30. Sodda sonlar ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Majlisga besh-olti ota-ona keldi. B) Karima to‘rt-besh yil sabr qildi. C) Yigirmanchida oxirgi imtihon bo‘ldi. D) O‘n beshinchi kuni hovlimizga ko‘chgan edik.
31. Gap tarkibida qo‘llangan juft sonlar asosan sonning ma’no jihatdan qaysi turiga mansub?
A) tartib sonlarga B) jamlovchi sonlarga
C) chama sonlarga D) qo‘shma sonlarga
32. Bir so‘zining chegaralov (ayiruv) ma’nosi qaysi qatorda berilgan?
A) Bir gektar erni bog‘u bo‘stonga aylantirdi. B) Choy mahalida bir kulib, bir yig‘lamsiradi. C) U bir kuni ovga chiqdi. D) Hamma keldi, bir Hakimjon ko‘rinmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |