5.2. Sintetik yoqilg‘ini olishda riforming jarayoninining qо‘llanilishi
Metanolni sintez qilish. Ikkinchi bosqichda olingan sintez-gaz katalizatorlar yordamida konversiya qilinadi va metanolni amalga oshirish uchun katalizator qatnashtiriladi va reaktorlarda olinadi. Birinchi bosqichda amalda toza sintez-gaz olinadi, lekin metanolni katalitik sintez jarayoni yuqori issiq ajralish jarayonida sodir bо‘ladi, bu issiqlik mos bо‘lgan usulda olib boriladi va uni reaktorning hajmi bо‘yicha bir tekisda taqsimlanishi ketma-ketligida amalga oshirish murakkab bо‘ladi. Bunday talabga erishish uchun yuqori darajadagi selektiv konversiyaning hisobiga toza mahsulot olinadi.
Amaliyotda bir marta о‘tish orqali uglevodorodlarni (8-12)% li konversiya qilish darajasiga erishish mumkin, uni kо‘tarish uchun kо‘p martali sintez-gaz retsirkulyatsiya qilinadi va uning hisobiga katta miqdordagi energiya sarflanadi.
Reaktorlardan olinadigan metanolning tarkibida yetarlicha katta miqdordagi aralashmalar mavjud bо‘ladi va rektifikatsiya jarayoni amalga oshiriladi hamda energiya sarfi ham yuqori bо‘ladi. Yuqorida bayon qilingan fikrlar jamlanganda shunday xulosa qilish mumkinki, bunday texnologiyani yirik ishlab chiqarishda (500 ming.t.yil. kichik bо‘lmagan) qо‘llash mumkin.
Sintez-gazni ishlab chikarishning asosiy sanoat texnologiyasiga- metanni bug‘li konversiyasi (MBK), metanni avtotermik riforming (kislorodli yoki havoli konversiyasi), metan krekingi, metanni qisman oksidlantirish va bu jarayonning aralashmasi kiradi.
Metanni bug‘li konversiya qilish jarayonida bug‘ tabiiy gaz bilan yuqori haroratda va juda past bosimda tarkibiga nikel katalizatorini qо‘llash orqali reaksiyalantiriladi. Endotermik reaksiya jarayonida reaksiyalanish olib boriladigan hajmga issiqlikni kirib kelishi tashkillashtiriladi. Buning uchun issiqlikka chidamli diametri 80-120 mm.li quvur olinadi va konvektiv-radiatsiali qizdirgichlar yordamida qizdiriladi. Avtotermik riforming reaksiyasida katalitik sig‘imga bug‘li aralashma, tabiiy gaz va kislorodning proporsiyasida metanning bir qismi kislorodda yonadi, boshqa qismi esa uglerod oksidi va vodorodni hosil qiladi, suv bug‘lari bilan reaksiyalanadi. Tabiiy gazning bir qismi yonib konversiya reaksiyasi uchun yuqori haroratni ta’minlaydi.
Metanni krekinglash jarayonida tabiiy gaz 1000 oC dan yuqori haroratda qizdiriladi, metan molekulalari vodorod va uglerodda yonadi.
Metan xom ashyo sifatida iste’mol qilinganda hisobiy nisbatli jarayonda vodorodning chiqishi 2 marta kam bо‘ladi, lekin metan yuqori darajada yoqilganda kam xarajat bilan vodorodni sо‘nggi mahsulot sifatida chiqishii ta’minlaydi.
Metanni kislorod yoki havo bilan qisman oksidlanish (ROX- texnologiyasi) jarayoni katta tezlikda olib boriladi. Reaksiya keramik qoplamali olovga chidamli reaktorda 1200-1500 oC ishchi haroratda va 3-4 MPa past bosim ostida sodir bо‘ladi. Eng sо‘nggi sintez-gazning tarkibi va jarayonni yaxshilash uchun gazning tarkibi bug‘ yoki uglerod ikki oksidi bilan tо‘g‘rilanadi.
Shaxtali reaktorlarda katalizator bilan aralashtirilgan tarkibda ishlanganda (metan-kislorod-uglerod ikki oksidi-suv bug‘i) jarayon past haroratda 1000 oC gacha va 2-3 MPa bosim qiymatida olib boriladi[31].
Do'stlaringiz bilan baham: |