Rivojlantiruvchi: Talabalarning “Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtitrish asoslari” fanidan olgan bilimlarini mutaxassislik sohasidagi ishlarida qo’llash orqali rivojlantirish.
1. «Texnologik jarayonlarni modellashtirish va optimallashtitrish asoslari»
fanining maqsadi va vazifalari.
Kimyoviy ishlab chiqarishlarning alohida xususiyatlari xuddi uzluksiz jarayonlar kabi ko‘p qirrali hodisalar va ularning o‘zaro aloqalaridan tashkil topganligidir. Ahamiyatli darajadagi kimyoviy almashishlar va issiqlik – massa almashish jarayonlarining ehtimolli – stoxastik tabiati ob’ektning ichki holati va tashqi sharoitga hamda har doim ham o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan ta’sirlarning darajasi va xarakteriga bog‘liq. Bularning barchasi muraiflashning keng tarqalgan usuli jarayonning yuz berishiga ustuvor ta’sir qiluvchi faktorlarni integral bholash usuli hisoblanib, bu usulning qonuniyati empirik yoki yarim empirik yo‘l bilan aniqlanadi.
Xisoblash texnikalarining mukammallashtrilishi kimyoviy texnologiya ob’ektlarini tadqiqotiga sifat nuqtai nazaridan yangicha yondoshish imkonini berdi. Hozirgi vaqtda hisoblash texnikasi (shaxsiy kompyuterlar) turli texnik vositalarga va hisoblash hamda axborotni mantiqiy qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni bajarishda deyarli chegaralanmagan imkoniyatlarga ega. Hisoblash mashinalarisiz ko‘p mehnat talab qiluvchi loyihalarning optimal variantlarini tanlash, turli maqsadlarga mo‘ljallangan tizimlar va mashinalar majmuidan samarali foydalanish masalalarini yechishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi.
Tezkor hisoblash mashinalari qo‘llanila boshlashidan oldin, ya’ni EHM faqatgina analitik bog‘lanishlarni hisoblagich sifatida ishlatilganda tadqiqotchining san’ati asosan tadqiqotlarda anlitik usullarni qo‘llaganda masalalarni maksimal darajada soddalashtirish, o‘rganilayotgan ob’ektga kam ta’sir ko‘rsatuvchi faktorlarni izlash va ularni bog‘lanishlardan chiqarib tashlash kabi murakkab masalalardan iborat edi. Texnikaning yangi namunalariga ishlov berishdagi hisoblash qismi katta bo‘lmagan ulushni tashkil qilgan va taqribiy yechimlarga kelib taqalardi. Masala asosan katta mehnat, vaqt va sarf xarajatlarni talab qiladigan tajribalarni o‘tkazish yo‘li bilan yechilar edi. Hozirgi kunda tadqiqotchining san’ati o‘rganilayotgan hodisani eng to‘liq va aniq tavsiflash va uning qat’iy matematik tavsifini tuzishdan iborat.
Hisoblash texnikasi murakab matematik tenglamalardan tegishli aniq natijalarni olishgacha bo‘lgan yo‘lni qisqartirishga, oddiy hisoblash amallarini tezlashtirishga va insonni toliqtiruvchi mehnatdan ozod qilishga yordam beradi.
Tizimli tahlil va matematik modellashtirish usullarining rivojlanishi esa apparatda yuz beradigan texnologik jarayonlarni tadqiq qilish metodologiyasini o‘zgartirish imkonini yaratdi, bu esa butun ishlab chiqarish va apparatlarning ierarxik strukturalari sathlari orqali hodisalarning sabab – oqibat aloqalarini ochishda o‘z ifodasini topdi. Texnologik jarayon, unda yuz beruvchi fizik – kimyoviy hodisalarni baholashdan boshlab, alohida sathlar orasidagi o‘zaro ta’sirlarni hisobga olib, integral baholashlargacha tahlil qilinadi. Bu tarzda olingan tavsif jarayonning eng umumiy belgilarini xarakterlab, jarayonning matematik modeli sifatida ko‘rilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |