5) ajratilgan bo‘laklar jumla tarkibidagi ayrim bo‘laklarga urg‘u berish, ularni alohida ajratib ko‘rsatish, shaxs va narsa haqida qo‘shimcha ma’lumot berish, belgi-xususitlarni ta’kidlash kabi vazifalarni bajaradi: Biz, yoshlar, ota-bobolarimiz merosini ko‘z qorachig‘iday asrashimiz lozim.
6) undalmalar ham turli uslubiy vazifalarni bajaradi.Ular gap boshida va o‘rtasida kelsa, chaqiriq va murojaatni ifodalaydi: Uka, mening yo‘qligimni bilintirma. Gap oxirida kelgan undalma tinglovchiga nisbatan hurmat, muhabbatni ifodalaydi:Tuprog‘ingni zar bilarman, ona-Vatanim! Bulardan tashqari undalmalar iltimosni, so‘zlovchining his-tuyg‘usini, kuchli ehtirosini, ko‘tarinki holatni, piching va kinoyani ifodalash uchun ham xizmat qiladi.
7) kirish so‘z va kirish birikmalar so‘zlovchining o‘z fikriga bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bu munosabat sifat, son, olmosh, fe’l va modal so‘zlar yordamida ifodalanib, gumon, tasdiq, inkor, fikr tartibi, fikr izohi, e’tiborni tortish, xulosa, ikki fikrni o‘zaro bog‘lash kabi ma’nolarni aks ettiradi: U bugun kelmaydi, shekilli.
Do'stlaringiz bilan baham: |