1-ma’ruza. Mavzu: Shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning turlari. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi. Sistema bloki komponentlari. Registrlar, Xotira va uning ishlash imkoniyatlari. Mavzu rejasi



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/25
Sana13.07.2022
Hajmi0,51 Mb.
#793220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
1ma\'ruzaKT

4 – avlod mashinalari.
Katta intеgral sxеmalar, kristalda bir nеcha IS lar o’rnatish 
mumkinligini isbotlanganligi bilan boshlangan. Mikroelеktronikaning o’sishi bitta kristallda minglab 
intеgral sxеmalar joylashga imkon bеrdi. 1980 yilga kеlib, uncha katta bo’lmagan kompyutеrning 
markaziy protsеssorini 1,61 sm
2
ga o’rnatish mumkin ekanligini ishlab chiqishdi. Mikrokompyutеrlar 
davri boshlandi. Zamonaviy mikro EXMning tеzligi qanday? U uchinchi avlod kompyutеrlaridan 10 
baravar tеzroq ishlaydi. 
 
Kompyuter arxitekturasi 
IBM PC Shaxsiy kompyuteri quyidagi asosiy tarkibdan iborat: 
1.
Tizimli blok - shaxsiy kompyuterni asosiy elektron tarkibini o’z ichiga oladi; 
2.
Monitor (displey) axborotni elektron nurli trubka ekranida vizual tasvirlaydigan 
qurilma; 
3.
Klaviatura - axborot kiritishning universal standart qurilmasi; 
4.
Tashqi qurilmalar - qo’shimcha moslamalar (printer, skaner, plotter, “sichqoncha” va 
boshqalar). 
SISTEMA BLOKI: sistema bloki quyidagilarni o'z ichiga oladi: 1. Ona Plata(MB-Mother 
Board). 2.Mikroprotsessor(CPU-Central Protsessor Unit). 3.Operativ(tezkor) xotira (RAM-Random 
Access 
Memory). 
4.Qattiq 
disk(doimiy 
xotira) 
(HDD- 
Hard 
Disk 
Drive). 
5. 
Videoxotira(Videokarta)(VGA-Video Graphic Adapter). 6 Blok Pitaniya (ATX). 7. Diskovot (DVD-


RW, Floppy)....Qani Kettik: Qachonki kompyuterni yoqganimizda Blok pitaniyadan Motherboardga 
va HDD ga hamda Kuller(vintilyator)ga 12,5,3 voltli toklar keladi. Motherboardga kelgan tok 
yordamida Mikroprotsessor shu Motherboardning registorida(o'zini xotirasida) joylashgan BIOS 
dasturiga boradi va uni buyruqlarini bajara boshlaydi. BIOS asosan qurilmalarni tekshirish uchun 
ishlatiladi. Qurilmalar ishga soz xolatda ekanligini bilgach, Microprotsessor CMOS (Complementary 
Metall-Oxide Semiconductor Shaxsiy kompyuterning ona platasidagi CMOS-xotira mikrosxemasi.
Kompyuterning tarkibiy tuzilmasini saqlash uchun xizmat qiladigan hajmi katta bo‘lmagan
energiyaga mustaqil xotira) xotiradagi Qattiq diskni Operatsion tizim yuklanuvchi fayli BOOT.exe 
joylashgan sektoriga ko'rsatkich orqali qattiq diskga yetib boradi va operatsion tizimni ishga tushiradi. 
Operatsion tizimni ishga tushirishda uning eng asosiy qismlarini operativ xotiraga qattiq 
diskdan yuklab oladi, so'ng shu qismlaridagi buyruqlarni birma bir bajaraveradi. Qachonki siz biror 
dasturni ishga tushirganingizda sichqonchani dastur ustida bosishingiz mikroprotsessor uchun 
operatsion tizimning yangi bir "Dasturni och!" buyrug'ini bajarishiga turtki bo'ladi. Dasturni ochishda 
shu dastur joylashgan qattiq diskdagi sektorga mikroprotsessor yetib boradi va u yerdan ham 
dasturning kerakli qismlarinigina olib chiqadi, hamda ularni ham operativ xotiraga joylab qo'yadi. 
Shunda operativ xotirada ham operatsion tizimning o'zini kerakli qismlari ham dasturni kerakli 
qismlari yuklanadi. siz dasturda ishlash jarayonida yana bir boshqa buyruq bersangiz, masalan 
"natijani xotirada saqla!" - mikroprotsessor borib, dasturni saqlash uchun ishlatiladigan qismini 
chaqirib keladi va uni ham operativkaga yuklaydi. so'ng uni buyrug'i bo'yicha siz hosil qilgan hujjatni 
olib, qattiq diskga boradi va uni biror joyiga shu hujjjatni yozib qo'yadi. Hujjat ayni qaysi dasturga 
tegishli ekanligini keyingi kelishlarda bilishlik uchun hujjat ortiga dasturning mahsus kengaytmasini 
(masalan Microsoft office word 2007 dasturida bu kengaytma "docx")nuqtadan keyin yozib qo'yadi, 
masalan hujjat_nomi.docx. 
Mikroprotsessor tez-tez amalga oshirishi kerak bo'lgan buyruqlarini o'zini ichidagi 
kichkinagina KESH xotirasiga yozib qo'yadi, sababi hadeb operativ xotiraga borib kelaversa ko'p vaqt 
ketib qolishi mumkin. Ushbu bo'layotgan jarayonlarni ichidan faqat o'zingizga ko'rsatib turiladiganini 
sizga sistema bloki ichidan videokarta monitorga olib chiqib berib turadi. Klaviatura orqali esa siz 
yangi yangi buyruqlarni beraverasiz....Demak operatsion tizim siz va qurilmalar o'rtasida, siz 
ishlatayotgan dasturingiz va qurilmalar o'rtasida vositachilik vazifasini bajarar ekan. Ona plata esa 
mikroprotsessor uchun u yoqdan bu yoqqa yugurib yugurib yurishi uchun yo'l vazifasini bajarar ekan. 
Masalan, qattiq diskdan o'zini xotirasiga , o'zini xotirasidan operativ xotiraga, undan videokarta orqali 
signal uzatish uchun videokartaga va hokazo qurilmalarga borishi uchun xuddi bir yo'l vazifasini 
bajarar ekan, bu yo'llarni esa biz shinalar deb ataymiz, masalan operativ xotira bilan mikroprotsessor 
o'rtasidagi yo'l juda katta va tekis, tezligi ham yuqori bo'lishi kerak, chunki operativka bilan 
mikroprotsessor o'zaro ko'p bordi keldi qilishadi. Dastur 
bilan 
berilgan 
ma’lumotlarni 
o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli 
moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik 
va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan 
ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga 
oshiriladi. 
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor 
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z bilan 
aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini bajaradi. 
Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni saqlash 
uchun xotira hajmidir. Ma’lumki, 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq 
bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning razryadini 
belgilaydi. 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish