2.Parazit bo’g’imoyoqlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar.
Parazitlarni xo‘jayinlari bilan bog‘lanish darajasiga qarab,obligat, fakultativ va tasodifiy parazitlar farqlanadi. Obligat parazitlar – haqiqiy parazitlar hisoblanadi. Bularga bitlarni misol qilib keltirish mumkin. Fakultativ parazitlarga – ko‘k yashil va go‘sht pashshalari kiradi, ular tuxumlarini ham axlatga, ham hayvonlarning turli jarohatlangan joylariga qo‘yadi (lichinkalari ham nekrofag, ham parazit). Tasodifiy parazitlarga, asosan erkin yashovchi hasharotlar kirib,tasodifan boshqa organizmlarga tushib qolishi (turli erkin yashaydigan hasharot lichinkalari, tuxumlari) mumkin. Parazit bo‘g‘imoyoqlilarni xo‘jayin tanasida tarqalishiga qarab,ektoparazitlar (qandalalar, bitlar, burgalar, kanalar) va endoparazitlar (tana ichi parazitlari)ga bo‘lib o‘rganiladi. Endoparazitlarni bir nechta tarmoqlarga bo‘lish mumkin
:-teri ichi parazitlari (qichima kanalari);
-tana bo‘shlig‘i parazitlari (tashqi burun, quloq bo‘shlig‘lari, bo‘shliq bo‘kalari lichinkalari);
-ichak parazitlari (oshqozon - ichak bo‘kalari);
-to‘qima ichi parazitlari (Volfart pashshasi).
Bo‘g‘imoyoqlilar xo‘jayinlari bilan bog‘lanishlari ham turlicha. Trofik, topik va forik bog‘lanishlar. Trofik bog‘lanish: oziqlanishi – fitofagiya – o‘simliklar bilan oziqlanuvchilar (kapalak qurtlari va boshqalar).
Gemotafag – qon bilan oziqlanuvchilar (kana, bit, burga, qandala,qon so‘ruvchi ikki qanotlilar). Kerotofag – shox moddalari(tuklar, sochlar, yog‘och mahsulotlari) hisobiga oziqlanuvchilar (parxo‘rlar, kanalar, po‘stxo‘rlar).
Nektorofag – gul shirasi bilan oziqlanadi (ayrim ikki qanotlilar,kapalaklar va boshqalar). Nekrofag – tirik organizmlarning o‘lik qoldiqlari hisobiga oziqlanish (go‘sht pashshalarini lichinkalari). Koprofag – ekskrementlar hisobiga oziqlanadi (ayrim pashsha lichinkalari, go‘ng qo‘ng‘izi va boshqalar).
Parazitlar xo‘jayinlari bilan bog‘lanish vaqtiga qarab, doimiy va vaqtinchalik parazitlarga bo‘linadi.Doimiy parazitlar xo‘jayinni tark etmaydi (bitlar, qo‘tir kanalari va boshqalar). Vaqtinchalik parazitlar xo‘jayiniga faqat oziqlanish vaqtida tashlanadi (chivinlar, pashshalar, so‘nalar ayrim kanalar va boshqalar).
Bo‘g‘imoyoqlilar hayot jarayoniga qarab, butun hayoti davomida parazitlik qiluvchilarga va fazali parazitlarga ajratiladi. Qandalalar,bitlar, ayrim kanalar butun hayoti davomida parazitlik qiladi. Chivinlar, moshkalar voyaga yetganda qon so‘radi. Volfart pashshalarini lichinkalik davri parazit. Bular fazali parazitlar hisoblanadi. Agar parazit faqat bitta xo‘jayinni qonini so‘rsa monofag (bir xo‘jayinli), xo‘jayinlar doirasi keng bo‘lsa polifag (ko‘p xo‘jayinli)deyiladi. Agar xo‘jayinlar doirasi chegaralangan bo‘lsa oligofag (bir nechta xo‘jayinli) hisoblanadi.Bo‘g‘imoyoqlilarnitopik (biologik) bog‘lanishi. Bu bo‘g‘imoyoqlilarni boshqa organizmlar bilan substrakt sifatida, ya’ni yashash muhiti sifatida bog‘lanishidir. Bularga statsionar ektoparazitlar va endoparazitlar (parxo‘rlar, patxo‘rlar, bitlar, ko‘pchilik kanalar) kiradi. Forik bog‘lanish. Foritsa – harakat degan ma’noni anglatadi. Bunda bo‘g‘moyoqlilar va boshqa organizm bir-biri bilan turli harakatlar orqali bog‘lanadi, ya’ni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib o‘tish (turli kanalar bir joydan ikkinchi joyga qushlar orqali o‘tadi va hokazo) orqali bog‘lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |