42. Aralash sonni toping.
A) yarim, chorak, nimchorak B) ikkidan bir, uchdan ikki, to‘qqizdan besh C) o‘ttiz ikki, sakson sakkiz, bir yuz ellik besh D) uch yarim, olti butun o‘ndan besh, ikki butun uchdan bir
43. Bir so‘zi qaysi gapda chegaralash ma’nosini bildirgan?
A) U Toshkentdan vakil bo‘lib kelgan bir rus kishi bilan gaplashmoqda. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsirab, o‘zi, bolalari to‘g‘risida gapirdi. C) Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda. D) Hammamiz imtihonlardan yaxshi o‘tdik, bir Ahmadning mazasi bo‘lmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |