3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: CHoyxona mudiri YUsufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi.
4. Paronimlarning uslubiy xususiyatlari. Paronimlarni to‘g‘ri qo‘llamaslik natijasida ham xatoliklar kelib chiqadi: CHanoqlardagi lo‘ppi ochilgan paxtalar quyoshda yarqirab kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‘zi o‘rnida tovlanadi so‘zi ishlatilishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |