2 rasm. Koaksial kabel tuzilishi.
Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatda terminatorlar oʻrnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi! yerga ulanishi kerak. Yerga ulanmasa kabeldagi sim toʻqimasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit toʻsiqlardan himoya qila olmaydi va tashqi muxitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini ham kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim toʻqimani ikki va undan koʻproq joyidan yerga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek kompyuterlar ham ishdan chiqishi mumkin. Terminatorlar albatta kabel bilan moslangan boʻlishi shart, ya‘ni ularni qarshiligi kabelning toʻlqin qarshiligiga teng boʻlishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Omli boʻlishi kerak.
Koaksial kabellar kamroq «yulduz» va «passiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda ham foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmogʻi. Bu holda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim boʻlmay qoladi.
Kabelni toʻlqin qarshiligi haqidagi axborot har bir kabel oʻram xujjatida keltiriladi. Koʻpincha mahalliy tarmoqlarda 50 Omli (masalan, RG-62, RG-11) va
93 Omli kabellar (masalan, RG-62) ishlatiladi. Televizion texnikasida koʻp tarqalgan 75 Omli kabel mahalliy tarmoqlarda ishlatilmaydi. Umuman oʻralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
Fast Ethernet tarmogʻida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi ham, albatta, tasodif emas. Lekin koʻpchilik xollarda shina topologiya (passiv yulduz emas) juda qulay. Yuqorida aytib oʻtilganidek, qoʻshimcha qurilma – konsentratordan foydalanishning hojati yoʻq.
Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud:
ingichka (Thin) kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;
yoʻgʻon (Thick) kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi
kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.
Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yoʻgʻon kabellarga nisbatan koʻp ishlatiladi, chunki ularda signal soʻnishi koʻproq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez har bir kompyuterga oʻtkazish mumkin. Yoʻgʻon kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq mahkamlab qoʻyishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razyemni ulash qulay va qoʻshimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yoʻgʻon kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga toʻgʻri keladi, chunki markaziy mis simga yetish uchun qoplamalarni teshib oʻta olish, hamda himoya sim toʻqima (ekran) bilan ham ulanish lozimdir. Yoʻgʻon kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar koʻp qoʻllaniladi.
Xuddi oʻralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda ham tashqi qoplama turi muhim koʻrsatgich boʻlib hisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda ham non-plenum (PVC) va shuningdek plenum kabellari ishlatiladi. Tabiiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa, yoʻgʻon kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.
Hozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb hisoblanadi va koʻpchilik hollarda ularni toʻliq oʻralgan juftli kabellar bilan yoki shisha tolali kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel tizimlari uchun moʻljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari roʻyxati kiritilmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |