Axborotlarni kodlashtirish.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
-simmetriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
-asimmetriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yoʻl bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
2) Joʻnatilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa boʻladi? Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda oʻz aksini topdi. Ochiq kalitli asimmetriyali tizimda ikkita kalit qoʻllaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab boʻlmaydi.
Birinchi kalit axborot joʻnatuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkin chisi axborotni qabulqiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qoʻllaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta‘minlash mu mkin. Agar birinchi kalit sirli boʻlsa, u holda uni elektron imzo sifatida qoʻllash m umkin va bu usul bilan axborotni autentifikatsiyalash, ya‘ni axborotning yaxlitligini ta‘minlash imkoni paydo boʻladi. Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin:
•foydalanuvchini autentifikatsiyalash, ya‘ni kompyuter tizimi zaxiralariga kirm oqchi boʻlgan foydalanuvchini aniqlash:
• tarmoq abonentlari aloqasini oʻrnatish jarayonida ularni oʻzaro autentifikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur boʻlgan yoʻnalishlardan biri bu elektron t oʻlov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari Kriptografiya ma‘lumotlarni oʻzgartirish usullarining toʻplami boʻlib, ma‘lumotlarni himoyalash boʻyicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yoʻnaltirilgan: maxfiylik; Maxfiylik orqali yovuz niyatli shaxslardan axborotni yashirish tushunilsa, yax litlilik esa yovuz niyatli shaxslar tomonidan axborotni oʻzgartira olmaslik haqida dalolat beradi.
Bu yerda kalit qandaydir himoyalangan kanal orqali joʻnatiladi (rasmda punktir chiziqlar bilan tasvirlangan). Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taalluqlidir. Asimmetriyali ikki kalitlik kriptografiya tizimini sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
Bu holda himoyalangan kanal boʻyicha ochiq kalit joʻnatilib, maxfiy kalit joʻnatilmaydi.
Yovuz niyatli shaxslar oʻz maqsadlariga erisha olmasa va kriptotahlilchilar k alitni bilmasdan turib, shifrlangan axborotni tiklay olmasa, u holda kriptotizim kriptomustahkam tizim deb aytiladi. Kriptotizimning mustahkamligi uning kaliti bilan aniqlanadi va bu kriptotahlil ning asosiy qoidalaridan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu ta‘rifning asosiy ma‘nosi shundan iboratki, kriptotizim barchalarga ma‘lum tizim hisoblanib, uning oʻzgartirilishi koʻp vaqt va mablagʻ talab qiladi, shu bois h am faqatgana kalitni oʻzgartirib turish bilan axborotni himoyalash talab qilinadi. Kompyuter ma‘lumotlarini himoyalashning texnik-dasturiy vositalari Ushbu vositalarni quyidagicha tasniflash mumkin: Kompyuter ma‘lumotlarini himoyalash apparatli-dasturiy vositalari. Foydalanuvchilarni identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash tizimi. Ushbu tizim foydalanuvchidan olingan ma‘lumot boʻyicha uning shaxsini tekshirish, ha qiqiyligini aniqlash va shundan soʻng unga tizim bilan ishlashga ruxsat berish lozimligini belgilabberadi. Bu holda asosan foydalanuvchidan olinadigan ma‘lum otni tanlash muammosi mavjud Kriptografiya himoyasida shifrlarga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi:
yetarli darajada kriptomustahkamlik;
shifrlash va qaytarish jarayonining oddiyligi;
axborotlarni shifrlash oqibatida ular hajmining ortib ketmasligi;
shifrlashdagi kichik xatolarga ta‘sirchan boʻlmasligi.
Ushbu talablarga quyidagi tizimlar javob beradi:
•oʻrinlarini almashtirish;
•almashtirish;
• gammalashtirish;
•analitik oʻzgartirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |