1-Ma’ruza. «Muhandislik grafikasi» fanining maqsad va vazifalari. Fazoviy shakllarni tekislikda tasvirlashning proyeksiyalash metodlari. Markaziy, parallel, ortogonal proyeksiyalar va ularning asosiy xossalari


Nuqtaning tekislikdagi proyeksiyasi nuqta bo’ladi. 2-xossa



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/20
Sana13.07.2022
Hajmi2,02 Mb.
#789947
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
1-ma\'ruza (KT)

.
Nuqtaning tekislikdagi proyeksiyasi nuqta bo’ladi.
2-xossa.
 
Proyeksiyalash yo’nalishiga parallel bo’lmagan to’g’ri chiziqning tekislikdagi proyeksiyasi 
to’g’ri chiziq bo’ladi.
3-xossa. Agar nuqta to’g’ri chiziqqa tegishli bo’lsa, nuqtaning proyeksiyasi ham to’g’ri chiziq 
proyeksiyasiga tegishli bo’ladi (4-rasm). 
4-xossa. Nuqta to’g’ri chiziq kesmasini qanday nisbatda bo’lsa, uning proyeksiyasini ham xuddi 
shunday nisbatda bo„ladi (4-rasm): 
5-xossa. Kesishuvchi to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari ham kesishgan bo’ladi. Kesishuv nuqtasi 
va uning proyeksiyasi bitta bog’lovchi chiziqda yotadi (1.5-rasm). 
6-xossa. Parallel to’g’ri chiziqlarning proyeksiyalari ham o’zaro parallel bo’ladi. To’g’ri chiziq 
kesmalarining nisbati ularning proyeksiyalari nisbatiga tengdir (1.6-rasm): 
7-xossa. To’g’ri burchakli proyeksiyalarda, agar to’g’ri burchakning bitta tomoni proyeksiyalar 
tekisligiga parallel bo’lsa, hamda ikkinchi tomoni ushbu tekislikka perpendikulyar bo’lmasa, bunday 
hollarda to’g’ri burchak shu tekislikka o’zgarmay proyeksiyalanadi (1.7-rasm).
8-xossa. Tekis shakl proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, u shu tekislikka o’zgarmay asliga teng 
bo’lib proyeksiyalanadi.


To'g'ri burchakli proyeksiyalash.
Ta'rif. Proyeksiyalovchi nur proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lsa, bunday parallel 
proyeksiyalashni to'g'ri burchakli proyeksiyalash deyiladi. To'g'ri burchakli proyeksiyalashni ortogonal 
proyeksiyalash deb ham yuritiladi. Ortogonal proyeksiyalashda proyeksiyalovchi nur yo'nalishi 
ko'rsatilmaydi. Masalan, A nuqtani P tekislikka ortogonal proyeksiyalash uchun A nuqtadan (1.7-rasm) 
perpendikulyar tushiriladi. Bu perpendikulyarning R tekislikdagi asosi Ap nuqta fazodagi A nuqtaning 
ortogonal proyeksiyasi bo'ladi. Geometrik shakllar proyeksiyalar tekisligiga qisqarib proyeksiyalanadi. 
Masalan, ortogonal proyeksiyalashda to'g'ri chiziq kesmasining proyeksiyasi o'zidan kichik yoki teng 
bo'ladi: 
a) Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lsa, uning proyeksiyasining 
uzunligi kesmaning fazodagi uzunligiga teng bo'ladi (1.8-rasm). 
b)Agar to'g'ri chiziq kesmasi proyeksiyalar tekisligiga parallel bo'lmasa, uning proyeksiyasining 
uzunligi o'zidan kichik bo'ladi, ya'ni APBP 
1.6-rasm 1.7-rasm 
1.8- rasm 1.9-rasm 
Yuqorida keltirilgan parallel proyeksiyalarning barcha xossalari ortogonal proyeksiyalar uchun 
ham o'rinlidir. 
Ortogonal proyeksiyalashda biror shaklni barcha nuqtalaridan o'tuvchi nurlar o'zaro parallel bo'lib, 
ular berilgan geometrik shaklni proyeksiyalar tekisligiga proyeksiyalaydi. Buyumning bitta ortogonal 
proyeksiyasi bilan uning fazodagi vaziyatini aniqlab bo'lmaydi. Buning uchun biror qo'shimcha shart 
kiritish zarur. Bunday qo'shimcha shart sifatida birinchi proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar bo'lgan 
ikkinchi tekislikka buyumning tasvirini olish mumkin. Bu ikki proyeksiyalar tekisligidagi tasvirlar 
buyumning fazodagi vaziyatini aniqlaydi. 
Ortogonal proyeksiyalash usuli texnik chizmalarni chizishda, inshootlarni loyihalashda eng ko'p 
qo'llaniladi. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish