CHO’YANLAR KLASSIFIKATSIYASI.
Cho’yanlar asosan 2 guruxga bo’linadi:
Quyma cho’yanlar.
Qayta ishlanuvchi cho’yanlar
O’z navbatida quyma cho’yanlar uglerod formasiga qarab 3 xil bo’ladi:
a) quymalar uchun plastinkasimon grafitli (kulrang);
b) Sharsimon grafitli cho’yan (yuqori puxtalikdagi);
v) bolg’alanuvchi cho’yan.
QUYMALAR UCHUN PLASTINKASIMON GRAFITLI (KULRANG) CHO’YANLARDAN QUYMALAR OLISH
Kulrang cho’yan juda ko’p tarqalgan, chunki suyuq holda oquvchanligi kuchli-yuqori; fizika-mexanikaviy va antifriktsion xossalari yaxshi-yuqori; arzon. Bunday cho’yanlarning vaqtincha qarshiligi yuqori (100-450 Mpa), qattiqligi ko’p (NV=140 283), nisbiy uzayishi kam (0,2 0,5%). Kulrang cho’yanning plastikligi past, shuning uchun ulardan zarbiy kuchlarda ishlaydigan mashina detallari ishlanmaydi. Ammo qisilib ishlashga yaxshi ishlaydi; titrashni kamaytiradi, har xil tilinish(podrez)ni pisand qilmaydi.
Yuqoridagi xususiyatlari tufayli kulrang cho’yan ko’p qo’llaniladi: o’lchami 2 500 mm, og’irligi bo’yicha 10 gr.dan 250 t.gacha. Masalan: stanoksozlikdagi stanok qismlarining 80%.
Markirovkasi: SCH-25, SCH-seriy chugun, 25-cho’zilishdagi vaqtincha qarshiligi (kg/mm2) 25 kg/mm2=250 Mpa.
Metall tarkibiga qarab kulrang cho’yanlar:
Ferritli
2) Perlit-ferritli
3) Perlitli bo’ladi.
Umuman, kulrang cho’yanda uglerod yorqin grafit tarzida bo’lib, plastinka formasida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |