1-ma’ruza umumiy tilshunoslikdan ma’lumot. Milliy til va adabiy til. Fonetika haqida umumiy ma’lumot reja


GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR



Download 1,88 Mb.
bet253/321
Sana29.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#79962
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   321
Bog'liq
maruza-matni

GAP BO‘LAKLARI SANALMAYDIGAN BIRLIKLAR

Gap tarkibida ba’zan shunday so‘zlar va so‘z birikmalari hatto gaplar qo‘llanadiki, ular gapning biror bo‘lagi bilan grammatik jihatdan aloqaga kirishmaydi. Shu tufayli bunday so‘z yoki so‘z birikmalari gap bo‘laklari hisoblanmaydi. Undalma, kirish so‘z, kirish birikma va kiritma gap ana shunday xususiyatga ega.


Undalma

So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs (yoki predmet)ni anglatadigan so‘z yoki so‘z birikmasi undalma deyiladi. Undalma bayon qilinayotgan fikrga tinglovchining diqqatini tortish uchun xizmat qiladi.

Undalma o‘zi ishtirok etgan gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmaydi. U bosh kelishik shaklidagi ot yoki otlashgan so‘z bilan ifodalanadi. Bu jihatdan undalma egaga o‘xshaydi, biroq u gapning kesimi bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasligiga ko‘ra o‘ziga xos undosh intonatsiyasi, pauza (to‘xtash) bilan aytilishiga ko‘ra egadan farq qiladi. Masalan: Aziz o‘g‘lim, yomonlar bilan suhbatdosh bo‘lma, ulardan asrlondan qochganday qoch, hammaga rahm va shafqat ko‘zi bilan qara ... («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»). Yurak, sensan mening sozim, tilimni nayga jo‘r etding. (U.Nosir).

Undalma ba’zan -ey, -u (-yu) kabilar bilan birga qo‘llanadi: Luqmon hakim o‘g‘liga nasihat qilib aytdi: - Ey o‘g‘il, odamlr so‘zga ustomonliklari bilan maqtansalar, sen sukuting bilan maqtan. («Oz-oz o‘rganib, dono bo‘lur»).

Undalma vazifasida atoqli otlar, shaxs otlari, qarindoshlik, kasb, hunar kabilarni anglatuvchi so‘zlar keladi. Masalan: - Onajon, Xonzoda begim ham sizning suyukli farzandingiz-ku (P.Qodirov). Kechagi maqola nima bo‘ldi, Rahim aka?! (F.Musajonov). Siz mendan ko‘ra qo‘ylaringizni ko‘proq o‘ylang, cho‘pon aka! (P.Qodirov).

Undalma otlashgan sifat, otlashgan undov so‘z, so‘z birikmasi va shu kabilar bilan ham ifodalanishi mumkin: O‘ynashma, puchuq, tek tur, hamma yog‘ing suv bo‘ldi... (O.Yoqubov). -Hoy, biron gap topib keldingmi? (S.Ahmad). Yaxshilik ... yaxshilikning ham bahosi bor, o‘rtoq Zargarov (A.Muxtor).

Undalma gap boshida, o‘rtasida, oxirida keladi va yozuvda gapning boshqa bo‘laklaridan, odatda, vergul bilan ajratiladi: - Olim bola, rayhonlarni bir silkitib chiqmaysizmi ... (J.Abdullaxonov). Ey rais, bu kitobni avval bir o‘qib ko‘ring. (S.Ahmad). Nima qilasiz, dada, bolaning yuragini ezib. (S.Ahmad). Mening etti pushtim bog‘bon o‘tgan, o‘g‘lim. (J.Abdullaxonov).

Undalma kuchli his-hayajon bilan aytilsa, undan so‘ng, undov belgisi qo‘yiladi: -Xolbek! Qanisan? – dedi Eshmurot aka. – Kelsang-chi, kutib qoldik-ku. (P.Qodirov).



Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   249   250   251   252   253   254   255   256   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish