18-Mavzu Avariya holatida ishlatiladigan signal turlari Reja: Avariya holatida ishlatiladigan signal turlari
Avariya holatida axborotlarni boshqarish
Avariya holatida axborotlarni kuzatish QS SMN tizimi quyidagi funktsiyalarni saqlashi lozim:
- avariya holatida barcha signallar haqidagi avtonom axborotlar;
- avariya holatida ro’yxatga olingan barcha signallar axborotini talab qilish;
- bunday barcha signallar haqidagi xabarlar;
- avariya holatida, barcha signallar haqidagi avtonom axborotlarga (ruxsat) ta’qiqlar;
- shunga o’xshash barcha signallarning avtonom axborotlariga (ruxsat) ta’qiqlar funktsiyasining statusi haqida xabar.
Signallarni / xabarlarni avariya holatini yuzaga kelish tarixini kuzatish U, bunday signallarni yuzaga kelish lahzalarini yozib olish, registr faylida uni saqlash, registrda avariya holati haqidagi xabarlarning barcha parametrlariga ega OS registrlarini ish rejimini aniqlash, keyingi to’xtaguncha yoki to’liq o’chirgunga qadar yozib borish, oldingi holatlarini qayta yozish bilan oxiridan boshiga siklik qaytishini yozishni amalga oshiradi.
Avariya holatining yuzaga kelishi haqidagi xabarlarning turlari SDH tarmoqlarida kuzatiladigan avariya holatlarining turlari haqida tasavvurga ega bo’lish uchun quyidagi 1.5-jadvalni qarab chiqamiz. Bunda chap ustunda avariya holatlarining turlari, yuqorigi qatorda esa yuzaga kelishi mumkin bo’lgan joy ko’rsatilgan. Jadval yacheykalarida R simvoli joylashtiriladi (agar avariya holatini berilgan turini ro’yxati talab qilinsa yoki 0 simvoli berilsa).
SDH tarmoqlarida kuzatiladigan avariya holati haqidagi axborotning asosiy turi 1.5-jadval
Avariya holati haqidagi xabarlar
SRI
RS
MS
Path HOVE
Path LOVE
PPI/LPA
SETS
TF
R
R
LOS
R
R
LOF
R
R3
LOP
R
R
FERP
R
R
R
TIM
R
R2
SLM
R
R
LOM
R’
AIS
R
R
R
Exe
0
LTI
R
SD
0
Ilova: jadvalda quyidagi qisqartirilgan so’zlardan foydalanilgan:
TF-uzatishdagi uzilish;
LOS-signal yo’qolgan;
LOF-freym yo’qolgan;
LOP-ko’rsatkich yo’qolgan;
FEPF-uzoq tugallanganlikdagi qabul qilishda uzilish;
TIM-trassa identifikatori moslashmagan;
SLM-signal turi moslashmagan;
LOM-multifreym yo’qolgan;
AIS-avariya holatining indikatsiya signali;
Exe-Haddan tashqari ko’p xato;
LTI-kirishdagi sinxronizatsiya yo’qolgan;
SD-signal sifati past;
SPI- SDHning fizik interfeysi;
RS-regeneratsiyalash sektsiyasi;
MS-multipleksorlash sektsiyasi;
Path HOVE-VS yuqori sath marshruti;
Path LOVE-VC past sath marshruti;
PI/LPA-pleziaxron fizik interfeys/ VC past satx marshruti adaptsiyasi;
SETS-sinxron qurilmaning saqlovchi manba;
R1 –multifreym indikatsiyasi talab qiladigan yuklama;
R2 –agar VS-11b VS-12 va VS-2 da qo’llaniladigan j2 bayt tasdiqlansa;
R3-sinxron aks ettirish bayti uchun.
Bundan tashqari avariya holati haqidagi axborotlarni ishchi xarakteristikalari orqali ham olish mumkin. U asosan xatolik parametrini aniqlash bilan bog’liq. Ularni aniqlashda quyidagi kalit terminlar qo’llaniladi:
- ES-xatolikga ega bo’lgan blok;
- ES-sekunddagi xatolik;
- SES-sekunddagi murakkab xatolik;
- VVE-fonli xatolikka ega bo’lgan blok.
Ishchi xarakteristika monitoringining tarixini kuzatish, ikkita registrli fayllarni to’ldirish orqali amalga oshadi; 24-soatlik fayl va 15 minutlik fayl. 24-soatlik registrli fayl sana bilan to’ldirishni ta’minlaydi va registrli faylni kechagi sana bo’yicha yuklaydi, 15 minutlik registrli fayl 4-soatlik navbatni hosil qiladi. Bunda xizmat birinchi keldi-birinchi ketdi FIFO degan ma’noda amalga oshadi.