Unumdorlik, tezlik, takt chastota. Zamonaviy kompyuterlarning unumdorligini odatda sekundiga millionlab operatsiyani bajarishi bо‘yicha о‘lchanadi. О‘lchov birligi bо‘lib quyidagilar xizmat qiladi:
MIPS (MIPS – Millions Instruction Per Second) – qayd qilingan vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun;
Mflops (MFLOPS – Millions of Floating point Operation Per Second) - suruluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustidagi operatsiyalar uchun;
Kompyuter unumdorligini xisoblashda kamroq quyidagi о‘lchov birliklaridan foydalaniladi:
Kflops (KFLOPS - KILOFLOPS) unumdorligi pas kompyuterlar uchun qandaydir о‘rtacha mingta sonlar ustidagi operatsiyalarni bjarish;
Gflops (GFLOPS - GIGAFLOPS) – suruluvchi vergul (nuqta) shaklida ifodalangan sonlar ustida sekundiga milliard operatsiyani bajarish.
Kompyuter unumdorligini baxolash xar doim taxminiydir, chunki qandaydir umumlashtirilgan yoki teskarisi aniq operatsiya turiga mо‘ljallanadi. Amalda turli masalalarni xal qilishda turli operatsiyalar tо‘plami ishlatiladi. 1970 yillarda turli masalalar uchun (iqtisodiy, texnik, matematik va xokazo) о‘rtacha operatsiyalar tо‘plami (Gibson aralashmalari) ishlab chiqilgan edi. Gibson aralashmasi bо‘yicha keltirilgan masalalar turi uchun kompyuterning о‘rtacha tezligini aniqlash mumkun. Ancha yangi testlar xam mavjut – ishlab chiqaruvchi firmalarning о‘z maxsulotlarini tezligini aniqlash uchun test tо‘plamlari mavjut: iCOMP – Intel Comparative Microprocessor Performance (1992) kо‘rsatgich Intelfirmasining mikroprotsessorlari uchun; (iCOMP2.0 – test 1996 yilniki), 32 bitli operatsion tizim va multimediali texnologiyalarga mо‘ljallangan; kompyuterni aniq bir tadbiq soxasiga yо‘naltirilgan testlar – Winstone 97-Business ofis masalalar guruxi uchun mо‘ljallangan, boshqa turdagi masalalarga mо‘ljallangan variantlari WinBench 97.
Juda turli-tuman masalalarni bajaruvchi universal kompyuterlar uchun bu baxolashlar juda xam aniq bо‘lmaydi. Shuning uchun SHK kо‘rsatgichi uchun unumdrlik kо‘rsatgichi о‘rniga kompyuter tezligini ancha aniq ifodalovchi takt chastotasini kо‘rsatiladi, chunki xar bir operatsiya о‘zining bajarilishi uchun aniq taktlar sonini ta’lab etadi. Takt chastotasini bilgach, xarqanday mashina operatsiyasini bajarilish vaqtini yetarli darajada aniq aniqlash mumkun bо‘ladi.
Masalan, buyuruqlarni konveyerli bajarish bо‘lmagan taqdirda va mikroprotsessorning ichki chastotasini oshirilsa, 100 MGs chastotali takt generatori sekundiga 20 million qisqa operatsiyalarni bajarilishini taminlaydi (oddiy qо‘shish va ayirish, axborotlarni uzatish va xokazo); 1000 MGs chastotada esa – sekundiga 200 million operatsiyani bajaradi.