kinematika;2) dinamika; 3) statika.
Kinematika – jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini e’tiborga olmay, o’rganadi.
Dinamika– jismlar harakati qonuniyatlarini, harakatning kelib chiqish sabablarini bilgan holda, o‘rganadi.
Statika– jismlar tizimi, to’plamining muvozanat holati qonunlarini o’rganadi.
Materiya harakatining eng oddiy shakli mexanik harakatdir. U jismlar yoki jism qismlarining fazoda bir-biriga nisbatan joylashishining vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishidan iborat. Kinematika jismlarning harakatini bu harakatni vujudga keltiruvchi sabablarni hisobga olmay o‘rganadi. Jismning harakatini ifodalash uchun vaqtning har bir momentida jismning fazodagi holatini va tezligini ko‘rsatish kerak.
Jismlarning barcha harakatlarini ikkita asosiy turga - ilgarilanma va aylanma harakatga bo‘lish mumkin. Ilgarilanma harakat shunday harakatki, unda harakatlanayotgan jism bilan bog‘liq har qanday to‘g‘ri chiziq o‘z-o‘ziga parallel bo‘lib qolaveradi. Jismning barcha nuqtalari bir xil harakatlanganligi uchun jismni moddiy nuqta deb hisoblash mumkin.
Jismning fazodagi holatini faqat boshqa jismlarga nisbatan aniqlash mumkin.Tekshirilayotgan jismning harakati biror jismga nisbatan olinsa, bu sanoq jism deyiladi. Harakatni miqdoriy ifodalash uchun sanoq jism bilan biror koordinatalar tizimini, ko‘pincha, dekart (to‘g‘ri burchakli) koordinatalar tizimini va vaqtni bog‘lash kerak bo‘ladi. Bularning hammasi birgalikda sanoq tizimini tashkil qiladi.
Moddiy nuqta.Absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt
Klassik mexanikada o’rganiladigan eng sodda ob’ekt moddiy nuqta hisoblanadi.
Moddiy nuqta deb, ma’lum massaga ega bo’lgan, o’lchami o’rganiladigan masofalarga nisbatan juda kichik bo’lgan jismga aytiladi.
Moddiy nuqta tushunchasi abstraktdir.Masalan, Yerning o’lchami Quyoshgacha bo’lgan masofaga nisbatan juda kichik bo’lgani uchun, Quyosh atrofidagi harakatida uni moddiy nuqta deb faraz qilish mumkin. Bunda Yerning butun massasi uning geometrik markazida mujassamlangan, deb hisoblanadi.
Jismlar biri-biri bilan o’zaro ta’sirlashganda ularning shakli va o’lchamlari o’zgarishi mumkin.
Har qanday sharoitda deformatsiyalanmaydigan jism absolyut qattiq jism deb ataladi.
Qattiq jismning qismlari yoki ikki nuqtasi orasidagi masofa o’zgarmasdir. Qattiq jismlarning istalgan harakati ilgarilanma va aylanma harakatlar majmuasidan iborat.
Ilgarilanma harakat– bu shunday harakatki, unda harakat qilayotgan jism bilan mustahkam bog’langan istalgan to’g’ri chiziq boshlang’ich holatiga nisbatan parallelligini saqlab qoladi.
Aylanma harakat – bu harakatda jismning barcha nuqtalarining harakat traektoriyalari aylanalardan iborat bo’lib, ularning markazi esa aylanish o’qi deb ataladigan to’g’ri chiziqda yotadi.
Jismlar harakatini tekshirishda, ularning vaziyatini boshqa, shartli ravishda qo’zg’almas deb qabul qilingan jismning holatiga nisbatan aniqlash kerak.
Jismlarning fazodagi vaziyatini aniqlashga imkon beradigan, qo’zg’almas jism bilan bog’langan koordinatalar tizimifazoviy sanoq tizimideb ataladi.
Tanlab olingan fazoviy sanoq tizimidagi har bir nuqtaning o’rnini uchta x,y, z koordinatalar orqali ifodalash mumkin (1.1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |