SINTAKTIK USLUBIYAT
Yozma va og‘zaki nutq me’yorlari haqida
Lug‘aviy, grammatik, uslubiy me’yorlar adabiy tilning h a m m a ko‘rinishlari uchun xarakterli, imlo va tinish belgilarga oid me’yorlar adabiy tilning faqat yo z m a shakli uchun, to‘g‘ri talaffuz me’yorlari esa faqat o g‘ z a k inutq shakli uchun xosdir.
LEKSIK USLUBIYAT
1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, YAxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, YOlg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |