1-ma’ruza: Organik kimyo predmeti


-MA’RUZA: Organik kimyo predmeti



Download 3,09 Mb.
bet32/133
Sana03.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#315292
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133
Bog'liq
Navoiy davlat pedagogika instituti tabiatshunoslik fakulteti kim

4-MA’RUZA: Organik kimyo predmeti

Ajratilgan soat: 2 soat

Mashg’ulot turi: ma’ruza

Reja:

  1. O’zbekistonda organik birikmalar ishlab chiqarish.

  2. Organik birikmalarning sinflarga bo’linishi.

  3. Organik birikmalarning tuzilishi.

  4. Organik birikmalarning izomeriyasi va nomlanishi.Butlerov nazariyasi.

Organik kimyo fani. Organik kimyo –organik moddalarni tashkil qiluvchi uglerod birikmalarining kimyosini o`rganuvchi fandir.

Organik moddalar kishilarga qadimdan ma`lum, ular organik bo`yoqlarni (alizarin, purpur, indigo), uzum sharbatini bijg`itib sirka hosil qilishni, o`simliklardan shakar, moy olishni, yog’larni ishqorlar bilan qaynatib sovun hosil qilishni bilganlar va bu moddalardan foydalanganlar. Ammo uzoq vaqtgacha organik moddalar aralashma holida ishlatilib kelingan. XIX asrga kelib arab alximiklari sirkadan sirka kislotani, musallas ichimligidan etil spirtini sof holda ajratib olishga muyassar bo`ldilar. XVI asrda etil spirtini sulfat kislota bilan ishlash natijasida etil efir olindi. Organik moddalarni sof holda olish va ularni o`rganish XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlariga kelib kuchaydi.

Atoqli shved ximigi I.Berselius (1779-1848) «o`simlik va hayvon organizmlarida hayot mavjud ekan, ularda moddalarning sintezi jonsiz tabiatdagiga qaraganda boshqacha bo`lib, qandaydir «hayotiy kuch» ning ta`sirida sodir bo`ladi»deydi.

Shu davrda bir guruh ximiklar Bercelius izidan borib fanda vitalistik (latincha vita so’zi «hayot» lis «kuch» demakdir) oqim kelib chiqadi. Bu oqim tirik tabiatdagi moddalarni laboratoriya sharoitida sintez qilib bo`lmaydi, degan idealistik ta`limotni olg`a surib, kimyo fanining taraqqiyotiga to`sqinlik qildi.

1824 yilda Berseliusning shogirdi, nemis ximigi F.Vyoler laboratoriya sharoitida disiandan o`simlik organizmida uchraydigan oksalat kislotani oladi:

disian oksalat kislota

Ayniqsa F.Vyolerning 1828 yili oddiy anorganik tuz ammoniy sianitdan hayvon organizmida hosil bo`ladigan mochevinani sintez qilishi vitalistik ta`limotga juda katta zarba berdi.

Ammoniy


sianat mochevina

Bu kashfiyot kimyoda katta burilish yasab, organik moddalarning hosil bo`lishida hech qanday «hayotiy kuch» qatnashmasligini isbotlab berdi.

1842 yili buyuk rus olimi N.N.Zininning nitrobenzoldan anilin olishi, 1845 yili nemis ximigi Kolbening sirka kislota sintez qilishi. 1854 yili fransuz ximigi Bertloning yog`ni hosil qilishi va 1861 yili rus olimi Butlerovning oddiy chumoli aldegididan shakarsimon modda hosil qilishi «hayotiy kuch» haqidagi reaksion idealistik ta`limotga batamom zarba berdi va organik kimyo faning rivojlanishiga katta yo`l ochildi.

Organik moddalar tarkibida uglerod elementi albatta bo`lishi XVII asrda uzil kesil isbotlandi. Shu bilan birga ko`pchilik organik birikmalar tarkibida uglerod elementidan tashqari vodorod, kislorod, azot va boshqa elementlar borligi aniqlandi.

1861 yili Qozon universitetining professori Aleksandr Mixaylovich Butlerovning organik moddalarning kimyoviy tuzilish nazariyasini yaratishi organik kimyoning rivojlanish tarixida olamshumul ahamiyatga ega bo`ldi.

A. M. Butlerov o`zining «Organik kimyoni to`liq o`rganishga kirish» degan kitobida uglerod birikmalari anorganik birikmalarga nisbatan beqaror ekanligini, uglerod boshqa elementlar bilan birikib xilma-xil birikmalar hosil qilishini, uglerodli ko`pchilik birikmalar bir xil empirik formulaga ega bo`lib, tuzulishi va xususiyatlari jihatdan farqlanishini ko`rsatib berdi va bu hodisani izomeriya deb atadi.

Uglevodorodlarda vodorod atomlari boshqa elemenlarning atomlariga almashinib yangi birikmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli organik kimyoni ba`zan uglevodorodlar va ularning hosilalari kimyosi deb ham ataydilar.

Uglerod birikmalari hosilalarinig kimyoviy xususiyatlari ulardagi funksional gruppalarning xossalariga bog`liq. Masalan, metanda vodorodning bitta atomi aminogruppa-NH2 ga o`rin almashingan bo`lsa, bu birikma asos xususiyatlariga, karboksil gruppa –COOH ga o`rin almashingan bo`lsa kislota xususiyatlariga ega bo`ladi:

CH3NH2 CH4CH3 COOH

Metilamin sirka kislota

Nemis ximigi K. Shorlemmer uglerod atomlari o`zaro birikib –C-C- zanjirini hosil qilishini ko`rsatib berdi. Shu tariqa organik kimyo fan sifatida tarkib topib va rivojlanib bordi.

Organik kimyo fani biologiya, medisina, agrokimyo, o`simlik moddalar kimyosi, o`simlikni muhofaza qilish va boshqa fanlar hamkorligida rivojlanmoqda.

Organik kimyo fanining yutuqlaridan xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida foydalanilmoqda. Kimyo sanoatida plastmassalar, organik shisha va sintetik tolalarni sintez qilish sanoatning avtomabilsozlik, samolyotsozlik, elektr, radio, to`qimachilik kabi tarmoqlarning rivojlanishiga katta hissa qo`shmoqda. Sintetik materiallar o`zining chidamliligi jihatidan metall va boshqa qurulish materiallaridan ustun va arzon turadi. Qishloq xujalik ekinlari hosildorligini oshirishda, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishda, sanoatda olinayotgan organik preparatlardan insekticid, fungicid, gerbicid va defoliant hususiyatiga ega bo`lgan moddalar katta rol o`ynamoqda.

Organik kimyo organik moddalarning asosiy manbalarini-toshko’mir, neft, tabiiy gazlar, o`rmon va qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash yo`li bilan xalq xo`jaligi uchun yoqilg`ilar, bo`yoqlar, portlovchi moddalar, dori- darmonlar, sun`iy ipak tolalar, o`g`itlar va boshqa kerakli mahsulotlar etkazib beradi. Paxta tolasini qayta ishlash, sun`iy ipak tolalarini olinishi, kapron, neylon, va lavsan kabi sintetik tolalarning olinishi organik kimyoning to`qimachilik sanoatiga ko`shgan katta hissasi bo`ldi.

O’zbekistonda ham keyingi yillarda kimyo fani va sanoati gurkirab o’sdi, ko’plab yangi zavodlar qurildi. Shu jumladan «Navoiazot», Chirchiq «Elektroximprom» birlashmalari, Farg’ona furan birikmalari zavodi, Samarqand, Qo’qon o’g’it zavodlari va boshqalar kimyo sanoatimizning faxri hisoblanadi. 2000 yilning boshlarida yiliga 125 ming tonna etilen ishlab chiqara oladigan Sho’rtan gaz-kimyo majmuasi ishga tushirildi.

Yirik kimyogar olimlar, akademik O.S. Sodiqov, S. Yunusov, M.N. Nabiyev, X.U. Usmonov, A.S. Sultonov, Yu.T. Toshpo’latov, M.A. Asqarov, N.R. Yusupbekov, A.B.Qo’chqorovlarning nomi chet-ellarda ham ma’lum.

Diyorimizda tabiiy gaz, neft, paxta, gaz kondensati kabi arzon xom ashyolarning mavjudligi organik kimyo fani va sanoatining rivojlanishiga muhim omil bo’ldi.

Hozirgi kunga kelib organik kimyo fani yuksak darajada rivojlandi. Jonli dunyoning hayot faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo’lgan gemin, gemoglobin, xlorofill, vitaminlar, alkoloidlar, antibiotiklar, gormonlar sintez usulida olinmoqda. Nuklein kislotalar to’liq sintez qilib olindi. Ularning oqsil sintezidagi ahamiyati nasl belgilarining saqlanishi va o’tishidagi ahamiyati aniqlandi.

Organik birkmalarning turlari. Organik birikmalarning naqadar ko`pligi va xilma- xilligi, ularning tuzilishiga qarab sinflarga bo`lib o`rganishni talab etadi. Shuning uchun organik birikmalar uglerod atomlarining molekulada joylashishiga qarab yoki ularning hosil qilgan skeletlariga qarab uchta asosiy sinfga bo`linadi.

1. Atsiklik birikmalar. Alifatik yoki yog` qatori birikmalari. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan to`g`ri yoki tarmoqlangan zanjirli birikmalar kiradi:



Atsiklik birikmalar to`yingan va to`yinmagan birikmalarga bo`linadi. To`yinmagan birikmalarda uglerod atomlari o`zaro qo`sh va uch bog`lar orqali birikkan bo`ladi:

C=C-C- ; -C=C-C-; -CC- C=C-

2. Karbotsiklik birikmalar. Bu sinfga uglerod atomlaridan tashkil topgan halqa shaklidagi zanjirli birikmalar kiradi. Ular ikkiga bo`linadi.

1. Alitsiklik birikmalar :

2. Aromatik birikmalar tarkibida С6Н6 gruppa- benzol halqasi bo`ladi:



3. Geterotsiklik birikmalar. Bu sinfga molekulasida ugleroddan boshqa element (kislorod, azot, oltingugurt va boshqalar) atomlari ham bo`ladigan halqasimon (tsiklik) birikmalar kiradi:



Organik birikmalarning kimyoviy xususiyatlari ularning tarkibiga kiruvchi atomlardan tashkil topgan gruppalarning xususiyatlariga bog`liq. Molekuladagi bu gruppalar funksional gruppalar deb ataladi. Masalan, molekulada karboksil- «СOOН»funksional gruppa bo`lsa modda kislota, amino- «NH2»- funksional gruppa bo`lsa asos xususiyatiga ega bo`ladi. Yuqoridagi uchta asosiy sinf birikmalarning bitta yoki bir necha vodorod atomi tegishli funksional gruppaga almashinishi natijasida bu birikmalarning hosilalari- yangi sinf birikmalari olinadi. Masalan, galoidlar (F, Cl, Br, I) o`rin almashishidan galoid birikmalar, gidroksil-OH gruppaga almashinganda spirtlar, karbonil-C=O ga almashinsa alьdegid va ketonlar, karboksil-COOH da kislotalar, amino-NH2 gruppada aminlar, nitro-NO2 gruppada nitrobirikmalar, molekulada ham gidroksil ham karboksil gruppalar bo`lsa oksikislotalar, ham amino ham karboksil gruppalar bo`lsa aminokislotalar bo`ladi.

Butlerovning kimyoviy tuzulish nazariyasining asosiy qoidalarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1. Organik modda molekulalari haqiqiy mavjud materiyaning zarrachasi bo`lib, aniq kimyoviy tuzilishga ega, ya`ni malekulalarni tashkil qiluvchi atomlar bir-biri bilan ma`lum izchillikda bog`lanib doimo bir-biriga ta`sir qilib turadi.

2. Moddalarning fizikaviy va kimyoviy xossalari molekulalarning tarkibi hamda ularning tuzilishiga bog`lik. Molekulasining tarkibi, molekulyar og`irligi bir xil bo`lib, ammo kimyoviy tuzilishi va xossalari har xil bo`lgan moddalar izomerlar deyiladi.

3. Kimoviy tuzilish – molekuladagi atomlarning birikish tartibidir. Har bir molekula o`ziga xos yagona kimyoviy tuzulishga egadir.

4. Organik moddalarning kimyoviy tuzilishi ularning xossalarini o`rganish va klassik kimyoviy reaksiyalar orqali aniq tuzilishga ega bo`lgan moddalar hosil qilish orqali aniqlanadi. Molekulaning tuzilishi shu molekulani sintez qilish yo`li bilan isbotlanadi.

5. Organik moddalarda uglerod elementi doimo to`rt valentli bo`lib, boshqa elementlar bilan birikishidan tashqari, o`zaro birikib to`g`ri, tarmoqlangan va halqasimon zanjirlar hosil qila oladi.

A. M. Butlerovning tuzilish nazariyasi organik kimyo fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shdi.

1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish