1-ma’ruza. Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa siyosati Reja



Download 385,84 Kb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi385,84 Kb.
#931707
1   2   3
Bog'liq
1 ma\'ruza Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish va jahon elektraloqa

An’anaviy telefon tarmog’i - konvergensiya jarayonining bir qatnashchisi, ma’lumot uzatish tarmoqlari ikkinchi qatnashchi bo’lgan telefoniya va ma’lumot uzatish xizmatlari konvergensiyasi hozirda eng ahamiyatli jarayon hisoblanadi. Bu umumiy foydalanish tarmoqlari (UFTT/ISDN va Internet) uchun ham, xususiy tarmoqlar (UATS, lokal tarmoqlar va IP asosidagi Intranet) uchun ham o’rinli.
Umumiy foydalanish tarmoqlarida IP texnologiyalarga asoslangan xizmatlarni kirish tarmoqlari UFTT/ISDN orqali samarali (iqtisodiy nuqtai nazardan) yetkazib berish imkoniyati katta qiziqish uyg’otmoqda. Bu telefon tarmog’i chegarasida UFTT/ISDN va Internet o’rtasidagi hamkorlikni, aniqroq aytganda konvergensiyaning birinchi toifasini bildiradi.
Keyingi bosqich Internet hamda UFTT/ISDN foydalanuvchilariga telefoniya xizmatlarini yetkazib berish lozim. Buni konvergensiyaning yana bir yo’nalishi deb qarash mumkin. Kelajakda UFTT/ISDN va Internet afzalliklariga ega bo’lgan, barcha xizmat turlarini birdek yaxshi sifatda ko’rsata olish imkoniga ega yagona tarmoq yaratilishi mumkin.
Xususiy tarmoqlar - yo’nalishida korxona telefon stansiyalari (UATS) muhim o'rin egallamoqda. Zamonaviy UATS taqsimlangan arxitekturaga ega, shlyuz va kommutator vazifalarini bajaruvchi, taraqqiy etgan intelektual xususiyatlarga ega kommunikatsiya serverni tashkil etadi. Xususiy va UF tarmoqlari farqi, kamida texnik nuqtai nazardan, kamayib boradi. Xususiy tarmoqlar yetarlicha katta hajmga ega bo’lishlari mumkin, ularning infratuzilishi ham UF tarmoqlarinikiga o’xshash bo’ladi. Ikkala turdagi tarmoqlarda ham chaqiriqlarga xizmat ko’rsatish uchun intelektual vazifalardan foydalaniladi.
Bu ikki tarmoqlar o’rtasidagi asosiy farq abonentlarni keng oraliqli ilovalarga ulashni tashkil qilish usuli bo’lib qoladi (xususiy tarmoqlarda AL, abonent kirish tarmoqlarida esa yuqori tezlikli xDSL tizimlaridan foydalaniluvchi juft sim).
Konvergensiyaning keyingi muhim yo’nalishi qayd qilingan va harakatdagi tarmoqlar konvergensiyasi (Fixed/Mobile Convergence, FMC) bilan belgilanadi. Bunda gap o’tkazuvchi va mobil radiotarmoqlar uchun kommutator integratsiyasi haqida emas, garchi bu turdagi integratsiya ham ahamiyatga molik (kombinirlangan kommutator. Combi-Switch), balki abonentlar istalgan kirish tarmog’ida foydalanish imkoniga ega bo’luvchi xizmatlar konvergensiyasi katta natija hisoblanadi. Konvergensiya xizmatlarning quvvati ortishiga misol sifatida kompyuterli telefoniyani (CTI - Com­puter/Telephony Integration) qarash mumkin.
Bunda katta yuklanishga ega operator markazlarida (Call Centers) kompyuter imkoniyatlari UATS vazifalari bilan qo’shiladi.
Konvergensiya xizmatlarning quvvati ortishiga keyingi misol sifatida yuqorida aytilganidek, seans jarayoni vaqtida axborot uzatish uchun ovoz, video, grafika va tovush qo’llanilishi mumkin bo’lgan multimediali kommunikatsiyalarni qarash mumkin. Turli aloqa rejimlari uchun texnik vositalar ta’minlanishi zarur bo’lgan yangi terminal qurilmalari – TV va SHK qabul qilgichlar texnik qurilmalar sohasidagi konvergensiyaning yaqqol namunasidir.
Umumlashtirib shuni aytish mumkinki, konvergensiyaning maqsadi zamonaviy telekommunikatsiya va axborot sanoati yo’nalishidagi barcha yo’nalishlarni birlashtirish hisoblanadi.
Boshqarish tizimlari taraqqiyoti evolyutsiyasi. Keyinchalik TMN nomini olgan arxitekturani yaratishga bo’lgan birinchi urinishlar telekommunikatsiya sohasidagi revolyutsion o’zgarishlar shiddatli tusga kirmasdan ancha oldin boshlangan edi. Intelektual uzatuvchi terminallarni (transmission terminals) ekspluatatsiyalash va ularni boshqarish jarayonlarining bir xilda bo’lishini ta’minlash bilan bog’liq bo’lgan masalalar 1982-yildayoq munozara qilingan. TMN konsepsiyasi birinchi bor 4 yildan keyin, Torontoda TMN EG (injenerlar guruhi) majlisida taklif etilgan. 1988-yili telegrafiya va telefoniya bo’yicha xalqaro maslaxat qo’mitasi (CCITT) “TMN tamoyillari” M.3010 tavsiyanomasini nashrdan chiqardi. Birinchi marta “Moviy kitob” tarkibida M.30 raqami bilan paydo bo’lgan bu tavsiyanomalar aloqa tarmoqlarini boshqarishning turli aspektlarini meyorlashtiruvchi ko’p sonli spetsifikatsiyalar oilasiga asos soldi.

Download 385,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish