Ajratilgan aniqlovchilar
Ajratilgan aniqlovchilar ikki xil: ajratilgan sifatlovchi, ajratilgan qaratuvchi.
Ajratilgan sifatlovchi predmetning belgisini bo‘rttirib ko‘rsatish uchun ajratiladi. Masalan, Muxtor, yalangbosh, majnuntollar tagida aylanib, xayol surib yurardi. (S.Soliyev) gapida yalangbosh sifatlovchisi shaxsning (Muxtor) belgisini bo‘rttirib berish uchun sifatlanmishdan keyin keltirilgan.
Ajratilgan qaratuvchi. Bunda qaratuvchi o‘zidan oldin kelgan boshqa bir qaratuvchini izohlash, aniqlashtirish yo‘li bilan ajratiladi. Masalan: To‘g‘ri, uning yozganlari, aniqrog‘i, mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining aksari mazmunan sayoz bo‘lar, oldingilarini takrorlardi. (T.Po‘lat). Bu gapda «mashinistkaga aytib turib, qog‘ozga tushirganlarining» aniqlovchisi, o‘zidan oldin kelgan qaratuvchining (yozganlari so‘zining) ma’nosini izohlab, bo‘rttirib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |