1. Lеksikologiya tilning lug‘at boyligini o‘rganuvchi bo‘limdir. Uning quyidagi sohalari mavjud:
1) semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma’no, logos – ta’limot, fan) so‘zning ma’no tomonlarini o‘rganadi.
2) onomasiologiya (yun. onyma – nom, logos – ta’limot, fan) narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o‘rganadi.21
3) onomastika (yun. onomastike – nom qo‘yish san’ati) atoqli otlarni o‘rganadigan soha bo‘lib, quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi:
a) antroponimika (yun. anthropos –odam, onyma - nom) odam ismlarini o‘rganadi;
b) toponimika (yun. topos – joy, onymo - nom) joy nomlarini o‘rganadi;
4) etimologiyada (yun. etymon - haqiqat) so‘zlarning paydo bo‘lish yo‘llari o‘rganiladi.
5) lеksikografiya (yun. lexis – so‘z, grafo - yozaman) lug‘at tuzish masalalari bilan shug‘ullanadigan soha.
Do'stlaringiz bilan baham: |