S1NGAMIDLAR ( SYNGAMIDAE) oilasidan Syngamus trachea nematode turi tovuq, kurka, g‘oz va yovvoyi parrandalaming nafas yoilarida, ya’ni traxeyasida parazitlik qiladi va singamoz kasalligini keltirib chiqaradi. Singamoz bilan asosan jo‘jalar kasallanadi. linsiy voyaga yetgan erkak va urg‘ochi singamuslar hamma vaqt bir-biriga birikkan holda yashaydi. Erkaklari urg‘ochilaridan birmuncha kichik, og‘iz kapsulasi yarim sharsimon xitinlashgan boiib, juda yaxshi rivojlangan. Erkaklarining uzunligi 2-6 mm, urg‘ochilariniki esa 5-20 mm boiib, jinsiy teshigi tanasining oldingi qismida joylashgan.
Urg‘ochi singamuslar parrandalaming kekirdagiga tuxum qo‘yadi, so‘ngra bu tuxumlar og‘iz bo‘shlig‘i orqali oshqozonga tushadi. Parazit tuxumlari oshqozonda hech qanday o‘zgarmay tashqi muhitga chiqadi. Tashqi muhitda 8-9 kun ichida tuxumdagi lichinka ikki marta tullab, o‘zining invazion, ya’ni yuqumli davriga o‘tadi. Parrandalar ichida yuqumli lichinkasi bo‘lgan bunday tuxumlami yutib yuborsa, ularning oshqozonida tuxunllardan lichinkalar chiqadi va ichakdan qon tomirlariga o‘tib, qon orqali o‘pkaga boradi. 0‘pka alveolalarida lichinkalar yana 2 marta tullab, so‘ngra bronxlarga o‘tadi. Bir qancha vaqtdan keyin erkak singamuslar urg‘ochilarini jinsiy organlari toiiq rivojlanmagan holda urug‘lantiradi.
Parazitlik qilishning 7-kunida singamuslar paixandaning kekirdagiga о‘tadi va u yerda juda tez о‘sib rivojlanadi hamda 3-7 kun davomida jinsiy voyaga yetadi. Parranda zararlanganidan 17-20 kun o‘tgach, singamus tuxumlari axlat bilan tashqariga chiqa boshlaydi va bu jarayon 27-35 kun davom etadi. Singamuslar tuxum qo‘yib boigandan keyin yana 5-7 kun yashaydi va asosiy xo‘jayini tanasida ularning yashash muddati 2 oy atrofida bo‘ladi.
Singamuslaming rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki rezervuar xo‘jayinlar orqali ham borishi mumkin. Singamuslaming invazion tuxumlarini tashqi muhitda ayrim umurtqasiz hayvonlar (yomg‘ir chuvalchanglari, suv va qumqlikda yashovchi molluskalar, ko‘poyoqlar, uy pashshalari) yutib, ular organizmida lichinkalar paydo bo‘ladi va uzoq vaqtgacha hech qanday o‘zgarishsiz yashaydi. Yuqorida keltirilgan umurtqasiz hayvonlar, ayniqsa yomg‘ir chuvalchanglari singamuslar uchun rezervuar xo‘jayin vazifasini bajaradi. Demak, parrandalar singamuslar bilan invazion tuxumlarini yutish va rezervuar xo‘jayinlarini yeyish orqali parazitni o‘zlariga yuqtiradi.
Singamuslaming rezervuar xo‘jayinlari sifatida yomg‘ir chuvalchanglaridan -Lumbricus, Allolobophora, Eisenia urug‘lari vakillari, qumqlikda yashovchi molluskalardan - Agriolimax, Helix, Helicella urug‘lari vakillari va pashsha lichinkalari aniqlangan.
Singamozlar parrandalaming kekirdagida parazitlik qilib, ko‘payib ketganda nafas olish yo‘llarini berkitib, o‘pkaga havo o ‘tishini qiyinlashtiradi. Shuningdek, keng va kuchli kapsulasi yordamida kekirdak devorlariga yopishib, uni og‘ir shikastlaydi. Jo‘jalar kuchli zararlanganda bo‘ynini cho‘zadi, og‘zini katta ochib,esnashga o‘xshab harakat qiladi. Kasallangan jo'jalar ozib ketadi va ba’zan halok bo`ladi.
Singamoz bilan kasallangan parrandalami davolash uchun yodning suvdagi eritmasini o‘tmas uzun ignali shpris yordamida ulaming og‘iz va hiqildoqlari orqali kekirdagiga yuboriladi. Kasallangan jo ‘jalami tetramizol, tiabendozol, yodofen va mebenvet kabi preparatlar bilan ham davolashadi. Xonaki parrandalar boqiladigan joylarga yovvoyi parrandalar kelmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |