4-MA’RUZA: Innоvаtsiоn rivоjlаnishni dаvlаt tоmоnidаn bоshqаrish Rеjа: 1. O’zbеkistonda innovatsion rivojlanishni davlat tomonidan boshqarish va milliy innovatsion tizim 2. Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish 3. Sanoati rivojlangan davlatlarda innovatsion faoliyatini davlat tomonidan boshqarish
1.O’zbеkistonda innovatsion rivojlanishni davlat tomonidan boshqarish va milliy innovatsion tizim Mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida quyidagi tuzilmaviy manbalarini ajratish mumkin: ishlab chiqarish omillari asosida rivojlanish; sarmoya mablaflari asosida rivojlanish; innovastiya faoliyati asosida rivojlanish. Har qaysi mamlakat barcha rivojlanish manbalarini baravar ishlatadi.
Kelajakda O’zbekistonni iqtisodiy saloxiyatini rivojlanishining asosiy omillaridan biri - iqtisodiyotni Innovatsion rivojlanish yo’liga o’tkazishdir. Bu yo’nalishni asosiy maqsadi ishlab chiqarishni texnologik darajasini va raqobatdoshligini oshirish, Innovatsion mahsulotni ichki va tashqi bozorlariga chiqishini ta’minlash, ichki bozorda import mahsulot o’rnini egallash, eksportga moslangan iqtisodiyot tizimini yaratishdir.
Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida milliy Innovatsion tizimini yaratish nafaqat ilmiy-texnik sohanining muhim vazifasi, balki milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish vazifasi xamdir.
Milliy Innovatsion tizim. Milliy innovatsion tizim (MIT) bu xususiy va davlat institutlari va tashkilotlarining to’ri bo’lib ularning faoliyati va o’zaro xamkorligi yangi texnologiyalarni yaratish, o’zlashtirish, takomillashtirish va tarkatishga olib keladi. O’zbekistonda mavjud bo’lgan MIT hali ham shakllanish bosqichida
2-rasm. O`zbekiston Milliy innovatsion tizimi sxemasi Texnologiyalar transferi – bu tarmoq ichida, tarmoqlar orasida, hamda mamlakatlar orasida amaliy xususiyatga ega bo’lgan texnologik bilimlarni, va ishlab chiqarish jarayonlariga va usullariga tegishli tajribani va Innovatsion mahsulotlarni tarqalishi.
Davlat Innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarilishiga va transferiga qiziqadi. Davlat tomonidan Innovatsion texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash quyidagilardan iborat:
Innovatsion faoliyatni tartibga soluvchi va rafbatlantiruvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish;