1-ma’ruza mavzu: Kompyuterning arxitekturasi. Zamonaviy kompyurerlarning asosiy turlari. Reja


Mikroprotsessorlarni guruxlarga ajratish



Download 2,31 Mb.
bet15/73
Sana09.02.2023
Hajmi2,31 Mb.
#909441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
KaTT

3.2. Mikroprotsessorlarni guruxlarga ajratish
Barcha mikroprotsessorlarni guruxlarga ajratish mumkun:

  • CISC (Complex Instruction Set Command) tо‘liq buyruqlar tizimining tо‘plami bilan;

  • RISC (Reduced Instruction Set Command) qisqartirilgan buyruqlar tizimining tо‘plami bilan;

  • VLIW (Very Length Instruction Word) buyruq sо‘zi juda uzun bо‘lgan;

  • MISC (Minimum Instruction Set Command) buyruqlar tizimini minimal tо‘plamili va juda yuqori tezlikli.

CISC turiga mansub mikroprotsessorlar. Kо‘p zamonaviy IBM PC turidagi SHK lar CISC turiga mansub kо‘p firmalar tomonidan (Intel, AMD, Cyrix, IBM va boshqalar) ishlab chiqariladigan mikroprotsessorlarni ishlatadilar. Kо‘p yillardan beri Intel firmas “Modani о‘rnatuvchi” bо‘lib kelmoqda, oxirgi yillarda AMD firmasining mikroprotsessorlari ba’zi kо‘rsatgichlari bо‘yicha “inteldan” о‘tib ketgan. Ularning kо‘rsatgichlarining ba’zilarini 3.1jadvalda keltirildi.
Quyidagilarni bilish foydadan xoli emas:

  • 80386 (386), 80486 (486) mikroprotsessorlarida SX, DX, SL va boshqa xariflar bilan belgilangan rivojlantirilgan modellari mavjut, asos modeldan shinasining razryadligi, takt chastotasi, ishonchliligi, о‘lchamlari, istemol energiyasi va boshqa kо‘rsatgichlari bilan farqlanadi;

  • Pentium – Pentium 4 mikroprotsessori turli rivojlantirilgan modellari mavjut, ularni quyida ba’zilarini kо‘rib chiqiladi;

  • elementlar soni – bu mikroprotsessor sxemasida joylashtirilgan oddiy yarimо‘tkazgichli о‘tishlar soni. Odatda texnologiyada element о‘lchami mikron bо‘lgan kо‘rsatgich bilan xarakterlanadi (mikronli texnologiya).

  • 486DX va undan keyingi mikroprotsessor modellari о‘z tarkibiga joylashtirilgan soprotsessorga ega, ular ichki chastotani kо‘paytirish ish tartibida ishlashlari mumkun. Kо‘paytirilgan chastota bilan faqat MP ning ichki sxemalari ishlaydi, MP ga nisbattan barcha tashqi sxemalar shu jumladan tizimli plataga joylashgan sxemalar xam odatiy chastota bilan ishlaydilar;

  • 80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida buyruqlarga konveyerli ishlov beriladi. 286 MP larda umumiy о‘lchami 6 baytli buyruqlar navbati uchun registrlar inobatga olingan, 486 MP da 16 bayt va xokazo. Buyruqlarga konveyerli ishlov berish– bu buyruqlar ketma-ketligini turli taktlarini MP ning turli qismlarida bir vaqtda bajarilishi va natijalarni MP ning bir qismidan boshqasiga bevosita uzatishdir. Buyruqlarni konveyerli bajarilishi SHK ning samarali tezlikni 2 – 5 marttagachan oshiradi.

  • 80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida xisoblash tarmog‘ida ishlash imkoniyati mavjut;

  • 80286 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida kо‘p masalali ishlash (kо‘p dasturli) imkoniyati mavjut va unga xamrox bо‘lgan xotira ximoyasiga ega;

Zamonaviy mikroprotsessorlar ikkita ish tartibiga ega:

  • real (bir masalali, Real Address Mode), unda faqat bitta dastur bajarilishi mumkun va kompyuterning asosiy xotirasining faqat (1024=64) Kbayt bevosita manzillanishi mumkun, xotiraning qolgan qismiga (kengaytirilgan) maxsus drayverlarni ulanganda egalik qilish mumkun.

  • ximoyalangan (kо‘p masalali, Protected Virtual Address Mode), bir vaqt davomida bir necha dasturni bajarilishini, kengaytirilgan asosiy xotiraga bevosita manzillashni va bevosita ega bо‘lishni (qо‘shimcha drayverlarsiz) taminlaydi. 16 Mbayt xotiraga ega bо‘lish 286 MP ga xavola qilinadi; 4 Gbayt 386, 486, Celeron MP ga; 128 Gbayt Pentium Xeon MP ga va Pentium protsessorlarining qolgan modellariga 64Gbayt, xotirani saxifali tashkillashtirilganda esa xar bir masalaga 16 Tbaytdan virtual xotira xavola qilinadi. Bu ish tartibida bajarilayotgan dasturlar о‘rtasida avtomatik taqsimlash amalga oshiriladi va begona dasturlar tomonidan murojat uchun unga tegishli ximoya bilan taminlanadi. Ximoyalangan ish tartibini Windows, OS/2, UNIX va boshqa operatsion tizimlar tomonidan qо‘llab quvvatlanadi.

80386 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida virtual mashina tizimi quvvatlanadi. Virtual mashina tizimi kо‘p masalali ish tartibini taminlash ish tartibini keyinchalik rivojlantirilgani, unda xar bir masala о‘zining operatsion tizimi bilan boshqarilishi mumkun, yani amaliy jixatdan bitta mikroprotsessorda parallel ishlovchi va turli operatsion tizimi mavjut bir necha kompyuter bordek modellashtiriladi;
80486 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida kesh-xotirani quvvatlash mavjut;
80486 va undan keyingi mikroprotsessor modellarida 1 taktda buyruqlarni qisqartirilgan xolda bajarishga imkon beruvchi RISC-elementlari mavjut.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish