Bog'liq 1-ma\'ruza mavzu boshlang’ich sinf matematika kursida uchraydiga (2)
4-sinf matematika Oralaridagi masofa 1840 km bo’lgan iki shahardan bir vaqtga bir-biriga qarab ikki poyezd yo’lga chiqdi.Necha soatdan keyin bu poyezdlar uchrashadi?
Sayohatchilar kemasi 56 soatda 672 km suzdi. Kema bir soatda necha km suzgan?
Bir shahardan qarama-qarshi yo’nalishda ikki mashina yo’lga chiqdi. Ulardan birining tezligi 60 km/soat. Ikkinchisiniki esa 80 km/soat. 6 soatdan keyin ular bir-birirdan qanday masofada bo’ladi?
Teploxod 6 soatda 300km masofani suzib o’tdi. Poyezd esa 8 soatda 736 km masofani bosib o’tdi. Poyezdning tezligi teploxodning tezligidan qancha ortiq?
Birinchi avtomobil 6 soat, ikkinchisi esa 2 soat yurdi. Agar birinchi avtomobil ikkinchisiga qaraganda 368 km ortiq yo’l bosgan bo’lsa, birinchi avtobilning tezligini toping.
Vertalyot 180 km/soat tezlik bilan 5 soat uchdi. Qaytishda bu masofani 6 soatda uchib o’tdi.Vertalyot qaytishda qanday tezlik bilan uchgan
Bekatdan bir vaqtda qarama-qarshi yo’nalishda ikkita mashina yo’lga chiqdi. Birinchi mashina 50km/soat, ikkinchisi esa 70 km/soat tezlik bilan yurdi. 4 soatdan keyin ular orasidagi masofa necha kilometr bo’ladi?
Piyoda va velosipedchi bir vaqtda bir qishloqdan bir xil yo’nalishda yo’lga chiqdi. Piyodaning tezligi 4 km/soat, velosipedchining tezligi undan 3 marta ortiq. 2 soatdan keyin velosipedchi piyodadan necha kilometr masofada bo’ladi?
Motorli qayiq ko’lda 96 km masofani 24 km/soat tezlik bilan suzib o’tdi. Qaytishda shu masofada 1 soat kam vaqt sarfladi.Uning qaytishdagi tezligi qanday bo’lgan?
Daftaringizda eni 2 sm, bo’yi 3 sm bo’lgan to’g’ri to’rtburchak va tomoni 3sm bo’lgan kvadrat chizing. Ularning tomoni 1 sm bo’lgan kvadratlarga bo’ling. Ularning har biriga nechtadan kvadrat hosil bo’ladi? Qaysi shaklning yuzi katta?
To’g’ri to’rtburchaknig eni 3 sm, bo’yi 6 sm. U tomoni 1 sm bo’lgan kvadratlarga bo’lindi. Nechta kvadrat hosil bo’ldi? Bu to’g’ri to’rtburchakning yuzi necha kvadrat santimetr?
Yuk mashinasi 5 soatda 200km yo’l bosgandan keyin, yana 100 km yo’l qoldi. Agar u tezligini soatiga 10 km ga oshirsa, qolgan yo’lni qancha vaqtga bosib o’tadi?
Ikki shahardan bir vaqtda ikki poyezd yo’lga chiqdi. Ular 7 soatdan keyin uchrashdilar. Ikkinchi poyezdning tezligini toping.
Oralaridagi masofa 600 km bo’lgan ikki shahardan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki mashina yo’lga chiqdi va 4 soatdan keyin uchrashishdi. Birinchi mashinaning tezligi 70 km soat. Ikkinchi mashinaning tezligini toping.
CHilangar 8 ta detalga ishlov byerish uchun 6 soat 40 minut vaqt sarfladi. U bitta detalga ishlov byerish uchun qancha vaqt sarflagan?
Qurilishda 87500 dona taxta keltirildi. Birinchi kuni keltirilgan taxtadan 7marta kam taxta ishlatildi.Ikkinchi kuni qolgan taxtaning yarmi ishlatildi. Ikkinchi kuni qurilishga qancha taxta keltirilgan?
Poyezd 520km yo’l yuridi. U dastlab 4 soat davomida 70 km soat, qolgan yo’lni esa 80 km,soat tezlik bilan bosib o’tdi. Poyezd butun yo’lga qancha vaqt sarflangan?
Avtobus 180 km masofani 3 soatda bosib o’tdi. Qaytishda shu masofani 2 soatda bosib o’tish uchun avtobus tezligini qanchaga oshirishi kerak?
It tulkini quvlashni boshlaganida. Ular orasidagi masofa 120 m edi. Agar it 120 m,min tezlik bilan, tulki esa 220 m,min tezlik bilan chopayotgan bo’lsa, it qancha vaqtdan keyin tulkiga yetib oladi?
Toychoq o’tlab yurib, otardan 12 km uzoqlashib ketdi. U qaytishda 6 km,soat tezlik bilan yursa, otarga necha soatda yetib keladi?
Yuk mashinasi 40km/soat tezlik bilan 4 soat yurdi. Yuk mashinasi qancha masofani bosib o’tdi?
Samolyotning tezligi 450km/soat U 6 soatda qancha masofani bosib o’tadi?
SHohbekatdan bir vaqtda ikki poyezd qarama-qarshi yo’nalishda yshlga chiqdi. 5 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo’ladi?
Avtomobil qishloqdan shaharga borish uchun oldin tosh yo’lga 30km/soat tezlik bilan 2 soat, keyin asfalg’t yo’lda 70 km/soat tezlik bilan 3 soat yo’l yurdi. Avtomobil qishloqdan shahargacha qancha yo’l yurgan?
Avtomobil 180 km masofani 3 soatda bosib o’tdi. U qanday tezlik bilan yurgan?
Oralaridagi masofa 846km bulgan ikki shaxardan bir vaktda bir-biriga karab ikki poyezd yulga chikdi. Birinchi poyezd soatiga 48km, ikkinchisi esa soatida 56km yurdi. 3soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo’ladi?
Sayohat paytida birinchi avtobusda 48ta, ikkinchi avtobusda birinchisiga qaraganda 6ta kam sayohatchi utirdi. Ikkala avtobusda odamlar soni teng bulishi uchun birinchi avtobusdan ikkinchisida nechta sayohatchi utishi kerak?
Ikkita yuk mashinasi bir ombordan bir vaktda karama-karshi yunalishda yulga chikdi. 4soatdan sung bu mashinalar orasidagi masofa qancha bo’ladi?