraladi, chunki mazkur harakatlar odamsimon mavjudotning ibtidoiy xotirasida saqlanib qolgan edi va u endi o‘z tasavvurlariga taqlid qilishi mumkin bo‘ladi, natijada mehnat predmeti bo‘lmasa ham, u bilan qilinadigan harakatlar amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. Bu esa odamsimon mavjudotda ibtidoiy ongning dastlabki kurtaklari shakllanayotganidan dalolatdir. Hozirgi odamga eng yaqin turgan odamsimon mavjudot fanda homo sapiyens (lot. ongli odam) deb yuritiladi. Ana shu homo sapiyens o‘z taraqqiyotining ma’lum davrida o‘z jamoadoshiga nimanidir aytish istagini sezgan bo‘lishi kerak va natijada dastlabki ibtidoiy so‘zlar talaffuz qilingan. Albatta, ungacha homo sapiyensning nutq a’zolari muayyan tovushlar miqdorini talaffuz qilashga moslashgan bo‘lishi kerak edi. Bizningcha, ana shu tariqa dastlabki til paydo bo‘lgan.

Kembridj universiteti professori Jorj Yulning yozishicha, tilning paydo bo`lishida quyidagi manbalar mavjud bo`lgan:



  1. Ilohiy manba (The divine source).

  2. Tabiiy tovush manbasi(The natural sound).

  3. Ijtimoiy o`zaro ta’sir manbasi(The social interaction source).

  4. Jismonan moslashish manbasi (The physical adaptation source).

  5. Instrumental manba (The tool-making source).

  6. Genetik manba (The genetic source).6

In the biblical tradition, as described in the book of Genesis, God created Adam and “whatsoever Adam called every living creature, that was the name thereof.”Alternatively, following a Hindu tradition, language came from Sarasvati, wife of Brahma, creator of the universe. In most religions, there appears to be a divine source who provides humans with language. In an attempt to rediscover this original divine language, a few experiments have been carried out, with rather conflicting results.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish