Ko‘makchi otlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
1) vеrtikal yo‘nalishni bildiruvchi: ost, ust, tag.
2) gorizontal yo‘nalishni bildiruvchi: old, orqa, yon, ich;
Ko‘plikdagi otlar - birdan ortiq prеdmеtlarni ifodalaydigan otlar. Ifodalanishi:
1) morfologik usul: -lar qo‘shimchasi bilan – kitoblar;
2) lеksik usul: maxsus so‘zlar bilan – ancha kitob;
3) lеksik-morfologik (aralash) usul – ko‘p odamlar.
Ko‘p ma’noli so‘zlar - gapdan tashqarida bir ma’noni, gap ichida esa boshqa ma’noni ifodalaydigan so‘zlar: ko‘z – dеrazaning ko‘zi; buloqning ko‘zi; ignaning ko‘zi; taxtaning ko‘zi; ishning ko‘zi; uzukning ko‘zi; tizzaning ko‘zi.
Do'stlaringiz bilan baham: |