1 ma’ruza mexanika asoslari


Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi



Download 1,31 Mb.
bet9/43
Sana01.06.2022
Hajmi1,31 Mb.
#627642
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
Bog'liq
1 ma’ruza mexanika asoslari

Vodorod atomi uchun Bor nazariyasi. Yig’ilib qolgan muammolarni yecha oluvchi nazariyani yaratish yigirmanchi asrning eng buyuk fiziklaridan biri daniyalik N . Borga nasib etdi. Uning asosiy maqsadi chiziqli spektrlarning tajribalar asosida topilgan qonuniyatlarini Rezerfordning yadroviy modeli asosida tushuntirishdan iborat edi. Buni yaxshi tushungan Bor atomning nurlanishi yoki yorugiik yutishi kvantlardan iborat bo’ladi, degan g’oyani ilgari surdi.
Shunday qilib, 1913-yilda Rezerfordning yadroviy modeliga kvant nazariyasi tatbiq etilib, tajriba natijalarini toia tushuntirib bera oladigan vodorod atomi nazariyasi yaratildi. Umuman olganda, kattaliklarning istalgan emas, balki malum qoidaga bo’ysunuvchi tanlangan qiymatlarni qabul qilishi kvantlanish deyiladi. Kvantlanish asosida yaratilgan nazariyaga esa kvant nazariyasi deyiladi.

Bor nazariyasining asosini quyidagi ikkita postulat tashkil qiladi. Bu postulatlardan har biri biz yuqorida qayd etgan Rezerford modelining ikkita kamchiligini bartaraf etishga qaratilgan.
1. Statsionar (turg’un) holatlar haqidagi postulat: atomda statsionar holatlar mavjud bo’lib, bu holatlarga elektronlarning statsionar orbitalari mos keladi.
Elektronlar faqat shu statsionar orbitalarda bo’ib, hattoki tezlanish bilan harakatlanganlarida ham nurlanish chiqarmaydilar.
Statsionar orbitadagi elektronning harakat miqdori momenti (impuls momenti) kvantlangan boiib, quyidagi shart bilan aniq-lanadi:

bu yerda me — elektronning massasi; rn — n- orbitaning radiusi; vn — elektronning shu orbitadagi tezligi; mv/n — elektronning shu orbitadagi impuls momenti; n — nolga teng boimagan (n t- 0)
butun son, unga bosh kvant soni deyiladi; (h — Plank doimiysi).
Demak, Borning birinchi postulatiga ko’ra, atomdagi elektron istalgan orbita bo’ylab emas, balki statsionar orbita deb ataluvchi ma'lum orbitalar bo’ylab harakatlanishi mumkin. Bu harakat davomida u o’zidan nurlanish chiqarmaydi, ya'ni energiyasi ka- maymaydi. Energiyasi kamaymasa, yadroga tushmaydi va atom yo’qolmaydi. Shunday qilib, ushbu postulat Rezerford modelining birinchi kamchiligini bartaraf qiladi.
2. Chastotalar haqidagi postulat: elektron bir statsionar orbita-dan ikkinchisiga o 'tgandagina, energiyasi shu statsionar holatlardagi energiyalarining farqiga teng bo 'Igan bitta foton chiqaradi (yoki yutadi):
hν = En-Em,
bu yerda En va Em — mos ravishda elektronning n- va m- statsionar orbitalardagi energiyalari.
Agar En > Em bo’lsa, foton chiqariladi. Boshqacha aytganda, elektron katta energiyali holatdan kichikroq energiyali holatga, yani yadrodan uzoqroqda boMgan statsionar orbitadan yadroga yaqinroq boigan statsionar orbitaga o’tadi.
Agar En < Em bo’lsa, foton yutiladi va yuqoridagi mulohazalarga teskari hol ro’y beradi.
Ifodadan nurlanish ro’y beradigan chastotalarni, ya'ni atomning chiziqli spektrini aniqlash mumkin:

Demak, Borning ikkinchi postulatiga ko’ra elektron istalgan chastotali nurlanish chiqarmay, chastotasi (27.3) shartni qanoat-lantiruvchi nurlanishnigina chiqarishi mumkin. Va aynan shuning uchun ham, atomning nurlanish spektri uzluksiz bo’lmay uzlukli (chiziqli) ko’rinishga egadir. Demak, Borning ikkinchi postulati Rezerford modelining ikkinchi kamchiligini bartaraf qiladi.
Birinchi bor radiusi. Eng sodda atom — vodorod atomini ko’raylik. U bitta protondan iborat yadro va uning atrofida aylanma orbita bo’ylab harakatlanuvchi bitta elektrondan iborat. Yadro elektronni o’ziga kulon kuchi bilan tortadi va unga markazga intilma tezlanish beradi, ya'ni:

Bu yerda e — elektronning va protonning zaryadi, £0 — elektr doimiysi. Endi ifodadan vn ni aniqlab olamiz va natijani qo’yib, undan rn uchun quyidagi ifodani topamiz:

bu yerda n — elektron statsionar orbitasining (aniqrog’i atomning statsionar holatining) tartib raqamini ko’rsatadi. Masalan, n = 1 deb olsak, elektronning vodorod atomidagi birinchi statsionar orbitasi radiusining qiymatini hosil qilamiz. Bu radiusga birinchi Bor radiusi deyiladi va atom fizikasida uzunlik birligi sifatida foydalaniladi:
rB = 0,528- 10-10 m.
Shuningdek, r2 = 4rB va h.k.
Atomdagi energetik sathlar. Statsionar holatdagi atom ener-giyasi qabul qiladigan qiymatlar energetik sath deyiladi.
Bor nazariyasiga muvofiq, atom yadrosi harakatsiz hisoblanadi. Shuning uchun atomning to’la energiyasi E, elektronning aylanma harakat kinetik energiyasi Ek va elektronning yadro bilan o’zaro ta'sir potensial energiyasi Ep larning yig’indisiga teng, ya?ni
E=Ek+Ep
Agar

va

ekanligini e'tiborga olsak, atomning to’la energiyasi quyidagi ifodadan topiladi:

Ifodani hosil qilishda ikki zaryad orasidagi o’zaro ta'sir potensial energiyasini aniqlash qoidasidan foydalandik.
Endi rn uchun topilgan (27.5) ifodani (27.9) ga qo’yib, atomning istalgan energetik sathdagi energiyasi En ni topamiz:

Ushbu ifodadan ko’rinib turibdiki, vodorod atomining to’la energiyasi manfiy bo’lib, u elektron va protonni erkin zarralarga aylantirish uchun qancha energiya sarflash kerakligini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda, aynan shu energiya bu ikki zarrani bir butun atom sifatida saqlab turadi. Shuning uchun ham n= 1 holat eng turg’un holat hisoblanib, bu holatda atom eng kam energiyaga ega bo’ladi va u asosiy energetik holatda deyiladi. Bu holatdagi vodorod atomini ionlashtirish uchun eng ko’p energiya sarflash taqozo qilinadi. n > 1 holatlar esa g’alayonlangan (uyg’ongan) holatlar deyiladi va ulardagi atomning energiyasi kamroq bo’lib, bunday holatdagi atomni ionlashtirish uchun kamroq energiya sarflanadi.

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish