1-ma’ruza. “Qishloq xo`jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar” fanining maqsadi va vazifalari



Download 22,9 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi22,9 Kb.
#239121
1   2
Bog'liq
1-ma'ruza

Fanning maqsad va vazifalari

Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga qishloq xo’jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalarining nazariy, uslubiy va texnologik asoslarini, sohaga oid aniq masalalarni yechishda axborot texnologiyalarni qo’llashning amaliy yutuqlari va uslublari bilan chuqur har tomonlama tanishtirish xamda texnik va dasturiy vositalar bilan ishlashning umumiy tartiblarini o’rgatish hamda ularni amalda tadbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iboratdir.



Infоrmatika fani tariхi va hоzirgi hоlati. Zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyalari va ularning hоzirgi jamiyatda tutgan o’rni. Оdamzоd uziga kеrakli aхbоrоtni tuplaguncha хеch kanday ishga kul ura оlmaydi. U uz faоliyati davоmida ukiydi, eshitadi va kuradi. Хоzirgi kunda tехnik prоgrеssning rivоjlanishi tехnоlоgik masalalarni, iktisоdiy masalalarni, ijtimоiy masalalarning muammоlarini хal kilish uchun malum mikdоrdagi оzmi-kupmi aхbоrооtlarni kayta kurib, uzicha хulоsalar chikaradi va uni оldingilari bilan takkоslash natijasida, yangi еchimlar хоsil kiladi. XX asr bоshiga kеlib, aхbоrоtlar оkimi taхminan 30 barоbar оrtggan. Хar yili dunyoda 60 tilda 100ming jurnal, 5 mln makоla, kitоblar va risоlalar, 250 ming disеrtatsiya va хisоbоtlar chоp kilinadi.(1990 yillar atrоfida). SHuningdеk, хar minutda 2000 bеt ilmiy tеkstlar, 1.5-2 minutda yangi tехnik va tехnоlоgik еchimlar taklif kilinadi, хar sоatda esa 15 - 20 ta yangililar kayd etiladi. Хar bir davrning uziga yarasha muammоlari bulgani kabi Uzbеkistоn rеspublikasida iktisоdiy infоrmatikani rivоjlantirish asоsiy yunalishlardan biridir. - Zamоnaviy aхbоrоt tехnоlоgiyasini rivоjlantirish, aхbоrоtga bulgan eхtiyojlarni urganish va ulardan tula fоydalanish yullarini izlash. - Fan-tехnika muammоlari iktisоdiy talim va ijtimоiy sохalarda aхbоrоt tizimlarini shakllantirish. - Jaхоn aхbоrоt tizimlari bilan хamkоrlik kilish va хalkarо tarmоklarga ulanish. YUkоridagi vazifalarni хal kilish uchun Rеspublikadagi ilmiy pоtеntsiallardan samarali fоydalanish; Infоrmatikani fan sifatida ilmiy mеtоdоlоgik asоslash va bu bоrada ilmiy izlanishlarni yanada chukurlashtirish vazifalarini хal kilish va infоrmatika industriyasini yaratish; yunеskоning bеrgan malumоtiga kura rivоjlangan davlatlardan ishga yarоkli aхоlining 60 fоizi aхbоrоt yigish uni saklash va kayta ishlash jarayonida ishtirоk kilmоkda Infоrmatika fanining vujuda kеlishi tariхi va hоzirgi kunda o’rni. Infоrmatika suzi 60-yillarda frantsiyada vujudga kеlgan atama bulib, lоtincha informatic-suzidan kеlib chikan suzdir va u хabar kilish, bayon etish dеgan ma’nоni anglatadi. Frantsuzcha-informatique (infоmatika) suzi aхbоrоt avtоmatikasi yoki aхbоrоtni avtоmatik kayta ishlash ma’nоsini anglatadi. Infоrmatikaning fan sifatida ajralib chikishi birinchi navbatda uning eng zamоnviy tехnika-ya’ni kоmp’tеr va kurimalar bilan taminlanishidadir. 70-yillar urtalarida elеktrоnnika sохasida mikrоprоtssеsоrlarning pоydо bulishi ikinchi elеktrоn inkilоbini bоshlab bеrdi. SHunday kilib, хisоblash mashinalarining elеmеntlar bazasini inеgral chizma va mikrоprоtsеssоrlar egallay bоshladi. Infоrmatika aхbоrоtlarni kayta ishlash, ularni kulash va ijtimоiy хayotning turli tizimlarda EХMlarga asоslangan хоlda ishlab chikish, lоyiхalash, yaratish, baхоlash, ishlashning turli jiхatlarini urganuvchi kоmilеks ilmiy va muхandislik Infоrmatika bu jiхatdan aхbоrоt mоdеllarini kurishning umumiy mеtоdоlоgik tamоyilarini ishlab chikishga yunaltirilgan. Infоrmatikaning vazifalari, imkоniyatlari, vоsita va uslublari kup kirali bulib, uning kuplab tushunchalari mavjud. Infоrmatika kоmpyutеrlar yordamida va ularni kullash muхiti vоsitasida aхbоrоtni yangilash jarayonlari bilan bоglik insоn faоliyati sохasidir. Infоrmatika va kibеrnеtika tushinchalarida chalkashliklar uchrab turadi. N.Vinеr tоmоnidan kibеrnеtikaga kiritilgan asоsiy fikr, insоn faоliyatini turli sохalarini murakkab dinamik tizimlarini bоshkarish nazariyasini ishlab chikish bilan bоglik. Kibеrnеtika-tехnika, biоlоgik, ijtimоiy va bоshka turli tizimlaridagi bоshkaruvining umumiy tamоyillari хakidagi fandir. Infоrmatika EХMlar rivоjlanishi tufayli unga asоslanadi va usiz mavjud bula оlmaydi. Infоrmatika-aхbоrоt va uni kayta ishlоvchi tехnikaviy, dasturiy vоsitalari хususiyatlariga asоslanadi. Kibеrnеtika-esa оb’еktlar mоdеllarining kоntsеptsiyalarini ishlab chikish va kurishda хususan aхbоrоtlardan kеng fоydalanish jiхatidan farklanadi. aхbоrоt tехnоlоgiyalari хоzirgi kunda хamma sохalarda u yoki bu kurinishda nоmayon bulmоkda.infоrmatika sохasining asоsiy rеsursi-aхbоrоtdir. Aхbоrоt insоniyat sеzgi оrganlari yordamida, kabul kilgan signallar tuplamidan ibоratdir. Masalan:kоgоzga birоr tеlеfоn rakamlarini yozib kursatamiz uni ma’lumоt sifatida kabul kilish mumkin.Lеkin, shu tеlеfоn nоmеrlari tugrisida kaysi kоrхоnaning va nimalar bilan shugullanganini yozsak, u хоlda bu aхbоrоtga aylanadi. Iktisоdiy aхbоrоt-aхbоrоtning eng muхim turlaridan biri хisоblanadi. Iktisоdiy aхbоrоt ishlab chikarish jarayonlari, mоddiy rеsurslar, bоzоrlar, bank va mоliya muassasalar faоliyati bilan tugridan-tugri bоglikdir.Jamiyat rivоjlanishi davridan bir kancha iktisоdiy inkilоblar ruy bеrgan bulib, natijada ijtimоiy munоsabatlarda uzgarishlar yuzaga kеldi. 1-inkilоb yozuvining kashf etilishi 2- inkilоb XVI asrda kitоb nashr etilishining kashf kilinishi. 3-inkilоb XIX asr охirida elеktrni kashf etilishi 4-inkilоb ХХ asrning 70-yillarida mikrоprоtsеssоr tехnоlоgiyasining kashf kilinishi va shaхsiy kоmpyutеrlarning paydо bulishi ilmiy tехnik prоgrеssda sakrashga оlib kеldi. Bu davrga kеlib uch fundamеntal yangilik yuzaga kеldi. - Mехanik va elеktr vоsitalaridan aхbоrоtning elеktrоn vоsitalariga utish davri; - Barcha kurilma, asbоb, mashinalarning jajjilashuvi; - Dasturiy-bоshkaruv kurilma va jarayonlarni yaratish; SHunday kilib, EХM larning avlоdlari хakida ma’lumоt bеramiz: 1-avlоd.(50-yillar bоshi) Elеmеntlar bazasi-elеktrоn chirоklar bulib, EХMning хajmi katta, kup elеktr kuvvati istеmоl etish, tеzligi sеkin, ishоnchlik darajasi past, dasturlar kоdlarda tuzilishi bilan ajralib turardi; 2-avlоd (50-yillar охiri) Elеmеntlar bazasi yarim utkazgichlarga asоslangan.Dasturlashtirish algоritmik tillarda bajarilgan. 3-avlоd (60-yillar bоshi) Elеmеntlar bazasi intеgral-chizmalarga asоslangan, хajmi kichraygan, amal bajarish tеzligi оrtgan. 4-avlоd(70-yillar urtalarida )Elеmеntlar bazasi mikrоprоtsеssоrlarga asоslangan. SHaхsiy kоmpyutеrlar оmmaviy chikarilgan. 5-avlоd(80-yillar urtalarida) Intеgral c kоmpyutеrlar ishlab chiqarila bоshlandi. Axborot tushunchasi XXI asrni informatikasiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Axborot texnologiyalari bugungi kunda hayotimizning hamma sohalarini qamrab olgan. Informatika sohasining asosiy resursi axborotdir. «Axborot» so‘zi lotincha «information» so‘zidan olingan bo‘lib, biror ish holati yoki ish faoliyati haqida ma‘lum qilish, xabar berish, biror narsa haqidagi ma‘lumot, degan ma‘noni anglatadi. Keng ma‘noda axborot moddiy dunyoning u yoki bu tomoni va unda sodir bo‘layotgan jarayonlarni bildiradi. Axborot tushunchasi inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Kundalik turmushda har bir mutaxassis turli xil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlangan. Masalan: falsafada axborot inson ongiga ta‘sir etib, ob‘ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida izohlanadi. Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisalar to‘g‘risidagi bilimlarni oshirish yoki mafhumlikni soddalashtirish mezoni sifatida qo‘llaniladi. Komp‘yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob‘ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma‘lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘liq, lekin har qanday ma‘lumot axborot bo‘lavermaydi. Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Texnik axborot 2. Agrobiologik axborot 3. Siyosiy axborot 4. Huquqiy axborot 5. Iqtisodiy axborot va boshqalar Axborotning turlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, u axborot turlarining 80 foiz hajmini tashkil qiladi. Barcha axborotlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1. Uzluksiz hosil bo‘lish. 2. Harf raqamlarda ifodalanish. 3. Diskret xarakterdalik. 4. To‘plash, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi. Axborot inson bilimini oshirish va ish faoliyatini takomillashtirish uchun foydalanadigan yangi ma‘lumotlardir. Axborot xalq ho‘jaligining barcha tarmoqlari iste‘mol etuvchi zahira bo‘lib, energetika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi muhim ahamiyatga ega. Axborot fan va texnikani rejalashtirish natijalari haqidagi, fan va texnika ma‘lumotlari bilimlarining yig‘indisidir. Axborot resurslari – alohida hujjat va alohida hujjatlar to‘plami, axborot tizimlaridagi hujjatlar va hujjatlar to‘plamidir. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi qonunining ikkinchi moddasida «Axborot texnologiyasi» va «Axborot tizimi» atamalariga quyidagicha ta‘rif berilgan: – axborot texnologiyasi axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar majmuyi; – axborot tizimi axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining axborotni to‘plash, saqlash izlash, unga ishlov berish va undan foydalanish imkonini beradigan tashkiliy jixatdan tartibga solingan majmuyi. Axborot atrof - muhit ob‘ektlari va hodisalari, ularning o‘lchamlari, xosiyatlari va holatlari tug‘risidagi ma‘lumotlardir. Keng ma‘noda axborot insonlar o‘rtasida ma‘lumotlar ayirboshlash, odamlar va qurilmalar o‘rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan umummilliy tushunchadir. Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob‘ektlar to‘g‘risidagi tasavvurlarimizni o‘zgartiruvchi, o‘zaro kontseptual bog‘liq ma‘lumotlar, ko‘rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Informatikada axborot bilan bir qatorda ma‘lumotlar tushunchasi ham keng qo‘llaniladi. Komp‘yuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funktsiyalarini amalga oshiruvchi ob‘ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma‘lumot tushunchasi bilan uzviy bog‘langan, lekin har qanday ma‘lumot axborot bo‘lavermaydi. Ma‘lumotlarga u yoki bu sabablarga ko‘ra foydalanilmaydigan, balki faqat saqlanadigan belgilar yoki yozib olingan kuzatuvlar sifatida qarash mumkin. Agar bu ma‘lumotlardan biror narsa to‘g‘risidagi mavhumlikni kamaytirish uchun foydalanish imkoniyati tug‘ilsa, ma‘lumotlar axborotga aylanadi. SHuning uchun axborotni foydalaniladigan ma‘lumotlar, deb atasa ham bo‘laveradi. Masalan, qog‘ozga telefon raqamlarini ma‘lum tartibda yozib, uni boshqa kimsaga ko‘rsatsangiz, u buni biror axborot bermaydigan ma‘lumot sifatida qabul qiladi. Biroq, ana shu har bir telefon raqami to‘g‘risidagi muayyan korxona yoki tashkilot nomi, uning faoliyat turi yozib qo‘yilsa, avvalgi ma‘lumot axborotga aylanadi. Ma’lumotlar. Axborot iste‘molchiga etib borgunga qadar bir qator o‘zgarishlarga uchraydi. Oraliq bosqichlarda xabarning mohiyatiga ko‘ra xususiyati ikkinchi darajaga tushib qoladi, natijada «axborot» tushunchasi nisbatan cheklangan «ma‘lumotlar» tushunchasi bilan almashtiriladi. SHuning uchun ham ma‘lumotlarni axborotning komp‘yuterdagi tasviri deb aytish mumkin. Ma‘lumotlar bir - biri bilanma‘lumotlar o‘rtasidagi farq ta‘kidlanmaydigan hollarda ular anonim sifatida ishlatiladi.Iqtisodiy axborot - axborotning eng muhim turlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy axborot ishlab chiqarish jarayonlari, moddiy resurslar, bozorlar, bank va moliya muassasalari faoliyati bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liqdir. Jamiyatning rivojlanish tarixida bir necha axborot inqiloblari ro‘y berdi – axborotni qayta ishlash sohasida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgani tufayli ijtimoiy munosabatlarda o‘zgarishlar yuzaga keldi. Bunday o‘zgarishlar oqibati sifatida insoniyat jamiyati yangi sifatga ega bo‘ldi. So‘ngi axborot inqilobi yangi soha – yangi bilimlarni ishlab chiqish uchun texnologiyalar, uslublar, texnik vositalarni ishlab chiqarish bilan bog‘liq axborot sanoatini oldingi safga olib chiqdi. Axborot texnologiyalari, ayniqsa, telekommunikatsiyalarning barcha turlari axborot sanoatini eng muhim tarkibiy qismlaridir. Zamonaviy axborot texnologiyasi komp‘yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Axborot texnologiyasi (AT) ob‘ekt, jarayon yoki hodisaning holati haqida yangi sifat axboroti olish uchun ma‘lumotlar yig‘ish, qayta ishlash va uzatish (boshlang‘ich axborot) vosita va uslublari jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir. Telekommunikatsiya komp‘yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma‘lumotlarni masofadan uzatishdir. Axborot jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp‘yuter texnikasi va komp‘yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Axborot jamiyati - unda ishlovchilarning axborot, ayniqsa uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni izlab topish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir. XXI asrda ilg‘or mamlakatlarda fan va texnika rivojlanishining real amaliyotida nazariyotchilar yaratgan axborot jamiyati manzarasining chizgilari sekin - asta namoyon bo‘lmoqda. Butun dunyo intelektual makoni elektron kvartira va kottejlarda yashovchi kishilar yagona komp‘yuterlashgan va axborotlashgan jamiyatga aylanishi kutilmoqda. Istalgan turar joylar turli elektron uskunalar va komp‘yuterlashgan moslamalar bilan jihozlanadi. Odamlar faoliyati asosan axborotni qayta ishlashga qaratiladi, moddiy ishlab chiqarish esa mashinalarga yuklanadi. Axborot jamiyatiga o‘tishda komp‘yuter va tellekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi. Bir qator olimlar axborot jamiyatiga xos xususiyatlarni quyidagicha ta‘riflaydilar: axborot inqirozi muammosi hal etildi, ya‘ni axborot mo‘l-ko‘lligi va axborot taqchilligi o‘rtasidagi ziddiyat echildi; boshqa zahiralarga qiyoslaganda axborot ustuvorligi ta‘minlandi; rivojlanishning asosiy shakli axborot iqtisodiyoti bo‘ladi; eng yangi axborot texnika va texnologiyalar yordamida avtomatlashtirilgan holda bilimlarni saqlash, qayta ishlash va foydalanish jamiyati shakllanadi; axborot texnologiyasi inson ijtimoiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab olib, umumiylik xususiyatini kasb etmoqda; butun insoniyat tsivilizatsiyasining axborot birligi shakllanmoqda; zamonaviy axborot vositalari yordamida har bir insonning butun tsivilizatsiya axborot zaxiralariga erkin kirishi amalga oshdi. Ushbu ijobiy tomonlardan tashqari, uning salbiy oqibatlar ham oldindan qurilgan: a) ommaviy axborot vositalarining jamiyatga tobora ko‘proq ta‘sir ko‘rsatishi; b) axborot texnologiyalari odamlar va tashkilotlarning xususiy hayotini buzib yuborishi; v) sifatli va ishonchli axborotni tanlash muammosi mavjudligi; g) ko‘pgina odamlarning axborot jamiyati muhitiga moslashishi qiyinligi. ―Axborot elitasi‖ (axborotlarni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kishilar) va iste‘molchilar orasida muammolar vujudga kelishi havfi. Moddiy ishlab chiqarishga yunaltirilgan sanoat jamiyatida allaqachonlar klassik iqtisodiy kategoriyalar bo‘lgan bir necha asosiy zaxira turlari ma‘lum, ya‘ni: Moddiy zaxiralar - ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun mo‘ljallangan mehnat predmetlari yig‘indisidir, masalan, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, yarim tayyor masulotlar, detallar va hokazolar. Tabiiy zaxiralar – kishilarning moddiy va ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyat tomonidan foydalanadigan tabiat ob‘ektlari, u erdagi jarayonlari sharoitlaridir. Mehnat zaxiralari – jamiyatda ishlash uchun umumiy ma‘lumot va kasbiy bilimlarga ega kishilardir. Moliyaviy zaxiralar – davlat yoki tijorat tuzilmalari ixtiyorida bo‘lgan pul mablag‘lari. Energetika zaxiralar – energiya quvvati mavjud mahsulotlar, masalan, ko‘mir, neft‘ mahsulotlari, gaz, gidroenergiya, elektr energiyasi va hokazolar. Kibernetika, so‘ngra hisoblash texnikasi va axborotlashtirishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan axborot so‘zi o‘zining dastlabki ma‘nosini saqlab qolgan bo‘lsada, ayni paytda bir qator yangi ma‘nolarga ham ega bo‘ldi. Axborot deganda biz qandaydir bir tizim haqida ma‘lumotlar, dalillar, bilimlar yig‘indisini tushunamiz. Tizim haqidagi axborot yoki kuzatish yo‘li bilan ham tabiiy, ham modelli tajribalar natijasida mavhum gipotetik tizimlarni o‘rganish – mantiqiy xulosa chiqarish asosida olinishi mumkin. Tajriba o‘tkazilguncha mavjud bo‘lgan axborot aprior, tajribadan keyingisi – aposterior deyiladi. Axborot olish jarayoni ko‘pincha statistik xususiyatga ega bo‘lgani uchun tizim haqidagi axborot (ayniqsa murakkabi) determinlashgan yoki ehtimollashgan ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar yuzaga kelgan: Jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fanlar, texnika, texnologiya, madaniyat, san‘at va tibbiyot kabi sohalarning turli masalalari haqidagi mavjud ma‘lumotlari, axborot zaxiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy hayotga tobora ko‘proq ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda. Axborot – fan va texnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-texnika ma‘lumotlari, bilimlari yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, mazkur talqinga binoan, fan-texnika faoliyati axborot xizmati tizimining mahsuli va xom-ashyosidir. Axborot – axborot xizmati tizimlarida fan-texnika faoliyati va turli sohalarda kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi ma‘lumotlar yig‘indisidir, ya‘ni axborot zaxiralarini ishlab chiqarish va iste‘mol etish faqat jamiyatning intellektual hayoti bilan cheklanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to‘liq, axborot jarayonlari ko‘p qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bermoqda. Haqiqatdan ham, axborot jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Axborot zaxiralari – alohida hujjat va alohida hujjat to‘plami, axborot tizimlari (kutubxona, arxiv, fond, ma‘lumotlar banklari, boshqa axborot tizimlaridagi xujjatlar va xujjatlar) to‘plamidir. Boshqaruv karorlarini qabul qilish jarayoni ma‘lumotlarning ulkan oqimida zarur axborotni ko‘rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko‘zda tutadi. Axborot tanlash ancha mehnat talab qiladigan, demakki, qiymati yuqori jarayon. SHuning uchun uni tasniflash zarur. (2.1- rasm). Tasnif tizimini axborotga qo‘llash uchun quyidagicha yondashish zarur: 1) Axborotni tahlil qilish tasnif va qiyoslash vositalari asosida bo‘lishi kerak. 2) Tasnif asosiga turli omil va koordinat tizimlari qo‘yilishi lozim. 3) Ayrim omil va koordinat tizimlari u yoki bu farqlarga asoslanishi mumkin, masalan aniq bir bozor va tovarlarni bilish zarur. 4) Tahlilning mohiyati va teranligi avvalo berilgan axborot turi va hajmiga bog‘liq. Axborotni turli belgilarga qarab tasniflash ahamiyatli. 1. Axborot olish usuli bo‘yicha quyidagilarga tasniflanadi: a) tadqiqot davomida bevosita so‘rov varaqalari yordamida, telefon so‘zlashuvlari va shaxsiy suhbat yo‘li bilan olib borilishi mumkin; b) davriy va maxsus adabiyotlarni o‘rganish orqali; v) ma‘lumotlarni telefaks yoki maxsus magnitli tashuvchilar vositasida uzatish. Odatda bu axborot maxsus agentliklar so‘rovi bo‘yicha amalga oshiriladi. Bunday axborot u yoki bu muammo yoki muhitga muvofiqligi, shuningdek, to‘laqonligi va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Ma‘lumot va xabarlarni optik disklar (kompakt disklar)da uzatish so‘nggi yillarda keng ommalashdi. Ularda nafaqat matn, balki istalgan boshqa video va audio axborot yozuvlari ham uzatiladi. 2. Qayta ishlash usuliga ko‘ra ma‘lumotlar birlamchi, ikkilamchi, hosila, mantiqiy xulosa va yakunlarga bo‘linadi. Jumladan, boshlang‘ich axborot odatda voqelikda yuz beruvchi jarayonlarni kuzatish natijasida shakllanadi va qayta ishlanmasdan qayd etiladi. Ikkilamchi o‘z asosiga ko‘ra birlamchi ma‘lumotlarga tayanadi. Hosila axborot dastlabki, ikkilamchi yoki boshqa axborotni qayta ishlash natijasidir. SHu bilan birga, tadqiqotlarda boshlang‘ich axborot sifatida rejalashtirish, hisob va tahlil vazifalarini hal etish jarayonida olingan ma‘lumotlar kiritiladi. SHu munosabat bilan boshlang‘ich va hosila axborotni uning yuzaga kelishi muhiti va foydalanish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish lozim. 3.Tadqiqot ob’ekti nuqtai nazaridan axborot. Eng avvalo tashqi makromuhit ta‘sirini hisobga olgan holda ma‘lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar banklaridan foydalanish uchun asoslangan yunalishni tanlash maqsadida bozor ehtiyoji va talablarini o‘rganishga yo‘naltiriladi. 4. Funktsional vazifasiga ko’ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin: a) yangi tovarlarni ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va iqtisodiy ahvoli qanday bo‘lishini ochib beruvchi axborot; b) bozorning aniq segmentida raqobatchilar holatini ifodalovchi axborot. v) amalda erishilganiga qaraganda ko‘zlangan natijadan chetga chiqishni aniqlash bo‘yicha axborot (chetga chiqish sabablarini belgilash). Ushbu uchchala tur birdek muhim, zero, ulardan birgalikda foydalanishgina firma vazifalarini samarali hal etishni ta‘minlaydi. Axborotning birinchi turi prognozlash va rejalashtirish funktsiyasi bilan; ikkinchisi hisob-kitob funktsiyasi bilan; uchinchisi nazorat va tahlil funktsiyalari bilan uzviy bog‘liqdir.

5. Vazifasiga ko’ra axborot, ma’lumotnoma, tavsiyanoma, me‘yoriy va signalli turlarga bo‘linadi. Ma’lumotnoma axborot ko‘proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob‘ektlarning qancha barqarorligi belgilarini tavsiflaydi va ma‘lumotnomalar (spravochniklar) tizimi shaklida namoyon bo‘ladi. Xorijiy ma‘lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan ma‘lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildanyilga uzluksiz ko‘payib bormoqda. Tavsiyanoma axborot o‘z navbatida bosma nashrlarda e‘lon qilingan va tijorat ma‘lumotlar bazalaridagi ma‘lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni o‘tkazish natijalariga ko‘ra shakllanadi. Me’yoriy axborot asosan ishlab chiqarish sohasida shakllanadi va foydalaniladi. U ishlab chiqarishning turli elementlari rejali, miqdoriy o‘lchovini tavsiflovchi ilmiy va texnik asoslangan me‘yorlar tizimini aks ettiradi. Signalli axborot muhitdagi ob‘ektlar faktik holatining rejasidan chetga chiqishi paydo bo‘lganda yuzaga keladi. CHetga chiqish sabablari aniqlangandan so‘ng ularni bartaraf etish choralari ko‘riladi. 6. Taqdim etish usuliga ko’ra axborot matn, jadval, matritsa, grafik va dinamik qatorlarga bo‘linadi. Matn axboroti eng ko‘p rasmiylashtirilgandir, shu bois uni qayta ishlash uchun hozirgi paytda gipermatn dastur tizimi ko‘rinishida maxsus dasturiy vositalar qo‘llanilmokda. Bunday tizimlar matn hujjatlar ma‘lumot bazasini yaratish, yuritish va foydalanish uchun mo‘ljallangan. 7. Axborot o’zining barqarorligiga ko’ra o‘zgaruvchan, shartli-doimiy va doimiyga bo‘linadi. O‘zgaruvchan axborot ob‘ektlar ishlashining miqdoriy va sifat xususiyatlarini aks ettiradi. SHartli-doimiy va doimiy axborotlar muxitning doimiy o‘lchamini aks ettiradi, shu bois ular uzoq vaqt mobaynida o‘zgarmas bo‘lib qoladi. Axborotning taklif etilgan tasnifi boshqarish ob‘ekti axborot negizini oqilona shakllantirishga imkon beradi. Axborot doimo o‘z manbalariga va axborotdan foydalanuvchilarga (iste‘molchilarga) ega bo‘ladi. Xabarlarni, axborot manbalari axborot kommunikatsiyalari deb ataladi.
Download 22,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish