1-Ma’ruza: Musobaqa yillik taqvim rejasini tuzish, musobaqa nizomi, qarori, tashkiliy ko‘mitasi, sarf-xarajatlar smetasi xamda musobaqalarni ochilish va yopilish tartibi.
Sovrinli o‘rinlar, shuningdek musobaqada katnashuvchi jamoalar yoki jismoniy tarbiya jamoalari (natijalar klublar bo‘yicha xisobga olinganda) egallaydigan barcha keyingi o‘riilar aniklanadigan biron -bir rasmiy musobaqa o‘tkazishdan avval musobaqa xakidagi nizom tuzilgan bulishi kerak Bu nizom gandbol federatsiyasi yoki musobaqani o‘tkazuvchi boshka biror tashkilot tomonidan tasdiklanadi.
Musobaqa xakidagi nizom katta yuridik kuchga ega bo‘lgan xujjatdir. Unda asosiy tashkiliy va texnik shart - sharoitlar aniq bayon kilingan bo‘ladi. Nizom o‘quv-mashk ishlarining mazmunini belgilab beradi, chungki jamoalarning tashkiliy - uslubiy tayyorgarligi bo‘lajak musobaqalarning xususiyatlarini xisobga olgan xolda o‘tkaziladi. Musobaqada katnashuvchi jamoalarning tayyorgarlik: ko‘rish uchun etarli varqtga ega bo‘lishlari nazarda tutilib, nizom oldindan tasdiklanishi va tarkatilishi kerak.
Musobaqani o‘tkazish davrida tasdiklangan nizomdan chetga chikishga yul kuyilmaydi, aks xold,a mazkur musobaqa uni o‘tkazayotgan tashkilotning obruyiga putur etkazadi va keraksiz nizolarni keltirib chikaradi, xolos.
Musobaqa nizomida kuyidagi masalalar aks ettirilgan bulishi kerak:
1. O‘tkazilayotgan musobaqaning maqsadi va vazifalari.
2. Musobaqaning kim tomonidan o‘tkazilayotgani (federatsiya, tashkiliy ko‘mita va xokazolar).
3. Musobaqa o‘tkazish muddatlari va shartlari.
4. Musobaqaga quyiladigan jamoalar soni va nomi, «zayavka»ga kiritiladigan katnashchilarning maksimal miqdori.
.
5. Musobaqa o‘tkaziladigan o‘yin tizimi (davrali - bir yoki ikki davrali, mag‘lubiyatdan keyin o‘yindan chikib ketiladigan, aralash tizim).
6. Xisobga olish tizimi va jamoalarning (natijalar klublar bo‘yicha xisoblanganda) egallagan o‘rinlarini aniklash tartibi.
7. Musobaqaning aloxida shartlari (kanday xollarda o‘yinda kushimcha vakt belgilanishi va uning davomiylmgi, o‘yin durang bilan tugallanganda yoki o‘tkazilgan musobaqa natijasida ochkolar soni teng bulganda rolibni annquash usullari, o‘yin qoidalarida ko‘rsatilganidan tashkari nechta zaxiradagi o‘yinchini almashtirish mumkinligi va xokazolar).
8. Jamoalarni va musobaqa katnashchilarini rasmiylashtirish tartibi, shakli, o‘yinchilarning talabnomalar berish va kayta talabnoma berish muddati.
9. Musobaqalarni olib boradigan xakamlar xay’atining nomi.
10. O‘tkazilgan o‘yinga norozilik bildirish va uni karab chikish, shuningdeq o‘yinchilarni maydondan chikarib yuborish yoki ularni ogoxlantirish bilan bog‘lik bo‘lgan intizom masalalarini kurib chikish tartibi.
I. Uyynchilari intizomni bo‘zganligi uchun jamoalarning javobgarligi xamda maydon (sport zal) va klublar ma’muriyatining o‘yin utkazish vaktida tartib saklanishi uchun javobgar bo‘lishi.
12. Musobaqa o‘tkaziladigan joylar va ularga kuyiladigan talablar.
13. G‘oliblarni mukofotlash xamda oxirgi o‘rinlarni egallagan jamoaning yoki jamoalarning keyingi xuddi shunday musobaqada katnashish shartlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |